A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018


Muzokaralarning ijobiy natijalari bo‘yicha “asosli umid”



Download 7,07 Mb.
bet73/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

4.1.2 Muzokaralarning ijobiy natijalari bo‘yicha “asosli umid”.
Investor ushbu muzokaralar olib borilishi va ularning salbiy natijalari adolatli va xolis munosabatda bo‘lish rejimi (fair and equitable treatment)ni buzganligini ta’kidladi. Buning huquqiy asosi sifatida Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasida tuzilgan Ikkitomonlama investitsion shartnomaning 2-moddasi 2-qismidagi adolatli va xolis munosabatda bo‘lish rejimining buzilganligini keltirdi51. Shu paytgacha turli arbitraj qarorlarida ushbu rejimning mohiyati bo‘yicha bir-qancha talqinlar mavjud bo‘lib, ularda, investorlarning o‘zlari investitsiya kiritgan davlatdagi hukumatlar yoki tegishli organlar tomonidan chiqarilgan qarorlar yoki berilgan va’dalarga nisbatan asosli umidlari (legitimate expectation) ham yuqoridagi rejimning tarkibiy qismiga kiradi degan qarashi mavjud. Oxusning uzoq muddat davom etgan muzokaralarga nisbatan asosli umidi mavjud bo’lib, ohir-oqibat O’zbekiston tomonining ushbu muzokaralarni muvaffaqiyatsiz tugatishi – Oxusning mulkiy huquqlarining yo‘qotilishiga olib keldi.
O‘zbekiston tomoni esa muzokaralarning muvaffaqiyatsiz tugashida Oxusning o‘z aybi borligini ta’kidlaydi. Chunki investorning nomantiqiy takliflari va hukumat tomonidan iltimos qilingan muammoli masalalarni bartaraf etishdan bosh tortganligi yakuniy bitimning ikki tomon o‘rtasida muvaffaqiyatli tarzda tuzilishiga asosiy to‘siq bo‘ldi.
Ushbu da’vo bo‘yicha qaror qabul qilishda hakamlar, birinchi navbatda, adolatli va xolis munosabatda bo‘lish rejimi belgilab qo‘yilgan moddaning ma’nosini “uzoq vaqt davomida tahlil qilish” kerak emasligini ta’kidlashdi. Biroq, ushbu moddaning qo‘llanilish doirasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, arbitraj asosli umid qilishning adolatli va xolis munosabatda bo‘lish rejimi qoidasining eng muhim normativ elementi ekanligini bildirdi.
Bu masala bo‘yicha hakamlarning fikrlarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Oxus muzokaralar natijasida muayyan natijaga erisha olmagan. Tomonlar faqat “o‘zaro maqbul” kelishuvni talab qilishgan. O‘zbekiston Oxusning konsessiyaga oid shartnoma bo‘yicha taklifini rad qilgan bo'lsa-da, buni asossiz qilmagan, faqat balandroq konsessiya to‘lovi talab qilgan xolos. Bundan tashqari, konsessiyalar bo‘yicha O‘zbekistonning huquqiy tizimi yaxshi rivojlanmagan bo‘lib, agar investorning taklifi amalga oshiriladigan bo‘lsa, unda O‘zbekiston tomonining konsessiyalar bo‘yicha qo‘shimcha yangi huquqiy asosni ishlab chiqishi talab etilardi. Bu masala bo‘yicha esa investor mezbon davlatning shunday huquqiy asosni o‘ziga taqdim etishini kutishga oid huquqi mavjud bo‘lishi mumkin emas. Boshqa tomondan, O‘zbekiston hukumati, haqiqatdan ham, loyihaning iqtisodiy manfaatli bo‘lishiga ko‘zi yetmaganligi yoki undan tashvishga tushganligi sababli konsessiya shartnomasiga muqobil tarzda taklif etilgan qo‘shma korxona tashkil etish fikrini rad etishi davlat uchun oqilona qaror bo‘lgan.
Hukumatning muzokaralar paytida tutgan o‘rni haqida esa hakamlar bu borada ham adolatli va xolis munosabatda bo‘lish rejimining buzilish holati mavjud emasligini aytdi. Arbitraj hay’ati ba’zi hukumat organlari Oxusning takliflarini qo‘llab-quvvatlaganini, boshqa organlarning esa loyihalar bo‘yicha faqatgina fikr-mulohazalar bildirganligini va muzokaralar davom ettirilganda investorning konchilikka oid huquqlarini kengaytirishga rozi bo‘lganini qayd etdi. Taklif etilgan izoh va fikr-mulohazalarda ba’zi bir “samarasizlik” va “noqulayliklar” mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, hakamlar bu hech qanday adolatli va xolis munosabatda bo‘lish rejimining buzilishiga olib kelmasligini keltirib o‘tdi. Oxus da’vo qilganidek, Xondiza loyihasining Oxus bilan emas, balki davlat korxonasi bilan o’zlashtirilishi “keskin (abrupt)” qabul qilingan qaror bo’lmagan. Aksincha, Oxusning ushbu qaror qabul qilinmasligi uchun ikki oy davomida qattiq turib kurashganligi shuni ko’rsatadiki, investorda yetarlicha vaqt bo‘lgan. Shu sababli ham muzokaralarning ijobiy tarzda tugamaganligi bo‘yicha adolatli va xolis munosabatda bo‘lish rejimi bo‘yicha O‘zbekiston tomoni xalqaro investitsiyaga oid bitimga zid harakat qilgan deb aytib bo’lmaydi.

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish