A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018


Sud qarorining ahamiyatga molik bandlari



Download 7,07 Mb.
bet60/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

Sud qarorining ahamiyatga molik bandlari

  1. Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim”ning yashiringanlik doirasi.

Aynan ushbu qoidaga o‘xshash bo‘lgan tamoyillar (ejusdem general principles) nuqtayi nazaridan, “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasi tatbiq etiladigan masalalar asosiy shartnomada belgilanib, ushbu masalalar boshqa bir uchinchi mamlakat bilan tuzilgan shartnomalarda nisbatan qulayroq qilib belgilangan bo‘lsa, bunday qulayroq qoidalar asosiy shartnomadan foyda ko‘rishi mumkin bo‘lgan tarafga nisbatan ham tatbiq etiladi. Juda ham ko‘plab ikki tomonlama investitsion shartnomalarda “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasi nizoni hal etishda qo‘llaniladigan qoida sifatida aniq qilib belgilab qo‘yadi. Boshqa tomondan, shartnomadan kelib chiqadigan har qanday huquq yoki shartnomadan kelib chiqadigan har qanday munosabatga mazkur qoida tatbiq etilishini belgilab qo‘yuvchi BITlar ham mavjud. Mazkur ishda qo‘llanilayotgan Ispaniya–Argentina BITi ham aynan shunday shartnomalardan hisoblanadi.
Nizoni hal qilish uchun tatbiq etilayotgan BITda “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasi belgilanmagan yoki qanday holatda qo‘llanilishi belgilanmagan bo‘lsa-da, hozirgi kunning nizolarni hal etish tizimi bu muammoning yechimini allaqachon topib bo‘lgan. Bugungi kunda bu turdagi nizolarni hal etuvchi sudlar investorning huquqlarini kuchli himoya etishga asosiy e’tiborni qaratadi va “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasi investor davlati va mezbon mamlakat o‘rtasida tuzilgan BITda belgilanmagan bo‘lmasa ham, boshqa bir uchinchi mamlakat va mezbon mamlakat o‘rtasida tuzilgan BITda investorga nisbatan qulayroq rejim o‘rnatilgan bo‘lsa, aynan o‘sha BIT qoidalarini tatbiq etishi mumkin bo‘ladi (paras 41-56).

  1. Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasining chegarasi.

Biroq, “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim”ning funksiyalari ommaviy tartib nuqtayi nazaridan (public policy consideration) bir qancha darajada cheklanadi. Birinchidan, agarda davlat o‘z ichki sud tizimidan foydalanishni nizoni hal etishda yordam sifatida taqdim etayotgan va bu arbitrajga murojaat qilishning bir sharti sifatida qo‘yilayotgan bo‘lsa, boshqa bir uchinchi davlat bilan tuzilgan BITni asos qilib bu qoidani aylanib o‘tish mumkin emas. Ikkinchidan, davlat sudida nizoni hal etish yoki arbitrajda nizoni hal etish masalasini shartnoma tuzuvchi davlatlar tanlaydilar va bu nizoni hal etish mexanizmi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishilganini anglatadi. Uchinchidan, nizoning asosi bo‘lgan BITda nizoni hal etuvchi arbitraj sifatida ICSID yoki boshqa bir arbitraj tanlangan bo‘lsa, “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasiga tayanib, boshqa arbitrajda ishni ko‘rib chiqish bo‘yicha da’vo qilish mumkin emas. To‘rtinchidan, shartnoma tarafi protsessual qoidalarni o‘zida jamlagan va yuqori darajada tashkillashtirilgan arbitraj tizimi (masalan, NAFTA) bo‘yicha kelishuvga erishgan bo‘lsa, bu shartnoma tarafining aniq xohish-irodasini namoyon etadi va bunday holatda ham “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasiga tayanib, nizoni hal etuvchi arbitraj o‘zgartirilishi mumkin emas. Albatta, mazkur holatlarda “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” vositasida qo‘lga kiritiladigan huquq va foydani o‘z manfaatini ko‘zlab shartnomaning maqsadiga zarar yetkazuvchi treaty shopping39dan farqlash zarur (paras 62-63).
Xulosa
Argentina–Ispaniya BITida belgilangan “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasini nizoni hal qiluvchi qoida sifatida talqin qilish mumkin. Shu sababli investor Chili–Ispaniya BITi unga nisbatan qulayroq rejim tug‘dirayotganligini vaj qilib, Ispaniya ichki sudlariga murojaat qilmasdan, bevosita xalqaro arbitrajga da’vo bilan chiqishi mumkin. Argentina–Ispaniya BITida belgilangan avvalo ichki sudlarda ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha shartli qoidasi, ushbu shartli qoidaning kontekstidan ham, uning loyihasidan ham va boshqa huquqiy kelishuvlar yoki davlatning keyingi harakatlaridan ham ommaviy tartib bilan bog‘liqlikni o‘zida aks ettirmaydi. Shu boisdan, ICSID mazkur ishni o‘z yurisdiksiyasiga oladi (para 64).

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish