205
«Muqobil aralashma» yaratib gruntlarni yaxshilash usulida, tashqi ta‟sirga
yaxshi qarshilik ko„rsatadigan eng zich massani olish uchun ma‟lum granulometrik
tarkibli gruntga ma‟lum yiriklikdagi fraksiyalari qo„shiladi. Qumli va gilli
zarralarning uyg„unlashgan aralashmasi yordamida muhandis-quruvchi nuqtai
nazaridan gruntlarning maksimum musbat va minimum manfiy xossalarini olish
mumkin.
Ko„tarma gruntlar qurilish jarayonida qurilish elementining kerakli
tuzilmasi yoki sanoat chiqindilari zaxirasi sifatida shakllanadi. Birinchisi qurilishda
ko„tarma gruntlar degan nomni olgan, ularning namunaviy ko„rinishi avtomobil va
temir yo„llari, platinalar, dambalar va boshqa inshootlarning ko„tarmasi; ikkinchisi
– sanoat chiqindilaridan iborat ko„tarma gruntlardir.
Avtomobil va temir yo„llarni qurishda katta ko„tarmalar yon o„ymalardan
olinadigan, shuningdek qurilish joylariga maxsus karyerlardan olib kelinadigan
materiallardan quriladi. Ko„tarmada gruntning strukturasi tabiiy holatda yotganga
nisbatan farq qiladi; suvli va havoli tartibi ham berilgan tumandagi jinsning va
gruntning tabiiy suv - havo tartibidan farq qiladi. Bularning hammasi ko„tarmaning
grunti tabiiy holatda yotgan o„zidaka qattiq komponentli gruntlardan xossalari
bilan farq qilishini ko„rsatadi. Aytib o„tilganlar to„liq ravishda to„g„on va
dambalarning gruntiga ham taalluqlidir.
Yuvilgan gruntlar o„zlashtirishga tayyorlanayotgan relyefi past bo„lgan
joylarda (masalan, daryo vodiysi qayirida) hosil bo„ladi. Yuvish uchun odatda
alyuviyning o„zanli fatsiyasi qumlari ishlatiladi. Ularning zichlashtirilishi va
degidratatsiyasi kerakli darajada tez bo„ladi. Shuning uchun bitta karyerdagi, bir
xil texnologiya bilan har xil vaqtda yuvilgan qumlarning muhandis-geologik tavsifi
o„zaro yaqin bo„ladi.
Madaniy qatlamlar. Bu guruhdosh gruntlar murakkab tuzilmaga ega. Ular -
inson faoliyatining izi qolgan yirik aholi yashash joylaridagi kesimning yuqori
qatlam gruntlaridir deb tushuniladi. O„zining moddiy tarkibi va xossasi bo„yicha
bu qatlam ostida yotgan tabiiy gruntdan farq qiladi. Madaniy qatlamda qoldiq
sifatida har xil materiallar: qurilish axlati, singan g„isht va tosh, xo„jalikka
kerakli
206
buyumlar: gilli tovoqlar, sopol idishlar va boshqalar uchraydi.
Madaniy qatlamning qalinligi keng oraliqda bir necha santimetrdan o„nlab
metrgacha o„zgarishi mumkin. U joyning relyefiga va boshqa omillarga bog„liq
bo„ladi. Ko„tarmali madaniy qatlamning ko„plab yig„iladigan joylari odatda jarlar,
daryo vodiysi, botqoqliklar bo„lishi mumkin. Chunki birinchidan ular axlat
tashlaydigan joylar hisoblanadi, ikkinchidan ular aholi yashash joylarini vertikal
rejalashtirish uchun maxsus joylarga ko„miladi.
Madaniy qatlamlar o„ziga xos tarkibga ega bo„ladi. Asosiy mineral
massasining mineral-petrografik tarkibi ko„pincha joyning geologik sharoiti bilan
belgilanadi, qo„shimchalar tarkibi insonning xo„jalik-madaniy faoliyati tavsifi
bilan aniqlanadi. Tabiatda hosil bo„lgan gruntlardan farqli ravishda madaniy
qatlam tarkibi bo„yicha juda xilma xildir. Madaniy qatlamning tarkibini vertikal
bo„yicha ham, gorizontal yo„nalish bo„yicha ham bir xil emasligi adabiyotlarda
ta‟kidlanadi. Ayrim turdagi madaniy qatlamlar tarkibida ko„p miqdorda, madaniy
qatlamning yoshi ortishi bilan miqdori kamayuvchi organik moddalar bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: