5.1-rasm. Grunt massivining asosiy tektonik tuzilishi: 1 – gruntlari gorizontal
yotgan; 2 – gruntlari monoklinal yotgan; 3 – oddiy buramali tuzilish; 4 – murakkab
buramali tuzilish; 5 – uzilgan dislokatsiyali monoklinal yotish; 6 – uzilgan
dislokatsiyali murakkab buramali tuzilish; 7 – o„zgargan gruntlar tutash joyidagi
oreolli yirik magmatik intruzi; 8 – intrudirlangan magmatik jismli murakkab
buramali tuzilish.
Keltirilganlardan, tog„ jinsi muhandislik inshootining asosi yoki bu inshoot
joylashgan joy sifatida o„zini tutishini baholash uchun faqat gruntlar xossalarini
namunalarda aniqlab qolish kerak emas, balkiy tabiiy yotish sharoitida ham
210
aniqlash lozim. Bu juda muhim, chunki, ko„pchilik gruntlarning xossalarini
qiymati o„xshash emas. Tog„ jinslarining har xil fizik-mexanik tavsiflarini ko„plab
aniqlash
(elastik
to„lqinlarning
tarqalish
tezligi,
deformatsiyalanishi,
mustahkamligi va b.), bu ko„rsatkichlar sinalayotgan namunaning hajmiga bog„liq
ravishda o„zgarishini ko„rsatadi. Bunda sinalayotgan namunaning hajmi deganda
bir necha kub santimetr o„lchamli yoki og„irligi bir necha gramm bo„lgan
laboratoriya namunalari (proba), shuningdek, tabiiy yotishda olingan qandaydir
jinsning, o„lchami o„nlab metr kub yoki og„irligi bir necha tonnali hajmi
tushuniladi. Tog„ jinslarining xossalarini ko„rsatkichlarining sinalayotgan namuna
o„lchamiga bog„liq holdagi farqlari, uni tarkibi va tuzilishining bir emasligi bilan
belgilanadigan, masshtabli effekt deb ataladi.
«Tog„ jinslarining massivi» tushгnchasiniтп muhandis-geologik talqini
quyidagi aniqlashtirishda to„liq keltiriladi: «Tog„ jinslarining massivi» deganda
geologik strukturani yoki uning qismini hosil qiluvchi va faqat unga xos bo„lgan
tarkibi, tuzilishi va muhandis-geologik qonuniyatlarini tavsiflovchi geologik jism
tushuniladi. Inshootlarning tog„ jinslariga ta‟sir doirasi ayrim hollarda massivning
bir qismini qamrab olishi mumkin, boshqa hollarda – bir necha massivga tarqalishi
mumkin, masalan yirik temir yo„l yoki gidrotexnik tunnelniтп ta‟sir doirasiga
o„xshab. «Tog„ jinslarining massivi» ko„pincha qoya tog„ jinslariga nisbatan
qo„llaniladi, hamma yuqorida keltirilgan tushuncha dispers gruntlarga nisbatan
ham taalluqli bo„lishi to„g„ridir. Alohida, qoya tog„ jinslaridan iborat massivlarga
tegishliligi, ularni muhandis-geologik baholash uchun tog„ jinslarining tavsiflari
umuman yetarli emas; massivning fizik-mexanik va suv-fizik xossalarini
belgilovchi ko„plab omillarni o„rganish kerak bo„ladi. Dispers gruntlardan iborat
massivlar ko„pincha «gruntli qatlam» deb ataladi.
Keltirilgan aniqlashtirishlardan tog„ jinslarining massivi deb har xil
o„lchamdagi geologik jismni tushгnish kerak bo„ladi. Oxirgisiga bog„liq ravishda
to„rt xil tartibli massivlarga farqlanadi. Birinchi tartiblisi – bu o„zining hajmi
bo„yicha yirik jism, burama, monoklinal yoki strukturali-tektonik blokka to„g„ri
keluvchi geologik struktura. Birinchi turdagi massivlar, odatda, bitta geologik
211
formatsiyaga mos keluvchi jinslardan tuzilgan bo„ladi, ularning chegarasi geologik
formatsiyaning chegarasi yoki regional yoriqliklar chegarasi bo„lishi mumkin.
Birinchi turdagi massivning u tuzilgan litologik komplekslarning nisbati va
yeg„indisi, ichki formatsiyali dislokatsiyaning nisbati va tavsifidan iborat bo„ladi.
Ikkinchi tartibli massivlar kichik o„lchamga ega bo„ladi – o„nlab va yuzlab
metrga, ular ko„pincha hajmiga nisbatan litologik makro-fatsiyaga to„g„ri keladi.
Asos va har xil muhandis inshootlarning muhiti sifatida ikkinchi tartibli massivni
baholashda ular murakkab va bir xil bo„lmagan tarkibli, tuzilishli va xossali
geologik jism sifatida ko„riladi.
Uchinchi tartibli massiv – o„lchami bir necha metrdan bir necha o„n
metrgacha bo„lgan litologik (petrografik) bir xil bo„lgan jism, to„rtinchi tartibli
massiv – bu uchinchi darajali massivning alohida qismlari, faqat bir xil petrografik
tarkibi bilan tavsiflanmasdan, jinslarning bir xil holati (bir xil yoriqliklari,
bloklarining bir xil o„lchami) bilan tavsiflanadi.
Tog„ jinslarining massivlari ko„pincha bir biridan yoriqliklar bilan uzilib
ajratiladi. Bu buzilgan yoriqliklar (diz‟yunktivi) ham har xil o„lchamli geologik
jism sifatida ko„riladi. Uzunligi bir necha ming metrdan o„nlab va kengligi bir
necha kilometrdan bir necha metrgacha bo„ladi. Dizyunktivlarning ichki tuzilishi
va o„lchamlariga bog„liq ravishda massivlar bir necha tartibga bo„linadilar.
Ularning ichida eng yirigi – birinchi tartibli massiv – bir necha surilish yuzali
murakkab hudud tuzilishga javob beruvchi hisoblanadilar. Ikkinchi tartibli
massivga bitta surilish yuzali dizyunktivi oddiy tuzilishga ega bo„lgan va
jismlarning tektonik buzilish hudud bilan aniqlanuvchilar taalluqli bo„ladi. Har bir
bunday hudud, o„zining navbatida uchinchi tartibli massiv sifatida ko„rilishi
mumkin. Uchinchi tartibli massivning har bir maydoni jinslarning bir xil
dinamometrik ishlashi bilan tavsiflanuvchi, to„rtinchi darajali massivni aks ettiradi.
Shunday qilib, ikkala holda ham ikkinchi tartibli massiv bir xil tarkibli,
tuzilishli, holatli va xossali geologik jismni aks ettiradi. Bunday massivlar
muhandis-geologik element deb ataladi.
Har xil tartibli massivlarning o„zaro ajratilishi katta amaliy ahamiyatga ega.
212
Har bir konkret holat uchun, qo„yilgan masalaga bog„liq ravishda, tog„ jinslarining
massivlari har xil darajali mufassallikda o„rganiladi va baholanadi. Regional
muhandis-geologik tadqiqotlarda, har xil turdagi qurilish uchun qidirish ishlari olib
borishda birinchi tartibli massivlarni ajratish yetarli bo„ladi, massivning bo„linish
mufassalligi muhandis inshootining tavsifiga va muhandis-geologik qidirishning
bosqichiga bog„liq bo„ladi. Bu masalalar maxsus muhandis-geologik kurslarda
alohida ko„riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |