A. D. Kayumov gruntshunoslik



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

Qoya  tog„  jinsli  gruntlarning  sinflari  qattiq  kristallashgan  bog„liqlikka  ega 
bo„lgan  tog„  jinslarini  birlashtiradi;  zarralar  orasidagi  bog„liqlik  zarralar  ichidagi 
kabi va  strukturali  bog„liqligi  kimyoviy  tabiatga  ega  bo„ladi. Ko„pchilik hollarda 
kovalent bog„lanish ionli bog„lanishga nisbatan ustun turadi. Natijada jins yuqori 
mustahkamlikka  erishadi,  ular  nam  shimganda  kam  o„zgaradi.  Agar  jinsda  ionnli 
bog„lanish ustun tursa u eruvchanlik xususiyatiga ega bo„ladi. 
Dispers  gruntlar  sinfi:  molekulyar,  ion-elektrostatik,  kapillyar,  magnitli 
bog„lanishlar  ustun  bo„lgan  fizik  tabiyatli  strukturaga  ega  bo„lgan  jinslarni 
birlashtiradi. Bu bog„liqliklarning mustahkamligi mineral zarralar ichidagi va qoya 
tog„  jinslarida  bo„lgan  kimyoviy  tabiatliligiga  nisbatan  kam  bo„ladi.  Dispers 
gruntlar  sinfining  jinslarida  mustahkamlik  kam  bo„lib,  namlik  ta‟sirida  u  kuchli 
o„zgaradi.  
Yuqorida keltirilgan jihatlarga asosan umumiy tasnifni tuzishda gruntlarning 
bosib o„tgan genezisi va genezisining o„zgarish jarayonlari bo„yicha jinslar guruhi 


164
 
 
va guruhdoshlarga, jinslarning petrografik xususiyatlari bo„yicha turlarga ajratiladi. 
Hammasi bo„lib jinslarning 6 guruhi ajratilgan. 
Gruntlarning qoya tosh guruhi quyidagilarni o„zida birlashtiradi: magmatik, 
metamorfik, sementlashgan cho„kindi va sun‟iy gruntlar. Magmatik va metamorfik 
gruntlar  ham  genezisi  bo„yicha  guruhlarga  bo„linadi.  Cho„kindi  sementlashgan 
jinslar  ichida  kimyoviy  cho„kkan  va  organogen  jinslar,  kremniyli,  karbonatli, 
sulfatli  va  galoid  jinsli  guruhdoshlarga  ajratiladi.  Donali  sementlashgan  jinslar 
guruhdoshi  yirik  va  mayda  donali,  changli  va  gilli  gruntlarga  ajratiladi.  Bu 
keltirilgan  holatlarda  genetik  jihatlar  hisobga  olingan,  shuningdek,  genezis  bilan 
birgalikda genezisning o„zgarishi ham hisobga olinadi. Sun‟iy gruntlar jinsini qoya 
tog„ grunti tarkibiga qo„shish usuli bo„yicha ikkita guruhdoshlarga ajratiladilar, bu 
ma‟lum miqdorda jinslarning o„z xususiyatidan kelib chiqadi. 
Gruntlarning  dispers  sinifiga,  alohida  guruh  sifatida,  sementlashmagan 
cho„kindi va sun‟iy gruntlar ham kiradi. Birinchi guruh tabiiy jarayonlar ta‟sirida 
hosil bo„lgan, ikkinchisi – inson faoliyati natijasida.  
Yirik  donali,  qumli,  lyossli  va  gilli  jinslar  nurash  jarayoni  mahsuloti 
hisoblanadi. Ular genezisi bo„yicha juda xilma xil: elyuvial, prolyuvial, allyuvial, 
ko„lli,  muzli,  dengizli  va  boshqalar  bo„ladilar.  Har  bir  genetik  tur  o„zining 
xususiyatiga  ega.  Ammo  asosiysi  –  dispers  gruntlarda  nurash  jarayonining 
rivojlanish va tavsifi bilan belgilanuvchi elementlarning yirikligidir.  
Fizik  nurash  o„zining  rivojlanish  jarayonida tog„  jinslarining donalanishiga 
olib  keladi,  natijada  yirik  donali  grunt  hosil  bo„ladi.  Fizik  nurash  jarayoni  jadal 
kechganda  maydalanish  jarayoni  mineral  zarralarda  ham  kechadi  va  qumli  jinslar 
hosil bo„ladi. 
Kimyoviy  nurashda  keyinchalik  moddalarning  dispergatsiyalanishi  sodir 
bo„ladi, natijada birlamchi minerallar buziladi va ikkilamchi mineral hosil bo„ladi. 
Ikkilamchi  minerallar  orasida  eng  ahamiyatlisi  gilli  minerallardir.  Kimyoviy 
nurash mahsulotlari ko„pincha suv havzalariga tushib balchiqlar (illar) hosil qiladi, 
ular  diagenez  jarayonida  gilli  yoki  lyossli  jinslarga  aylanadilar.  Gilli  yoki  lyossli 
bo„lishi jinslar tarkibidagi gilli minerallarning birlamchi minerallarga nisbati bilan 


165
 
 
belgilanadi, ular har xil disperslikka, yirik qumdan mayda changgacha farqlanishi 
mumkin.  
Pochva  (tuproqlar)  –  tog„  jinsidan  o„zining  bir  qancha  alomati  bilan 
farqlanuvchi  maxsus  tabiiy  mahsulotlardir.  Ularda  doimo  organik  modda  bo„lib, 
tuproqning ma‟lum genetik turiga mansub bo„lgan, struktura bilan tavsiflanadigan, 
genetik gorizontlarga ajratiladi. Tuproqlarda, ularni muhandis-geologik baholashda 
bog„langan  gruntlar  bilan  juda  ko„p  o„xshashligi  bor.  Shuning  uchun  ularni  bu 
guruhga  qo„shish  mumkin.  Ammo  gruntlarning  umumiy  tasnifini  yaratishda 
genetik  jihatlarini,  tuproqning  ko„rsatilgan  xususiyatlarini  hisobga  olib,  ularni 
mustaqil guruhdosh sifatida ajratish maqsadga muvofiq bo„ladi.  
Torf  (4.1-rasm)  va  sapropellar  o„ziga  xos  mahsulotlar  bo„lib,  ularni  ham 
fitogen jins ko„rinishidagi bir tur sifatida ajratish mumkin [1]. 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish