A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018


Asossiz aralashishning taqiqlanishi



Download 7,07 Mb.
bet57/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

Asossiz aralashishning taqiqlanishi. Mazkur ishda qo‘llanilayotgan BITning 3-moddasi 1-qismi asossiz va kamsituvchi choralarni qo‘llagan holda shartnoma taraflari bo‘lgan mamlakatlarning investorlari tomonidan ularning investitsiyalari boshqaruviga zarar yetkazmaslikni shartnoma taraflari bo‘lgan davlatlardan talab etadi. Biroq Chexiya adolatli va xolis munosabatda bo‘lish majburiyatini buzish bilan investor faoliyatiga asossiz aralashmaslik majburiyatini ham buzmoqda. Bundan tashqari, IPB bankining boshqaruvi yomonlashganligi haqidagi xabarlarni tarqatish bilan asossiz aralashmaslik majburiyatiga zid harakat qilganini aytib o‘tishimiz lozim.
Yetarli darajada himoya va kafolatlar bilan ta’minlanish. Mazkur ishda qo‘llanilgan BITning 3-modda 2-qismi bo‘yicha sud quyidagilarni aytib o‘tadi. Mazkur moddaning 2-qismida shartnoma taraflaridan ularning investorlari investitsiyasiga nisbatan yetarli darajadagi himoya va kafolatlar taqdim etilishi talab etilgan. Bu esa investitsiya kirib kelayotgan mezbon mamlakatdan himoya obyekti hisoblanmish investitsiyaga nisbatan tegishli chora-tadbirlarni qo‘llagan holda uning mulklarini saqlab qolish majburiyatini yuklaydi. Mazkur nizoda IPBning aksiyalar savdosini to‘xtatib qo‘yilishi hamda politsiya tomonidan tintuvni amalga oshirilishi qonuniy bo‘lib, ikki harakat ham yetarli darajada himoya va kafolatlar bilan ta’minlash majburiyatini buzmoqda deb hisoblash uchun hech qanday asoslar mavjud emas.
Sharh
Mazkur ish yapon kompaniyasi birinchi marta investitsion arbitrajga murojaat qilgan ish sifatida ham ahamiyatlidir.
Adolatli va xolis munosabatda bo‘lish (Fair and Equitable Treatment) majburiyati. BIT hamda Mintaqaviy savdo kelishuvlarining (Bundan keyingi matnda (Regional Trade Agreement) RTA) investitsiya bilan bog‘liq normalari, investitsiyani qabul qiluvchi shartnoma ishtirokchisi bo‘lgan davlat va xorijiy investor investitsion mulkka qanday munosabatda bo‘lishi lozimligi haqida bir qancha majburiyatlarni belgilab beradi. Ushbu majburiyatlardan adolatli va xolis munosabatda bo‘lish majburiyati biz ko‘rib chiqayotgan ishda nizoning asosiy masalasi hisoblanadi. Mazkur majburiyat ko‘plab BIT hamda RTAlarda o‘z aksini topishiga qaramay BIT va RTAlardagi adolatli va xolis munosabatda bo‘lish mezoni hamda xalqaro odat huquqidagi chet elliklar bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qo‘llaniladigan minimum standartlar mezoni o‘rtasidagi aloqadorlik ko‘p hollarda muammoli masala sifatida qaraladi.
Ushbu ishda qarshi da’vo bilan chiqayotgan taraf, BITda belgilangan adolatli va xolis munosabatda bo‘lish mezoni xalqaro odat huquqidagi minimum standartlar mezonidan umuman farq qilmasligini ta’kidlaydi. Biroq arbitraj ushbu BIT xalqaro odat huquqidagi minimum standartlar mezoni haqida aniq belgilamaganligi sababli BITda belgilangan himoya qiluvchi mezonni xalqaro odat huquqidagi minimum standartlardan farq qiluvchi o‘ziga xos mezon sifatida talqin qiladi. Bundan tashqari, arbitraj sudi adolatli va xolis munosabatda bo‘lish mezoni xalqaro odat huquqidagi minimum standartlar mezonidan ko‘ra ko‘proq himoya talab qilishi mumkin bo‘lgan mezon ekanligini ta’kidlaydi.
Boshqa tarafdan ushbu ishda qo‘llanilayotgan BITdan farqli ravishda xalqaro odat huquqidagi minimum standartlar mezonini o‘z normalarida aniq ifodalab, u bilan mos keluvchi adolatli va xolis munosabatda bo‘lish majburiyatini yuklovchi BIT va RTAlar ham mavjuddir. Misol sifatida, mintaqaviy shartnoma bo‘lmish NAFTAni keltirishimiz mumkin. Unda shartnoma ishtirokchisi bo‘lgan davlatga boshqa ishtirokchi mamlakat investoriga nisbatan xalqaro huquqqa asoslangan holda munosabatda bo‘lish majburiyati yuklanadi. Albatta, NAFTAda belgilangan adolatli va xolis munosabatda bo‘lish mezoni to‘g‘risida ham u xalqaro odat huquqidagi minimum standartlar mezoni bilan mos keluvchi va undan farq qilmaydigan mezonmi yoki undan farq qiluvchi va undan ko‘ra ko‘proq himoyani talab etuvchi mezon ekanligi borasida bir qancha tortishuvlar bo‘lgan. Shunda NAFTAning Erkin savdo bo‘yicha komissiyasi NAFTAdagi mezon xalqaro odat huquqidagi minimum standartlar mezonidan ko‘ra ko‘proq himoya talab etadigan mezon emas degan qarorini e’lon qildi va bu masalaga ma’lum bir darajada nuqta qo‘ydi.
Adolatli va xolis munosabatda bo‘lish majburiyati haqida so‘z ketar ekan, ushbu majburiyat amalda qay darajadagi himoyani talab etishi to‘g‘risidagi bahs ham mavjud. Biz ko‘rib chiqayotgan nizoni hal etgan arbitraj sudi ham boshqa arbitraj sudlari kabi “mantiqiy sababga asoslanmagan va adolatsiz, diskriminatsiya qiluvchi chora-tadbirlarni qo‘llash orqali xorijiy investor oldinga qo‘ygan maqsad va manfaatlariga putur yetkazish adolatli va xolis munosabatda bo‘lish mezonini buzishdir” deb hisobladi. Shu bilan birgalikda, arbitraj sudi yana bir masalaga e’tiborini qaratdi. Uning xulosasiga ko‘ra mazkur nizoni hal etishda qo‘llanilayotgan BITning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, xorijiy investor manfaatlarinigina hisobga olib unga haddan ortiq himoya taqdim etishdan tiyilish hamda adolatli va xolis munosabatda bo‘lish majburiyatini buzganlik holatini tahlil qilishda mezbon mamlakat manfaatlarini ham hisobga olish adolatdan bo‘ladi. Albatta, ko‘plab BITlar mazkur nizoda qo‘llanilayotgan BIT kabi keng doiradagi maqsadlarni o‘zida mujassam etganligi bois, mazkur arbitraj sudining xulosalarini pretsedent sifatida kelgusi ishlarda ham qo‘llash mumkin. Ammo yana bir narsani unutmaslik lozimki, har bir BITda adolatli va xolis munosabatda bo‘lish majburiyatining mazmuni uning amalda qanday holatlarda tatbiq etilishi bilan ham farqlanadi.

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish