A. D. Kayumov gruntshunoslik


-rasm. Magmatik tog‘ jinslari zichligining o‘zgarish chegarasi



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

4.2-rasm. Magmatik tog‘ jinslari zichligining o‘zgarish chegarasi. 
 
Magmatik  jinslarning  muhandis-geologik  turlashda  muhim  tasnifiy  alomati 
bo„lib  shakllanish  sharoiti,  tuzilishi,  mineral  tarkibi  hisoblanadi.  Shu  alomatlarga 
qarab  ular  muhandis-geologik  tasnifga  tizimlashgan  bo„ladi.  Magmatik  gruntlar 


169
 
 
guruhi  ikkita  gruhdoshga  bo„lingan:  intruziv  va  effuziv.  Bunday  bo„linish 
magmatiklarning  muhandis-geologik  xususiyatlari  shakllanishida  eritmalar 
kristallashuvini katta ahamiyatga ega ekanligini ko„rsatadi, ularning yer qobig„ida 
yotish sharoitini belgilaydi va struktura-tekstura alomatini hisobga oladi. 
Metamorfik gruntlar. Tog„ jinslarining metamorfizmi deganda yer qobig„ida 
ichki  endogen  ta‟sirlar  natijasida  jinslarni  qattiqligi  saqlanib  qolgan  holda, 
sezilmas darajada suyulishi va erishi bilan ularning mineral tarkibi, strukturasi va 
teksturasining sezilarli darajada o„zgarishi tushuniladi.  
Braja M.Dasning [1] fikricha metamorfizm – qoya tog„ gruntlarining yuqori 
haroratda  va  bosimda  tarkibi  va  strukturasining  o„zgarish  jarayoni.  Metamorfizm 
vaqtida  yangi  foydali  qazilmalar  vujudga  keladi,  mineral  zarralar  cho„zilib 
bargsimon struktura hosil qiladi. Umuman metamorfik jinslar ko„p miqdorda kvars 
va dala shpatidan iborat bo„ladi. 
Metamorfizm jarayonida tog„ jinslarining o„zgarishi harorat, bosim, jinsning 
orasidan  sizib  kiruvchi  suyuq  bug„li  eritmalar  yoki  gazlar  ta‟sirida  kechadi. 
Metamorfizm  murakkab  fizik-kimyoviy  jarayondir.  Keltirilgan  hamma  omillar 
metamorfizm jarayonida juda muhim ahamiyatga ega va ular tog„ jinsiga kompleks 
ta‟sir qiladilar.  
Metamorfik  tog„  jinslarida  qattiq,  kristallashgan  bog„liqlik  bo„lgani  uchun 
ko„pchilik  fizik-mexanik  xossalari  bo„yicha  magmatiklarga  yaqin.  Hamma 
metamorfik  jinslar,  o„zgarmagan  holda,  qurilish  amaliyotida  uchraydigan  yukdan 
bir  necha  barobar  katta  bo„lgan  mustahkamlikka  ega.  Amaldagi  qurilish 
yuklamasida  ular  kvazi-elastik  jism  sifatida  deformatsiyalashadi.  Metamorfik 
jinslar  amalda,  karbonat  tarkibli  bo„lishidan  tashqari,  suv  o„tkazmaydigan  ham 
hisoblanib, ular suvda erimaydi. Bu xossalar jinslarning massivida deformatsiya va 
filtratsiya  yoriqliklar  orasida  ro„y  beradi  va  nuragan  hududga  qaraganda  ancha 
katta bo„lishi mumkin. 
Shu  bilan  birgalikda  metamorfik  jinslar  magmatiklarga  nisbatan  bir 
qanchaga  farqli  xossalarga  egalar.  Bu  farqlanish  ularning  genezisidan  kelib 
chiqadi. Hamma  metamorfik  jinslar  uchun  slanesli teksturali bo„lgan  anizatropiya 


170
 
 
xossasi  tavsifli.  Slanes  qatlami  bo„yicha  mustahkamlik  tavsiflari  uni 
perpendikulyariga  nisbatan  kam.  Jinslarning  qatlamligi  ularni  nurashida  katta 
ahamiyatga  ega,  tabiiy  tog„  yon  bag„rilarida  va  sun‟iy  kovlanmalarda  turg„unlik 
kam  bo„ladi.  Ko„pchilik  metamorfik  jinslar  nurashi  natijasida  nozik  plitali  va 
bargsimon  harakatchan  ko„chki  hosil  qiladi.  Ular  alohida  metamorfizmning  quyi 
bosqichidagi  jinslar  uchun  katta  ahamiyatga  ega.  Umuman  olganda  metamorfik 
jinslarning  muhandis-geologik  xossalari  metamorfik  jarayonlarning  turi  va 
jadalligiga bog„liq bo„ladi. 
Sementlashgan  cho„kindi  jinslar.  M.D.  Brajaning  [1]  fikricha  jarayonlar 
natijasida  hosil  bo„lgan  graviy,  qum,  il  va  gillar  bosim  ostida  zichlashib  temir 
okisi,  kalsit,  dolomit  va  kvars  bilan  sementlashishi  mumkin.  Sementlashtiruvchi 
agentlarni  grunt  suvlari  olib  kelishi  mumkin.  Ular  zarralar  orasini  to„ldirib 
cho„kindi  jinslarni  hosil  qiladilar.  Shunday  yo„l  bilan  hosil  bo„lgan  qoya  tog„ 
jinslari donador cho„kindi jinslar deb ataladi.  
Hamma  donador  qoya  tog„  jinslari  donali  strukturaga  ega  bo„ladi.  4.1-
jadvalda strukturali donador qoya toshlar keltirilgan. 
4.1-jadval 
 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish