A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018


Investitsiya qilishdan oldingi xarajatlar (pre-investment costs) va investor himoyasi masalasi



Download 7,07 Mb.
bet77/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

5.2 Investitsiya qilishdan oldingi xarajatlar (pre-investment costs) va investor himoyasi masalasi
Xondiza loyihasi bo‘yicha muzokaralar davomida investor anchagina katta harajat qilganligi aniq, ammo investorning say-harakatlari oxir-oqibat rasmiy ravishdagi shartnoma (xoh konsessiya, xoh qo‘shma korxona tuzish boyicha bo‘lsin) tuzilishi bilan yakun topmadi. Navbatdagi savol esa shartnoma tuzish muddatigacha bo‘lgan vaqt mobaynida investor sarflaydigan xarajatlar – investitsiya deb tan olinishi lozimmi, degan masala yuzaga chiqadi. Agar javob ijobiy bo‘lsa unda mezbon davlat investorning qilgan xarajatlarini qoplab berishi lozim bo‘ladi. Agar javob salbiy bo‘lsa, unda ko‘pgina loyihalarda investorlarning kattagina xarajat qilishlari (joyni, bozorni o‘rganish, qo‘shimcha mutaxassislar chaqirish kabi) qiyinlashib ketadi.
Bu savol ko‘pgina munozaralarga sabab bo‘lgan va bo‘lmoqda ham. Aniq bir yechimning yo‘qligi ortida esa ushbu nizolar kelib chiqqan paytda huquqiy asos sifatida qo‘llaniladigan Ikki tomonlama investitsiya shartnomalarining mutlaq ko‘pchiligida “investitsiyalardan oldingi xarajatlar” (pre-investment costs) yuzasidan aniq bir qoidaning o’rnatilmaganligidadir. Shu sababli xalqaro arbitraj amaliyotini qisqacha ko‘zdan kechirishda foyda bor deb o‘ylaymiz. Ilk shunday ishlardan biri Mihaly International va Shri Lanka (2002) ishidir. AQSH va Shri Lanka o‘rtasidagi investitsiya bitimiga asoslanib qo‘zgatilgan ushbu investitsiya nizosida da’vogar bo‘lmish investor Shri Lanka tomoniga taklif etgan energiya ishlab chiqarish loyihasining ishlab chiqilishi uchun ketgan xarajatlarni qoplab berishni talab qilgan. Biroq arbitraj hakamlari uning talabini rad etishgan. Chunki, Shri Lanka hukumati shartnoma ijrosi boshlanmaguniga qadar rasmiy ravishda investor bilan shartnomaga kirmaganligini dalil sifatida keltirgan va u asosli dalil sifatida qabul qilingan. PSEG va Turkiya (2004) ishida Turkiya hukumati energiya ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha konsessiya shartnomasini uning ijrosi boshlanmasidan avval bekor qilganligi nizoga sabab bolgan. Garchi bu ishda Turkiya hukumati konsessiya shartnomasida hali muzokara etib tugallanmagan moddalar borligini da’vo qilsa-da, hakamlar muzokara qilib tugallangan shartnoma bandlari bo‘yicha sarflangan xarajatlar uchun davlatning javobgar ekanligi bo‘yicha qaror chiqarishgan. Natijada Turkiya 9 million AQSH dollari miqdorida kompensatsiya to‘lashga majbur bo‘lgan.
Oxus Gold ishida ham garchi investor tomonidan ba’zi xarajatlar qilingan bo‘lsa-da, O‘zbekiston tomoni bilan investorning rasmiy va tugal ko‘rinishidagi shartnomaviy munosabatga kirishganligini aytish qiyin. Biroq Xondiza loyihasi bo‘yicha muzokaralarning uzoq davom etishi, hukumatning ushbu shirkatga nisbatan tabiiy ma’danlarni izlash bo‘yicha vakolat beruvchi qaror chiqarishi, shartnoma shakllari bo’yicha aniq takliflarning bildirilishi va Oxusdan boshqa ushbu loyihani o‘zlashtirishga da’vogarlarning yo‘qligi ham investorning ma’lum darajada asosli shaklda hukumat bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishish umidini uyg’otganligini ham rad etmaslik lozim. Ushbu huquqiy muammo yuzasidan aytish mumkinki, 2018-yil 1-avgust kuni prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yurtimizda “Investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 1-bandidagi quyidagi band ichki va chet ellik xorijiy investorlarning huquqlarini yanada himoyalash va barqaror huquqiy muhitni ta’minalsh uchun juda muhim deb hisoblaymiz. Chunki, quyidagi bandlarda ma’muriy huquq sohasining butun dunyo bo‘ylab tan olingan muhim qoidasi qayd etilgan: u ham bo’lsa, insofli inson (yoki shirkat)ning davlat idoralari xatti-harakatiga ishonib qilgan ishi, investitsiyasi yoki boshqa harakati davlat tomonidan himoyalanadi va ko‘rgan zararlari qoplanadi. Demak, yangi o‘rnatilgan qoida quyidagicha:
- insofli faoliyat yuritgan investor va tadbirkorlik subyektiga davlat organi (mansabdor shaxs) tomonidan ularga nisbatan qabul qilingan ma’muriy hujjatning qonuniy kuchiga ishonishi sababli kelib chiqqan mulkiy zararning o‘rni qoplanadi, agarda ushbu hujjatning qonuniy kuchiga ishonib mol-mulkdan foydalangan, bitim tuzgan yoki taqdim etilgan afzallik va ustunliklardan boshqacha tarzda foydalangan hamda mazkur hujjat keyinchalik haqiqiy emas deb topilgan yoki bekor qilingan bo‘lsa;
- davlat organi (mansabdor shaxs)ning ma’muriy hujjatini bekor qilish yoki o‘zgartirish masalasi, agar u insofli investor va tadbirkorlik subyektining qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lsa, sud tartibida ko‘rib chiqiladi, uning saqlab qolinishi jamoat manfaatlariga tahdid solayotgan hollar bundan mustasno.

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish