A. D. Kayumov gruntshunoslik



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

4.2. Qoya tog‘ gruntlari 
 
Magmatik  gruntlar.  Magmatik  tog„  jinslari  ko„pincha  flyuid-silikatli 
tarkibli  chuqurlikdagi  eritmalarni  (magma)  yer  qobig„ining  yuqori  qismi  ichiga 
kirishi  yoki  yuzasiga  oqibchiqib  qotishida  kristallashuvi  natijasida  hosil  bo„ladi. 
Magmatik  tog„  jinslari  va  ularning  xossalari  shakllanishi  magmalarni  yerning 
chuqurligida  hosil  bo„lishidan  boshlanadi.  Uzoq  vaqt  davomida  o„zaro  mahkam 
bog„langan,  magmaning hosil bo„lishida va kristallashuvida  yuz bergan  bir-birini 
almashtiruvchi  murakkab  fizik,  kimyoviy  va  fizik-kimyoviy  jarayonlar  natijasida 
hosil bo„lgan otqindi jinslarning kimyoviy va mineral tarkibini shakllantiradi.  
Braja  M.D.  [1]  bo„yicha  magmani  yer  qa‟rining  chuqurligidan  chiqib  yer 
yuzasida qotishidan otqindi magmatik jinslar hosil bo„ladi. Ayrim hollarda magma 
yer  yuzasiga  chiqmasdan  sovib  qotishi  natijasida  intruziv  jinslarni  hosil  qilishi 
mumkin. Ular erroziya jarayonilari ta‟sirida bo„laklarga bo„linadi.  
Tog„ jinslarining hosil bo„lishida boshlang„ich chuqurlikdagi jarayonlarning 
faoliyati  magmaning  kimyoviy  tarkibini,  eritmaning  qovushqoqligi  va  ulardagi 
uchuvchi  komponentlarning  miqdorini,  shuningdek,  ularning  kelajakdagi 
xossalarining  har  xilligini  ta‟minlaydi.  Jinslar  tarkibining,  strukturasining  va 
teksturasining  shakllanishida  kristallashuv  jarayonlari  katta  ahamiyatga  ega. 
Magmani  yerning  yuqorigi  qismiga  chiqish  uchun  ko„tarilishida  va  yer  yuzasiga 
quyilib  yoyilguncha,  unda  termodinamik  sharoit  o„zgaradi:  bosim  kamayadi, 


167
 
 
harorat  pasayadi,  flyuidlarning  yo„qolishi  natijasida  eritmaning  qovushqoqligi 
oshadi.  Birlamchi  kristallar  hosil  bo„la  boshlaydi.  Odatda  bular  yuqori  haroratli 
minerallar bo„ladi. 
Yerning  chuqur  hududlarida  hosil  bo„lgan  yuqori  haroratli  minerallar, 
magmaning  yuqoriga  ko„tarilishi  bilan  boshqa  termodinamik  holatga  tushib 
qolganidan  so„ng,  yer  yuzasida  hosil  bo„lgan  past  haroratlilarga  nisbatan 
mustahkamligini yo„qota boshlaydi va ikkilamchi o„zgarishga yengil uchraydi.  
Magma o„zining harakati davomida atrofidagi jinslarga aralashadi, natijada 
ularning  kimyoviy  tarkibi  o„zgaradi.  Jinslarda  kristallarni  o„lchamini  kamay-
tiruvchi  qo„shimcha  kristallashuv  markazi  hosil  bo„ladi,  mineral  birikmalarning 
umuman boshqa turlari hosil bo„ladi. Shunday qilib, uzoq vaqt kristallashuv tartibi 
saqlanib  qolsa  ham,  har  xil  tarkibli,  strukturali  va  teksturali,  fizik-mexanik 
xossalari juda o„zgargan tog„ jinslarining yangi oilasi shakllanadi. 
Yer yuzasiga chiqib qotgan magma suvli, shuningdek havoli muhitga tushib 
qolishi mumkin, bu holat uning strukturasi va teksturasida  ma‟lum o„zgarishlarga 
olib  keladi.  Suv  osti  qotishida,  eritmaning  suv  bilan  o„zaro  ta‟sirlanishida,  ko„p 
miqdorda  suv  bug„i  hosil  bo„ladi,  havo  sharchasi  kabi  tekstura  shakllanadi.  Tog„ 
jinsining  suvda  tez  sovishi  bilan,  yuqori  kuchlanish  natijasida,  minerallar, 
shuningdek lava oqimi ichida yoriqliklar hosil bo„ladi. Lavaning yuzada qotishida 
oqim  ustida,  gazlarning  tashqariga  chiqishiga  qarshilik  qiladigan,  qizigan  qobiq 
deb ataluvchilar hosil bo„ladi. Buning natijasida oqim yuzasida juda ko„p miqdorda 
g„ovakligi  bo„lgan  va  o„zining  xossalari  bilan  oqim  o„rtasida  hosil  bo„ladigan 
jinsga  nisbatan  farqlanuvchi  jinslar  hosil  bo„ladi.  Ma‟lumki,  oqib  chiqib  qotgan 
jinslar yomon kristallashadi va ko„pincha unda shisha hosil bo„ladi. Ammo qalin 
effuziv qatlamning so„vish jarayoni sekin kechadigan markaziy qismida, gipabissal 
genezisliga o„xshash, to„liq kristallashgan strukturali jinslar hosil bo„ladi. 
Hamma  magmatik  jinslar  ularni  qurilishda  ishlatilishi  bo„yicha  ko„pgina 
umumiy  o„xshashlikka  ega  bo„ladi.  Bu  fizik-mexanik  xossalarning  umumiy 
o„xshashligi  mineral  zarralar  orasidagi  mustahkam  strukturali  bog„lanish  bilan 
belgilanadi.  Magmatik  jinslar  muhandis  amaliyotida  ma‟lum  bo„lgan  yukdan  bir 


168
 
 
necha  baravar  katta  bo„lgan  yuqori  mustahkamlikka  ega,  suvda  yerimaydi,  faqat 
yoriqlaridan  suv  o„tadi.  Ammo  magmatitlarning  fizik-mexanik  ko„rsatkichlari 
yuqori bo„lsa ham, bu jins tarkibi va tuzilishiga qarab ko„p o„zgarishlari mumkin. 
Magmatik  tog„  jinslarida  ularning  zichligiga  ta‟siri  mufassal  o„rganilgan. 
4.2-rasmda  intruziv  va  effuziv  jinslar  zichligini  ularning  kimyoviy-mineral 
tarkibiga  bog„liqligi  ko„rsatilgan.  Intruziv  jinslar  ichida  eng  kichik  zichlik 
granitlarda  (ρ=2,57  g/sm
3
)  bo„ladi.  Intruziv  tog„  jinsining  asosligi  oshishi  bilan 
zichligi  ham  oshib  boradi;  uning  o„rtacha  qiymati  granodioritlarda  –  2,7  g/sm
3

kvarsli  dioritda  –  2,75,  dioritlarda  –  2,80,  gabbroda  –  2,95,  serpentinlashgan 
giperbazitlarda  –  3,0,  piroksenlarda  –  3,20,  peridotitlarda  –  3,27  g/sm
3
.  Xuddi 
shunday o„zgarishning tendensiyasi effuziv tog„ jinslarida ham kuzatiladi: nordon 
tarkibli  jinslar  uchun  (liparit)  o„rtacha  zichlik  2,35  g/sm
3
  teng,  o„rtacha  tarkibli 
jinslar  (andizitlar)  uchun  –  2,50,  asoslar  (bazaltlar)  uchun  –  2,54  g/sm
3

Paleoturdagi effuziv jinslar yuqori zichlikka ega bo„ladilar: 2,60 g/sm

dan (kvarsli 
porfirlardan)  2,85  gacha  (diabazlarda).  Ta‟kidlash  joizki,  effuziv  jinslar  bir  xil 
kimyoviy tarkibda doimo intruzivlarga nisbatan kam zichlikka ega bo„ladi.  
 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish