A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018


Soliq tizimining muzlatilishi va mahalliy qonun tizimining barqarorligi



Download 7,07 Mb.
bet78/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

5.3. Soliq tizimining muzlatilishi va mahalliy qonun tizimining barqarorligi
Oxus Gold va O‘zbekiston ishi bo‘yicha eng so‘nggi sharhlanishi lozim bo‘lgan masala – bu davlat tomonidan tartibga solinadigan ma’lum bir soha yuzasidan investorga ma’lum bir muddatga berilgan huquqiy barqarorlik va’dasi yoki shartnomaning insofli ijrosi tushuniladi. Ingliz tilida stabilization clause yoki stabilization agreement deb yuritiladigan va investorlarni mezbon davlatga investitsiya qilishga chorlaydigan ushbu usul dunyoning juda ko‘plab davlatlari tomonidan hozirgi kunda ham keng qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasining hukumat qarorlari va Prezident farmonlarida, shuningdek 1998-yil aprel oyida qabul qilingan investorlar huquqlari himoyasiga oid qonunda ham shunga o‘xshash qoidalar mavjud. Asosan 5 yil, 10 yil yoki 25 yil kabi uzoq muddat davomida soliq to‘lovlarining o‘zgarmasdan qolishini kafolatlovchi bunday huquqiy va’dalar ba’zi bir mamlakatlarda bojxona, mehnat va hatto tabiatni muhofaza qilish qoidalariga nisbatan ham tatbiq etiladi. Asosiy maqsad bitta – chet ellik investorning ko‘ngil xotirjamligini va u o‘z foydasini oldindan hisoblagan holda mezbon mamlakatga investitsiya kiritishini ta’minlashdir.
Investitsiya nizolarida arbitraj sudlari ko‘plab ishlarda yuqorida keltirib o‘tilgan qoidaning huquqiy kuchiga yetarli baho bergan holda va’dasini buzgan mezbon davlatlarga nisbatan katta kompensatsiyalar solishgan. Misol uchun, Paushok va Mo’g’uliston, El Paso va Argentina, Perenco va Ekvador kabi investitsiya nizolarida investitsiyaga tatbiq etiladigan huquq tizimining barqarorligiga oid mezbon davlati va’dasi albatta, o‘sha davlat idoralari tomonidan bajarilishi lozimligi qayd etilgan.
E’tiboringizdagi Oxus Gold va O‘zbekiston ishi ham investorga hukumat qarorlari orqali soliq imtiyozlari taqdim etilgan va aynan ushbu soliq imtiyozlarining bir tomonlama o‘zgartirilishi yurtimizga 11 million AQSH dollariga tushgan. Bu ish shuni ko‘rsatadiki, nafaqat keng miqyosda soliq imtiyozlari berilishi, balki ular bo‘yicha barqaror va izchil siyosatning yuritilishi, huquq tizimining keskin o‘zgarishlardan xoliligi ham o‘sha mamlakatning investitsiya jihatidan jozibadorligini belgilaydi. Eng qizig‘i, Oxus ishidagi investorning vatani bo‘lgan Angliya o‘zining konstitutsiyaviy tizimini bahona qilgan holda investorlarga bunday va’dalarni bermaydi. Shunga qaramasdan ushbu davlatga chet ellik investitsiyalarning milliardlab dollarlik oqimi hech to‘xtamaydi. Xulosa qilib aytganda, Oxus Gold va Ozbekiston investitsiya nizosi yurtimiz mustaqillikka erishgandan buyon yuz bergan eng katta chet el investitsiyasi ishtirokidagi nizolardan biri bo‘lib, uning chuqur o‘rganilishi nafaqat xalqaro huquq, balki ma’muriy huquq, konchilik huquqi va shartnomalar huquqi kabi soha mutaxassislari uchun ham katta foydalari borligiga ishonamiz. Umid qilamizki, ushbu sharh yozilayotgan 2018-yil oktabr oyidagi vaqt bilan yurtimizga qarshi davom etayotgan Kim va Ozbekiston (sement ishlab chiqarish), Güneş Tekstil va Ozbekiston (savdo va xizmat ko’rsatish), Federal Elektrik Yatirim va Ozbekiston (gaz yetkazib berish), Bursel Tekstil va Ozbekiston (paxtani qayta ishlash) kabi xorijiy investorlar ishtirokidagi xalqaro arbitraj ishlarida ham Oxus Gold ishi jarayonida orttirgan tajribamiz qo‘l keladi degan umiddamiz.



Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish