A. D. Kayumov gruntshunoslik


Sho‘rlangan gruntlarning zarrachalarining sho‘rlanish tavsifiga bog‘liq



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

Sho‘rlangan gruntlarning zarrachalarining sho‘rlanish tavsifiga bog‘liq 
hajmiy og‘irligining me’yoriy qiymati 
 
 
4.6. Sun’iy gruntlar 
 
Sun‟iy  dispers  gruntlarning  guruhiga  kerakli  darajada  ko„p,  texnik 
melioratsiya usullari bilan tabiiy gruntlarning xossalari va xususiyatlarini maqsadli 
o„zgartirish jarayonida, shuningdek inson faoliyatining muhandis-xo„jalik faoliyati 
davomida, ularning xossalarini maxsus usullar bilan yaxshilab bo„ladigan hollarda 
hosil  bo„lgan  tizilmalar  birlashgan.  Bu  holda  tabiiy  gruntning  o„zgarish  darajasi 
kerakli darajada har xil bo„lishi mumkin. Ularni yaxshilash jarayonida strukturali 
bog„lanish  sezilarli  darajada  yaxshilanishi  yuz  beradi.  Ammo,  har  xil  turlilarida 
kristallashgan bog„liqlik ikkilamchi ahamiyatga ega bo„ladi. Gruntlarning umumiy 
tasnifida bu guruh beshta guruhga bo„linadi.  
Sun‟iy  o„zgartirilgan  dispers  gruntlar.  Bu  guruh  gruntlar  fizik  maydon  va 
gruntlarning  kimyoviy  o„zgartirilishi  ta‟sirida  maxsus  bog„lovchi  moddalardan 
foydalanish yo„li bilan yaratilishi mumkin. 
Organik  bog„lovchi  moddalar  sifatida  ko„pincha  bitum  va  degt  ishlatiladi. 
Ular gruntga issiq holatda organik eritmalarda suyultirilgan emulsiya ko„rinishida 
kiritiladi.  Emulsiyadan  bitum  ajralib  chiqqanida  yoki  uni  qotishida  zarralar 
yuzasida adsorblashgan bitumli plyenka hosil bo„ladi, u unga gidrofob xususiyatini 
berib,  gruntning  hamma  zarralarini  bog„laydi.  Buning  natijasida  bitumlashgan 
Tuzlarning 
miqdori, 

   Grunt zarrachasining hajmiy og„irligi, g/sm
3
,  
sho„rlanish turlarida     
NaCI 
NaSO
4
  Na
2
SO
3
 
MgCl
2
 
MgSO
4
 
CaCI
2
 
NaSl + 
MgSO
4
 

2,67 

2,66 
2,67 
2,65 
2.65 
2,67 
2,67 
2,67 

2,66 
2,67 
2,64 
2,64 
2,65 
2,65 
2,65 

2,64 
2,64 
2,62 
2,62 
2,64 
2,63 
2,64 
10 
2,64 
2,61 
2,59 
2,59 
2,62 
2,61 
2,62 


203
 
 
grunt  yuqori  suvga  chidamlilikka  erishadi.  Ularda  amalda  suvni  kapillyarlardan 
ko„tarilishi  bo„lmaydi  va  bitumlashgan  gruntning  mustahkamligi  oshadi. 
Gruntlarni  bitum  bilan  mustahkamlashda  jinsning  mineral  va  kationlarning 
almashinuv  tarkibi  ta‟siri  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo„ladi.  Bitumning  ta‟siri 
jins tarkibi karbonatli va almashinuv jarayonida kalsiy bo„lganda yaxshi bo„ladi. 
Fizik  maydon  ta‟siriga  asoslangan  jinslarni  mustahkamlash  usuliga 
gruntlarning  elektrkimyo  mustahkamlash  va  qizdirish  usuli  kiradi.  Elektrkimyo 
mustahkamlash  asosida  elektrosmos,  elektrforez,  elektrolit  dissotsiatsiya, 
almashinuv  reaksiyasi  jarayonlari,  erimaydigan  tuzlarni  va  gidrookislarni  hosil 
bo„lish jarayoni yotibdi. Gilli gruntlarning mustahkamligi ularni elektrkimyo usuli 
bilan qayta ishlanganda birdan 2-3 marta, keyinchalik vaqt o„tishi bilan 6-7 marta 
ortadi.  Natijada  yuqori  disperslikka,  avval  namlangan  gruntlar  yuqori  zichlikka, 
suvga  chidamlilikka  va  yuqori  mustahkamlikka  (0,4-0,5  MPa,  elektrolitlar  -101,5 
MPa gacha) erishadi.  
Qizdirilgan  gruntlar  –  taxminan  300-500
o
C  harorat  ta‟siriga  uchragan 
tuzilmalar  hisoblanadi.  Bu  holatda  gruntlarning  xossalari  sezilarli  o„zgarishi 
kuzatiladi, lekin vaqt o„tishi bilan gidratatsiya natijasida aksincha sezilarli darajada 
yomonlashishi  mumkin.  Ko„p  miqdorda  montmorilloniti  bo„lgan  gruntlar  200
o

harorat  ta‟sirida  mayda  fraksiyalarning  agregatlashishi  natijasida  yuqori  suvga 
chidamlilik holatini oladi. Kaolinli glinalarga bunday mustahkamlikni olish uchun 
nisbatan ko„proq yuqori harorat kerak bo„ladi. 
Gruntlarni  haroratli  ishlash  jarayonida  olinadigan  samaradorlik  quyidagi 
raqamlardan  bilinadi:  havoda  quritilgan  changli  suglinokni  bir  o„qli  siqilishdagi 
mustahkamligi  20
o
  haroratda  3,5  MPa  dan  175
o
  da  3,8  MPa  gacha;  250
o
  da  4,4 
MPa gacha; 400
o
da 7,2 MPa gacha oshgan.  
Sun‟iy  yaxshilangan  gruntlarning  ko„pchilik  qismi  kimyoviy  o„zgartirish 
yo„li bilan amalga oshiriladi, Bu jarayon (S.D.Voronkevich tushinchasiga asosan) 
gruntlarning xossalarini uncha ko„p bo„lmagan (massasi bo„yicha 1% dan kam) har 
xil kimyoviy reagentli organo-mineral komponentlarning o„zaro ta‟siri tushuniladi. 
Gruntlarni kimyoviy o„zgartirish lyossimon va gilli gruntlarga taalluqli bo„ladi. Bu 


204
 
 
jarayonlarda  nazariy  asos  bo„lib  gruntlarda  kechadigan  yuza  jarayonlari  va 
hodisalari  xizmat  qiladi,  bular  orasida  yetakchi  o„rinni  adsorbsiya  va  ion 
almashinuv  jarayonlari  egallaydi.  Kimyoviy  o„zgartirish  usullaridan  eng  ko„p 
tarqalgani lyossimon va gilli gruntlarning zarralari dispergatsiyasi va agregatsiyasi 
uchun  tuzlar  bilan  qayta  ishlashdir,  bu  gruntlar  yuza-faol  va  kremniy  organik 
birikmalar bilan gidrofobizatsiya qilinadi. 
Gruntlarga  sun‟iy  har  xil  tuzlarni  kiritish  yo„li  bilan  ularning  xossalarini 
sezilarli  darajada  o„zgartirishi  mumkin.  Masalan,  bog„langan  gruntlarga  xlorli 
natriyni  qo„shishda  murakkab  fizik-kimyoviy  jarayonlar  natijasida  ularni  suv 
o„tkazuvchanligi kamayadi. Bu usul bilan o„tkazuvchanlikni amalda to„liq bartarf 
qilish  mumkin.  Xlorli  kalsiyning  eritmasini  grunt  yuzasiga  sepilsa  chang  hosil 
bo„lishining oldi olinadi. 
Sun‟iy dispers gruntlarni zichlashtirish jarayoni shibbalash, katok va boshqa 
moslamalar  bilan  bosish  yoki  zamonaviy  transport  vositalari  bilan  ta‟sir  etishdan 
iborat.  Bu  usullar  gruntlarga  katta  zichlik  beradi,  ularning  suv  o„tkazuvchanligini 
kamaytiradi. Bu usullar sodda va arzon bo„lib, qadimdan qo„llanilib keladi.  

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish