A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018


Nizoni hal qilishga qaratilgan qoidalar va “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim”



Download 7,07 Mb.
bet62/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

Nizoni hal qilishga qaratilgan qoidalar va “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim”.

  1. Mazkur ishda asosiy muammo bo‘layotgan masala “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasiga asosan qulaylik yaratib berish chegarasini aniqlash hisoblanadi. Investitsion shartnomada o‘rnatilgan “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasi investorning iqtisodiy faoliyatining amaliy jabhalarida unga qulayliklar yaratishini ko‘zda tutuvchi konsession shartnoma mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, investor davlatlar o‘rtasida tuzilgan BITlarni qo‘llash mumkin bo‘lgan protseduraga duch kelmaguncha ushbu qoidani nizoni hal etish uchun qo‘llash mumkinligini aniq bilmagan deb aytishimiz mumkin.

Ushbu ish bo‘yicha qabul qilingan qarorning 1-qismiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasi investorga nisbatan faqatgina protsessual jabhalarda tatbiq etilishi ta’kidlangan. Demak, qarorda, avvalo, “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasining qo‘llanilish doirasiga aloqador bo‘lgan bir turdagi tamoyilga tayanilgan. Bu yerda bir turdagi tamoyil deganda, asosiy shartnomaning “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasiga aloqador bo‘lgan holatlar va ular bilan bir xil kategoriyaga kiruvchi holatlarni o‘z ichiga oluvchi “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim”ning obyekti bo‘lgan tamoyil nazarda tutilmoqda. Shunday qilib, ushbu ishda, asosiy shartnoma hisoblangan Argentina – Ispaniya BITida belgilangan “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasi nizoni hal etish protsesiga aloqador deb aniq belgilanmagan bo‘lsada, shartnomadan kelib chiqadigan barcha munosabatlarga tatbiq etiladi hamda investor foydalana oladigan nizoni hal etish protsesi investorni himoya qilish bilan uzviy bog‘langanligi sababli “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasi nizoni hal etish protsesini ham qamrab oladi deb topilgan.
Ushbu ish bo‘yicha chiqarilgan qarorning 2-qismida “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim”ning tayyorlanish bosqichiga e’tibor qaratildi. Biz ko‘rib chiqayotgan rejim ommaviy chora-tadbirlarni qo‘llash bilan bog‘liq holatlarda cheklansa-da, ushbu holatda Ispaniya boshqa davlatlar bilan tuzilgan BITlarida arbitrajga murojaat qilishdan avval ichki sudlardan o‘tish lozimligi to‘g‘risidagi qoidani belgilanmagan bo‘lib, bu ichki sudlardan o‘tish shartining ommaviy chora-tadbirlar va manfaat bilan aloqada emasligini anglatishi belgilandi. Demak, mazkur vaziyatda “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasi ommaviy chora-tadbirlar va manfaat bilan bog‘liq bo‘lmay, hech qanday cheklanishlarga duch kelmas ekan.

  1. Ushbu ish bo‘yicha chiqarilgan qaror, “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasining qo‘llanilish doirasi nizoni hal qilish protsesiga ham taalluqli ekanligini tan olinganligini anglatar edi. Shu sababli ham keyinchalik Siemens (ICSID Case No. ARB/02/8) ishida asosiy shartnomada belgilangan “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasi uchinchi taraf shartnomasiga asoslangan holatda asosiy shartnomada belgilangan ichki sudlardan o‘tish sharti bekor qilinishi mumkinligi to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi. Biroq Salini (ICSID Case No. ARB/02/13) ishida ichki sudlarga murojaat qilish shartidan tashqari arbitraj kelishuvlari ham mavjudligi va bunday arbitraj kelishuvlari mavjud bo‘lgan paytda asosiy shartnomadagi “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasiga tayanib investorga qulayroq bo‘lgan uchinchi davlat shartnomasidagi arbitraj kelishuvi qoidalari tatbiq etilmasligi rad etilgan. Shunday qilib, sud amaliyoti ichki sudlarga murojaat qilish shartini “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasi vositasida inkor qilish mumkinligini tan olish bilan birgalikda, bu shartdan tashqari shartnomalarda belgilanadigan arbitraj kelishuvlarini “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasiga asosan inkor qilib bo‘lmasligini ko‘rsatib berdi.

Shunga qaramasdan RosInvest ishida (SCC Case No. Arb V079/2005) asosiy shartnomada arbitraj bo‘yicha belgilangan qoidalarni cheklagan holda, Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim qoidasiga tayanib, investor uchun qulayroq rejimni taqdim etadigan nizoni hal qilish protsesini uchinchi taraf shartnomasini tatbiq etish mumkinligini tan oldi. Bu bilan sud yuqoridagi kabi arbitraj kelishuvi hamda ichki sudlardan o‘tish shartini bir-biridan farqlamadi. Shuningdek, ushbu ish bo‘yicha chiqarilgan qaror kabi Bercschader ishida (SCC Case No. 080/2004) ham asosiy shartnomada belgilangan “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasini barcha holatlarda qo‘llash mumkinligini ta’kidlash bilan birgalikda, nizoni hal etishda tatbiq etiladigan uchinchi taraf shartnomasi qoidalariga asoslanish tan olinmadi. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur ishda ko‘rib chiqilayotgan asosiy muammo bo‘yicha sud amaliyotida ham yakdil qarash mavjud emas. Qo‘shimcha sifatida yana shuni aytish mumkinki, Salini hamda Berschader ishlarida asosiy shartnoma imzolanayotgan paytdagi shartnoma taraflari bo‘lgan davlatlarning xohish-irodalari asosiy o‘ringa qo‘yilgan bo‘lsa, RosInvestda “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” qoidasini muhimroq o‘ringa qo‘yuvchi talqinni ko‘rishimiz mumkin. Bundan kelib chiqadiki, talqin qilish jarayonida ham yagona qarash mavjud emas ekan.

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish