A. D. Kayumov gruntshunoslik


-rasm.To‘ldiruvchisi bilan birgalikda graviy-qumli donalarning tarqalish



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

4.5-rasm.To‘ldiruvchisi bilan birgalikda graviy-qumli donalarning tarqalish 
egrisi. 
 
Yirik  donali  gruntlarning  kimyoviy-mineral  tarkibi  asosan  yuviladigan  tog„ 
jinslari tavsifi va tumanning iqlim sharoiti, shuningdek qatlamning yotish sharoiti 
bilan  belgilanadi.  Bu  omillarning  birinchisi  umuman  yirik  donali  gruntlarning 
petrografik tarkibini aniqlaydi, ikkinchisi – gruntlarning sho„rlanish darajasi, rN va 
ko„pincha yirik donalarning nurashi bilan belgilandi.  
To„ldiruvchisi  bo„lmagan  yirik  donali  gruntlar  hamma  tumanlarda 
sho„rlanmagan  hisoblanadi.  O„zbekiston  sharoitida  qumli,  qumli-gilli  va  gilli 
to„ldiruvchilari bo„lgan yirik donali gruntlarda oddiy tuzlar ko„p miqdorda bo„lishi 
mumkin.  Agar  yengil-  va  o„rta  eruvchi  tuzlarning  miqdori  yeg„indisi  havodagi 
quruq  gruntning  massasiga  nisbatan  2%  ga  teng  yoki  ko„p  bo„lsa,  shuningdek 
qumli  to„ldiruvchisi  40%  dan  kam  bo„lgan  yoki  30%  gilli  bo„lgan  yirik  donali 
gruntlar  (ShNK  II-15-07  ga  asosan)  sho„rlanganlarga  taalluqli  bo„ladi.  Agar 
to„ldiruvchi qumli va uning miqdori 40% dan ortiq bo„lsa, unda sho„rlangan grunt 
darajasiga taalluqli bo„lishi uchun tuz miqdori 0,5% va undan ko„p bo„lishi kerak. 
Agar  faqat  miqdori  30%  bo„lgan  gilli  to„ldiruvchi  bo„lsa,  yengil-  va  o„rtacha 
eriydigan tuzlar miqdori sho„rlangan yirik donali gruntlarda 5% gacha ortadi.  
Ta‟kidlash kerakki, tarkibida 10% dan ko„p qum-gil zarralari bo„lgan yirik 
donali  gruntlar  nurash  jarayoniga  uchrasa,  ularni  nurash  darajasi  bo„yicha 
tavsiflash  kerak.  Agar  nurash  koeffitsiyenti  0,5  dan  oshmasa,  unda  yirik  donali 
gruntlar  nuramaydiganlarga  taalluqli  bo„ladi;  agar  u  0,5  dan  0,75  gacha  o„zgarsa 


180
 
 
gruntlar  bo„sh  nuraydigan  bo„ladi.  Kuchli  nuraydiganlarga  nurash  koeffitsiyenti 
0,75-1 bo„lgan yirik donali gruntlar kiradi. 
Yirik  donali  gruntlarning  namligi  1-2  dan  25-30%  gacha,  ayrim  hollarda 
ulardan  yuqori  miqdorda  o„zgaradi.  Bu  holatda,  ko„pchilik  hollarda  gruntlarni 
skeletini  (juda  yirik  donali)  namligi  amalda  o„zgarmas  va  juda  kichik  miqdorda 
bo„ladi. Shuning uchun yirik donali gruntlarning namligini (namligi) to„ldiruvchisi 
bo„lmagan  gruntlarda  g„ovakliklarning  suv  bilan  to„lish  darajasi  yoki  qumli-gilli 
to„ldiruvchilarning namligi bilan aniqlanadi.  
Yirik  donali  gruntlarning  namlik  darajasi  ham  keng  miqdorda  o„zgaradi. 
Kam namli gruntlarda namlik darajasi 0,5 dan oshmaydi, namlilarda  – 0,5 dan 0,8 
gacha o„zgaradi, nam shimganlarda – u 0,8 dan katta bo„ladi.  
Donalarning  shakli,  ularning  yuzasi  tavsifi  va  silliqlanish  darajasi  kerakli 
darajada  xilma  xildir  va  asosan  genezisdan  va  materialniтп  transportirovka 
qilinishida  qayta  ishlanish  davomiyligiga  bog„liq  bo„ladi.  Allyuvial  va  dengiz 
genezisli  yirik  donali  gruntlar,  odatda  yaxshi  silliqlangan  bo„ladi.  Suv-muzli  va 
ayniqsa muzli yirik donali gruntlar nisbatan kam silliqlanishga ega. Elyuvial yirik 
donali gruntlar umuman silliqlanmagan bo„ladi.  
Yirik donali jinslarning qattiq zarralari zichligi ko„pincha 2,65-2,70 g/sm
3
 ga 
teng  bo„ladi.  Guruntlarning  asosiy  va  ultra  asosiy  jinsli  donalari  yoki  ulardan 
to„ldiruvchi sifatida foydalanganda bu ko„rsatkich qiymati o„sadi va 3,0-3,3 g/sm
3
 
ga yetishi mumkin. 
Yirik  donali gruntlarning  skeleti  zichligi keng  miqdorda o„zgaradi. Galech-
nikli va graviyli gruntlarda, ko„p miqdorda to„ldiruvchisi bo„lmaganda, zichlikning 
qiymati  1,65-1,90  g/sm
3
  yetishi  mumkin.  G„ovakliklarida  qumli  va  gilli 
to„ldiruvchisi  bo„lganda,  bu  ko„rsatkich  qiymati  ko„pincha  2,0  g/sm
3
  va  2,15-2,0 
g/sm
3
  oralig„ida  bo„ladi.  Yirik  donali  gruntlarning  g„ovakligi  odatda  40%  dan 
oshmaydi. G„ovakliklarida zichlashgan to„ldiruvchi bo„lsa u kam hollarda 25-30% 
ga  kamayishi  mumkin.  Yirik  donali  gruntlarni  boshqa  gruntlardan  farqlovchi 
xususiyati – ularning yuqori suv o„tkazuvchanligidir. Toza xarsanglarda filtratsiya 
koeffitsiyenti  yuzlab  metr  sutkani  tashkil  qiladi,  ayrim  hollarda,  allyuvial 


181
 
 
yotqiziqlarda  ming  metr/sutkani  tashkil  qilish  mumkin.  Yirik  donali  gruntlarda 
qumli to„ldiruvchisi bo„lsa uning suv o„tkazuvchanligi kamayadi. Agar to„ldiruvchi 
gillar bo„lsa, ularning suv o„tkazuvchanligi sezilarli darajada kamayadi. 
Yirik  donali  elyuvial  gruntlarning  yonga  kengayish  koeffitsiyenti  qiymati 
(Puasson) 0,20-0,33 ga teng bo„ladi. Donalar nurash koeffitsiyenti 0,5 dan 2 gacha 
oralig„da u qonuniy o„zgaradi.  

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish