Mintaqada ko‘mir zaxiralari.
O‘zbekiston
qidirib topilgan ko‗mirning
1900 mln. tonna miqdoridagi zaxiralariga egadir, shu jumladan qo‗ng‗ir
ko‘mir zaxiralari
1853 mln. tonnani tashkil etadi.
Surxondaryo viloyatidagi Shargun ko‗mir konida yillik ko‗mir qazib
olish hajmi bugungi 150 ming tonnadan 900 ming tonnaga etkazilishi
rejalashtirilmoqda.
Xitoyning China Railway Tunnel Group kompaniyasi ushbu loyihani
amalga oshirishga kirishdi. Xitoylik mutaxassislar umumiy uzunligi 1,5
ming kilometr bo‗lgan eski ko‗mir shaxtalarini qayta tiklash hamda 2,2 km
yangi tunnellar qazish hisobidan qo‗shimcha miqdorda xom-ashyo qazib
olishni rejalashtirishgan.
Loyihaning umumiy qiymati 105,5 million dollarni tashkil qiladi.
Tayyorlov
ishlari
2020
yilning
birinchi
choragida
yakunlash
rejalashtirilgan. Shagunko‗mir mahsulotini tashish uchun 20 kilometrli
temiryo‗l quriladi va mavjud yo‗llar ta‘mirlanadi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‗ra, Shargun konida ko‗mir zaxiralari 33
million tonnadan ortiq. Bu respublikadagi eng boy kon hisoblanadi.
Bugungi kunda dunyoning yetakchi ko‗mir qazib oluvchi mamlakatlari
107
Xitoy, AQSH, Hindiston, Germaniya, Rossiya va Ukraina hisoblanadi.
O‗zbekiston ham yaqin yillarda ushbu ro‗yxatdan joy olishni rejalashtirgan.
«O‗zbekneftgaz» sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlar.
1997 yilda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi «Technip»
(Frantsiya), Marubeni, «Djey Dji-Si» (Yaponiya) kompaniyalari bilan
hamkorlik yo‗lga qo‗yildi.
1999 yilda ular Xayzhobod yer osti gaz omborini «BSI Indastriez»
(AQSH)
kompaniyasi
bilan
birgalikda
Dresser-Rend
(AQSH)
kompressorlari yordamida ishlatishdi.
Sho‗rtan gaz-kimyo majmuasini qurish 2001 yilda «ABB Lummus
Global» (SShA), «Nisho Ivai» (Yaponiya), «ABB Soimi» (Italiya)
kompaniyalari yordamida amalga oshirildi.
Sho‗rtan konidagi injiniring kompaniyasi Beitman (Isroil) bilan
birgalikda kompressor stantsiyasini qurish loyihasi 2003 yilda tugallangan
va foydalanishga topshirilgan.
Ko‗kdumaloq konida joylashgan Dresser-Rend birliklari (AQSH) bilan
kompressor stantsiyasi 1997 yilda qurilib ishga tushirildi. Ushbu loyihani
amalga oshirish respublika uchun neft va gaz sohasini rivojlantirishda
muhim qadam bo‗ldi. Ushbu loyihani Kellogg (AKSX) xorijiy
kompaniyalari bilan birgalikda amalga oshirgandan so‗ng, Nisho Ivai
(Yaponiya) xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni boshladi.
2000 yilda Mitsui kompaniyalari (Yaponiya) va Toyo Engineering
(Yaponiya) bilan hamkorlikda yuqori sifatli neft mahsulotlari ishlab
chiqarishni kengaytirish maqsadida Farg‗ona neftni qayta ishlash zavodi
rekonstruksiya qilindi.
«O‗zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi Rossiyaning «Lukoyl»
va «Gazprom» kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‗lga qo‗ydi. Ushbu
kompaniya Toshkentdagi Inha universiteti, Neft va gaz bo‗yicha I. Gubkin
nomidagi Rossiya davlat universiteti rasmiy homiysidir.
2004 yilda «Lukoyl» kompaniyasining investitsion jamiyati va
«O‗zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi Qandim konlari guruhida,
Xauzak va Shodi uchastkasida, shuningdek Qo‗ng‗irot uchastkasining yirik
loyihasini 35 yil davomida ishlab chiqarishni taqsimlash to‗g‗risidagi bitim
(PSA) imzoladi.
2002 yil oxirida «Gazprom» va «O‗zbekneftgaz» MXK o‗rtasida
strategik hamkorlik to‗g‗risida bitim imzolangan bo‗lib, uning maqsadi
kompaniyalar o‗rtasidagi hamkorlikni kengaytirishdir.
108
Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi «Gazprom» ga «Shoxpaxti»
konida qazib olinadigan gaz zaxiralarini saqlash va rivojlantirishdan hamda
O‗zbekiston Respublikasi neft va gaz sektorida o‗z faoliyatini yanada
rivojlantirishni boshlashga imkoniyat yaratdi. «Shaxpaxta konini
qo‗shimcha
ravishda rivojlantirish», «O‗zbekneftegaz» MXK va
«Zarubezneftegaz» QK, «Gazprom» OAJ va «Gas Project Development
Central Asia AG» (Shveytsariya) kompaniyalari kelishuv bitimlari
imzolandi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 30 avgustdagi
«Orolbo‗yining o‗zbek qismini geologik jihatdan o‗rganish to‗g‗risida» gi
Farmoniga muvofiq Mahsulotni taqsimlash to‗g‗risidagi bitim shartlariga
muvofiq yangi ochilgan uglevodorod konlarini keyinchalik rivojlantirish,
O‗zbekiston Respublikasining «Orol dengizining O‗zbekiston qismini
taqsimlash to‗g‗risidagi bitimni imzolash to‗g‗risida»gi 2007 yil 30
yanvarda
kuchga
kirgan
CNPC
(KNR),
KNOC(Koreya),
LUKOILOverseasHoldingLtd (RF), PETRONAS Carigali Overseas
SDNBHD ( (Malayziya) va «O‗zbekneftgaz» milliy xolding
kompaniyasida investorlar konsortsiumi kelishuvi imzolandi.
Ushbu loyiha Sho‗rtan gaz-kimyo majmuasidan tozalangan metan
asosida sintetik suyuq yoqilg‗ilarni ishlab chiqarishga qaratildi. Loyihaning
umumiy qiymati 3,985 mln.dollarni tashkil etadi, loyihaning o‗rtacha yillik
quvvati 863 ming tonna dizel yoqilg‗isi, 304 ming tonna kerosin, 393 ming
tonna nafta, 11 ming tonna suyultirilgan gazni tashkil etadi. Ushbu loyiha
Sasol (Janubiy Afrika) va Petronas (Malayziya) bilan birgalikda amalga
oshiriladi.
Muborak gazni qayta ishlash zavodida gaz-kimyo majmuasi qurildi.
Ushbu loyihaning qiymati 2 mlrd. dollarga baholanadi va rejalashtirilgan
ishlab chiqarish quvvati 492 ming polietilen, 66 ming tonna gaz kondensati
va 53 ming tonna pirobenzen kabi mahsulot turlarini tashkil etadi.
Dunyodagi eng yirik tabiiy gaz zaxiralari mavjud davlatlarni ko‗rib
chiqadigan bo‗lsak, Rossiya (Urengoy koni, Gazprom jahon gaz
zaxirasining 17 foizini tashkil qiladi), Eron, Fors ko‗rfazi mamlakatlarining
aksariyati, AQSH, Kanada. Evropa mamlakatlari orasida - Norvegiya va
Niderlandiya. MDH respublikalari orasida Turkmaniston katta gaz
zaxiralariga ega va shu jumladan Ozarbayjon, O‗zbekiston va Qozog‗iston
kiritiladi. Ko‗rinib turibdiki mamlakatimiz eng ko‗p tabiiy gaz zaxiralari
mavjudligi bo‗yicha kuchli 10 talik qatorida.
109
Shuning bilan birga ushbu sohalarda yyechimini kutayotgan
muammolar mavjud. Xususan, mintaqada 2006 yildan 2016 yilgacha neft
ishlab chiqarish hajmi ikki baravar kamaydi. Agarda 2006 yilda 5.4 mln.
tonna neft qazib olingan bo‗lsa 2017 yilda bu ko‗rsatkich 2.4 mln. tonna
atrofida bo‗lmoqda. Yuqori qayd etib o‗tilgan neft va gaz sohasidagi
hamkorliklar bu boradagi ishlarni yangi boqichga ko‗taradi.
Mamlakatimizda
mavjud
xom-ashyo
resrurslaridan
samarali
foydalnishni yo‗lga qo‗yishga alohida e‘tibor qaratilayotganini yana bir
misolada yaqqol ko‗rish mumkin. Xususan, O‗zbekistonda ilk bor temir
rudasi qazib olinishi yo‗lga qo‗yiladi. «Kelgusi yilda nafaqat
Qoraqalpog‗iston, balki butun mamlakat iqtisodiyotida ulkan rivojlanishni
ta‘minlaydigan yirik loyiha amalga oshiriladi. Ya‘ni, Tebinbuloq konini
o‗zlashtirib, mamlakatimizda birinchi marta temir rudasi qazib olishni
ko‗zda tutadigan, qiymati 810 million dollarga teng bo‗lgan loyiha
bajariladi», — deb ta‘kidladi davlat rahbari
25
.
Bu loyihaning ikkinchi bosqichini ishga tushirish uchun 940 million
dollar sarmoya kiritiladi. Natijada 2021 yildan boshlab bu erda yiliga
1 million tonna po‗lat ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‗ladi.
Yuqorida qayd etilgan yutuqlar bilan birga ayrim sohalarda tizimli
muammo va kamchiliklar mavjud. Xususan, neft va gaz kondensati qazish,
suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo‗yicha zaxiralar etarli darajada oshirib
borilmaganligi, geologiya-qidiruv jarayonidagi burg‗ilash hajmi bo‗yicha
prognoz ko‗rsatkichlari bajarilmasligi oqibatida zaxirani yanada oshirish
imkoniyatlaridan etarlicha foydalanimayotganligi, tabiiy gaz qazish
quvvatlari hamda tarqatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ta‘mirlash
ishlari ham etarli darajada emasligi oqibatida gaz qazib olishdan boshlab,
uni iste‘molchiga yetkazib berguncha ushbu tabiiy boylikning 6 foizi
atrofida yo‗qotishlar mavjud.
Qayd etilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mamlakatimizda
Neft-gaz sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab
chiqish, «O‗zbekneftgaz» aktsiyadorlik jamiyatining kredit reytingini
aniqlash ishlarini jadallashtirish bo‗yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |