A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018



Download 7,07 Mb.
bet69/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

4. Terrorist bolgan ayblanuvchining ekstraditsiyasi masalasi
Sooring ishida jinoyat sodir etilgan paytdagi ayblanuvchining yoshi, fuqaroligi va ruhiy holati kabi alohida holatlar ham e’tiborga olingan bo‘lsa-da, shunday alohida holatlar yo‘q bo‘lgan vaziyatda ham, qiynoqqa uchrashi xavfi bo‘lgan paytda o‘sha shaxsni qaytarib bermaslik majburiyati bor yoki yo‘qligi masalasi mavjud. Ayniqsa, terroristik harakatlar ko‘payib borayotgan shu yillarda davlatning xavfsizligi nomi ostida terrorchilik harakati bo‘yicha ayblanayotgan shaxsni qiynoqqa tutish xavfi mavjud bo‘lgan davlatga topshirish mumkinmi? Ushbu masala yuzasidan, misol uchun, qochoqlar bo‘yicha konvensiya garchi zulm ko‘rishi mumkin bo‘lgan davlatga fuqaroni qaytarmaslik borasidagi norma belgilagan bo‘lsa-da, Konvensiyaning 33-modda 2-bandida o‘sha davlatning tinchligi uchun xavfliligi yoki o‘ta og‘ir jinoyat bo‘yicha aybdor ekanligini isbotlovchi sud hukmi chiqarilgan bo‘lib (topshirishni talab etayotgan), davlat aholisi uchun xavfli bo‘lgan holatlarda topshirmaslikka oid bo‘lgan qoidani istisno tarzda tatbiq etmaslik mumkin. Boshqacha aytganda, mamlakat tinchligi va ommaviy tartibni saqlash sababidan inson huquqlari bo‘yicha ijobiy holatda bolmagan davlatlarga ham ekstraditsiya qilish ehtimoli borligi ayon bo‘ladi.
Keyingi yillarda davlat xavfsizligini bahona qilgan holda chet el fuqarolarini davlatdan tashqariga haydash yoki o‘z davlatiga qaytarish holatlari “terrorga qarshi kurash” shiori ostida o‘tayotgani sir emas. Lekin, Yevropa inson huquqlari Sudi Saadi v. Italy ishida (2008-yil, 28-fevral kunidagi qaror bilan) Yevropa inson huquqlari Konvensiyasining 3-moddasida berilgan himoya doirasi qochoqlar bo‘yicha konvensiya ta’minlaydigan himoya doirasidan ham kengligini, shuningdek qiynoqqa solinish, g‘ayriinsoniy muomala qilishning taqiqlanishi esa mutlaq huquqlar ekanligini talqin qilgan holda, terrorizm bo‘yicha gumonlangan shaxsni Tunisga surgun qilib qaytarishni Konvensiyaning 3-moddasiga zid deb topdi.
Boshqa tomondan esa AQSH huquq tizimida “tekshirmaslik qoidasi” mavjud bo‘lib, jinoyatchilarning topshirilishi, qaytarib yuborilishi yoki ko‘chirilishi natijasida narigi davlatda ularga nisbatan qiynoq yoki g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lish masalasini ko‘rib chiqmaydi. Qo‘shimcha tarzda Kanada Oliy Sudi Suresh v. Canada (2002-yil) ishida shaxsning o‘z vataniga majburiy qaytarilishi o‘sha yerda uning qiynoqqa tutilish holatlari yuz beradigan bo‘lsa ham, bunday qaytarish alohida holatlarda asosli chora bo‘lish ehtimoli mavjud degan qaror chiqarib, ushbu muammoni yanada olovlantirdi. Shunday qilib, Yevropa inson huquqlari Sudi kabi kishilarning ekstraditsiyasi yoki majburan qaytarilishi natijasida qiynoqlarga tutilish holatlari mavjudligi uchun bunday choralarning ko‘rilmasligiga oid qarorlar chiqarib kelishgan bo‘lsa, boshqa tomondan AQSH kabi terrorizm bilan yuzma-yuz kurashayotgan davlatlarda davlat xavfsizligi uchun bunday cheklovlarni tatbiq etmaslik holatlari ham yo‘q emas.

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish