A. D. Kayumov gruntshunoslik


Zarralarning o’lchamiga bog’liq cho’kindi jinslarni nomi



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

Zarralarning o’lchamiga bog’liq cho’kindi jinslarni nomi 
 
Zarraning o„lchami 
Cho„kindi jinslar 
Granullashgan yoki katta (zarraning 
o„lchami 2-4 mm yoki katta) 
Konglomerat   
Qum 
Qumtosh 
Chang yoki gil 
Alevrolit va argellit 
 
Donali  sementlashgan  gruntlar.  Qattiq  kristallizatsion  bog„langan  donador 
tog„  jinslarining  guruhi  keng  tarqalgan  bo„lib,  konglomeratdan  argillitgacha 
bo„lgan  har  xil  granulometrik  tarkibli  mahsulotlarni  qamrab  oladi.  Ularning 
muhandis-geologik  xossalari  avvalambor  sementlashtiruvchi  moddaga,  sement 
miqdoriga va uning turiga bog„liq. Eng keng tarqalgan sementlar tarkibiga kvarsli, 
temirli,  karbonatli  va  gillilar  kiradilar.  Tabiatda  kvarsli  va  temirli  sementlashgan 
jinslar  nisbatan  kam  uchraydi.  Odatda  ularning  mustahkamligi  va  turg„unligi 


171
 
 
sementlashadigan  donalarning  mustahkamligidan  kam  bo„lmaydi,  ayrim  hollarda 
ulardan  yuqori  bo„lishi  ham  mumkin.  Karbonatli  sement  ham  yuqori 
mustahkamlikka  ega,  lekin  ular  suvda  eriydi.  Sementlashgan  jinslarning  fizik-
mexanik  xossalarini  baholashda  sulfatli  va  galoidli  sementlarning  yuqori 
eruvchanligini alohida hisobga olish kerak. Gilli sement kam mustahkamlikka ega. 
Faqat  kuchli  katagenezga  uchragan  gilli  moddalar  qayta  kristallashuvi  natijasida 
tog„ jinslarining mustahkamligi oshishi mumkin. 
Cho„kindi mahsulotlarda qattiq strukturali bog„liqlik dispers cho„kindilarga 
yuqori  bosim,  harorat,  yer  osti  suvlari  va  g„ovaklik  eritmalari  ta‟siri  natijasida 
katagenez  jarayonida  shakllanadi.  Katagenez  jarayonida  jinslar  zichlashishi, 
suvning siqib chiqarilishi yuz beradi, fizik-kimyoviy sharoiti o„zgaradi, karbonatli, 
kremniyli  va  boshqa  moddalar  cho„kindiga  o„tiradi,  mineral  tarkibi  o„zgaradi. 
Katagenez  –  cho„kindi  jinslar  petrografiyasida  va  gruntshunoslikda  katta 
ahamiyatga ega bo„lgan murakkab geologik jarayondir. Muhandis geologik nuqtai 
nazardan:  katagenez  natijasida  cho„kindi  jinslar  zichligining  oshishi,  ularning 
g„ovakligining  kamayishi,  suv  o„tkazuvchanlik  tavsifining  o„zgarishi,  fizik-
mexanik  xossalari  ko„rsatkichlarining  oshishini  ta‟kidlash  kerak.  Nihoyatda 
natijada,  cho„kindi  tog„  jinslari  yangi  sifatga  ega  bo„ladi  –  qoya  tog„  jinsiga 
aylanadi.  
Katagenez  jarayonida  cho„kindi  tog„  jinslarining  fizik-mexanik  xossalari 
shakllanishida  gravitatsion  zichlashish  va  u  bilan  birga  kechadigan  jarayon 
degidrotatsiya  muhim  ahamiyatga  ega.  Degidrotatsiya  natijasida  g„ovaklik 
suvlaridan  sementlashgan  moddalar  (kremnezyom,  karbonat  kalsiy  va  b.)  ajralib 
chiqadi. Tektonik jarayonlar juda muhim ahamiyatga ega, ular natijasida jinslar bir 
tomonlama yuqori bosim ta‟siriga uchraydi va yangi xossaga ega bo„ladi.  
Katagenezda  cho„kindi  jinslarning  o„zgarishi  bir  necha  bosqichda  olib 
boriladi. Ularning har birida jinslar strukturasi, tarkibi va xossalarining o„zgarishi 
tavsiflidir. 
Donali  jinslar  asos  zarralarini  o„lchamiga  qarab  yirik  donalilarga 
(konglamerat, gravelit, brekchiya), mayda donali (har xil qumlar), changli va gilli 


172
 
 
(alevrolit va argellit) bo„linishi mumkin. Yirik donali sementlashgan jinslar orasida 
eng mashhurlari konglomeratlar bo„lib, qalin qatlami tog„ hosil bo„lish jarayonida 
yuzaga  keladi.  Ular  erta  paleozoy  davridan  boshlab  hamma  stratigrafik  tizimdagi 
yotqiziqlarda  ma‟lum.  Konglameratlar  Yuqori  Amur  havzasida  va  O„rta  Osiyoda 
gidrotexnik qurilish munosabati bilan ko„proq o„rganilganlari.  
Norin daryosi havzasidagi to„rtlamchi davr konglameratlari har xil sementga 
(ohaktoshli,  ohaktoshli-gilli,  ohaktoshli-temirli)  ega,  shuning  uchun  ularning 
vaqtinchalik siqilishga qarshiligi keng miqdorda (3 dan 25 MPa gacha) o„zgaradi. 
Konglomeratlar  sovuqqa  chidamsiz.  Uch  siklli  muzlash  va  erishdan  so„ng  nam 
shimgan  namunalardagi  sement  buzilgan.  Quruq  konglomeratlar  qurilish 
kotlovanini qurishda turg„un vertikal qiyalikni saqlagan. 
Qumtoshlar  yer  qobig„ida  eng  ko„p  tarqalgan  donador  tog„  jinsi  tarkibiga 
kiradi,  ular  tarkibi,  strukturasi  va  teksturasi  bo„yicha  xilma  xildir.  Dengiz 
platformali  yotqiziqlar  orasida  mineral  tarkibi  bo„yicha  kvarsli  qumtoshlar  eng 
ko„p tarqalgan hisoblanadilar. Geosinklinal va orogenli mahsulotlar uchun yomon 
ajratilgan,  bo„sh  silliqlangan  donali  polimineral  tarkibli  qumtoshlar  tavsiflidir. 
Donasining  o„lchami  va  fraksiyalari  nisbati  bo„yicha  qumtoshlar  quyidagilarga 
farqlanadi: bir xil (yirik-, o„rtacha-, mayda- va nozik zarrali) va har xil turdagilar. 
Qumtoshlar sementini (kvarsli, karbonatli, temirli va b.) tarkibi bo„yicha ham har 
xil bo„lishi mumkin. Bu hamma omillar qumtoshlarning fizik-mexanik xossalariga 
ta‟sir qiladi va ularning miqdorlarida katta farq bo„lishiga olib keladi. 
Regeneratsiya  turidagi  kremniyli  va  temirli  sementlashgan  kvarsli 
qumtoshlar  eng  katta  mustahkamlikka  ega.  Ularning  siqilishgi  qarshiliga  odatda 
150-200  MPa  dan  oshadi,  kvarslashgan  qumtoshlarniki  g„ovaklik  2%  dan  kam 
bo„lganda 300 MPa ga yetadi. Eng kam mustahkamlikka ega bo„lgan qumtoshlarga 
gilli  sementlar  bilan  sementlashganlar  kiradi.  Ularning  g„ovakligi  40%  ga  yetishi 
va, siqilishga qarshiligi bir MPa ga ham teng bo„lishi mumkin. 
Sementlashgan  changli  va  gilli  gruntlarning  tarkibiga  alevrolit  va  argillitlar 
kiradi.  Alevrolit  va  argillitlar  qumtosh-changli  (4.3-rasm)  va  gilli  dispers 


173
 
 
jinslarning  zichlashishi,  degidratatsiyasi,  kolloidlarining  kristallashuvi  natijasida 
hosil bo„ladi. Ular platformali va egilmali viloyatlarda ko„proq uchraydi. 
 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish