A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

Mintaqada ko‘mir zaxiralari. 
O‘zbekiston 
qidirib topilgan ko‗mirning 
1900 mln. tonna miqdoridagi zaxiralariga egadir, shu jumladan qo‗ng‗ir 
ko‘mir zaxiralari
1853 mln. tonnani tashkil etadi. 
Surxondaryo viloyatidagi Shargun ko‗mir konida yillik ko‗mir qazib 
olish hajmi bugungi 150 ming tonnadan 900 ming tonnaga etkazilishi 
rejalashtirilmoqda. 
Xitoyning China Railway Tunnel Group kompaniyasi ushbu loyihani 
amalga oshirishga kirishdi. Xitoylik mutaxassislar umumiy uzunligi 1,5 
ming kilometr bo‗lgan eski ko‗mir shaxtalarini qayta tiklash hamda 2,2 km 
yangi tunnellar qazish hisobidan qo‗shimcha miqdorda xom-ashyo qazib 
olishni rejalashtirishgan. 
Loyihaning umumiy qiymati 105,5 million dollarni tashkil qiladi. 
Tayyorlov 
ishlari 
2020 
yilning 
birinchi 
choragida 
yakunlash 
rejalashtirilgan. Shagunko‗mir mahsulotini tashish uchun 20 kilometrli 
temiryo‗l quriladi va mavjud yo‗llar ta‘mirlanadi. 
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‗ra, Shargun konida ko‗mir zaxiralari 33 
million tonnadan ortiq. Bu respublikadagi eng boy kon hisoblanadi. 
Bugungi kunda dunyoning yetakchi ko‗mir qazib oluvchi mamlakatlari 


107
Xitoy, AQSH, Hindiston, Germaniya, Rossiya va Ukraina hisoblanadi. 
O‗zbekiston ham yaqin yillarda ushbu ro‗yxatdan joy olishni rejalashtirgan. 
«O‗zbekneftgaz» sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
islohotlar.
1997 yilda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi «Technip» 
(Frantsiya), Marubeni, «Djey Dji-Si» (Yaponiya) kompaniyalari bilan 
hamkorlik yo‗lga qo‗yildi.
1999 yilda ular Xayzhobod yer osti gaz omborini «BSI Indastriez» 
(AQSH) 
kompaniyasi 
bilan 
birgalikda 
Dresser-Rend 
(AQSH) 
kompressorlari yordamida ishlatishdi.
Sho‗rtan gaz-kimyo majmuasini qurish 2001 yilda «ABB Lummus 
Global» (SShA), «Nisho Ivai» (Yaponiya), «ABB Soimi» (Italiya) 
kompaniyalari yordamida amalga oshirildi.
Sho‗rtan konidagi injiniring kompaniyasi Beitman (Isroil) bilan 
birgalikda kompressor stantsiyasini qurish loyihasi 2003 yilda tugallangan 
va foydalanishga topshirilgan.
Ko‗kdumaloq konida joylashgan Dresser-Rend birliklari (AQSH) bilan 
kompressor stantsiyasi 1997 yilda qurilib ishga tushirildi. Ushbu loyihani 
amalga oshirish respublika uchun neft va gaz sohasini rivojlantirishda 
muhim qadam bo‗ldi. Ushbu loyihani Kellogg (AKSX) xorijiy 
kompaniyalari bilan birgalikda amalga oshirgandan so‗ng, Nisho Ivai 
(Yaponiya) xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni boshladi. 
2000 yilda Mitsui kompaniyalari (Yaponiya) va Toyo Engineering 
(Yaponiya) bilan hamkorlikda yuqori sifatli neft mahsulotlari ishlab 
chiqarishni kengaytirish maqsadida Farg‗ona neftni qayta ishlash zavodi 
rekonstruksiya qilindi.
«O‗zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi Rossiyaning «Lukoyl» 
va «Gazprom» kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‗lga qo‗ydi. Ushbu 
kompaniya Toshkentdagi Inha universiteti, Neft va gaz bo‗yicha I. Gubkin 
nomidagi Rossiya davlat universiteti rasmiy homiysidir. 
2004 yilda «Lukoyl» kompaniyasining investitsion jamiyati va 
«O‗zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi Qandim konlari guruhida, 
Xauzak va Shodi uchastkasida, shuningdek Qo‗ng‗irot uchastkasining yirik 
loyihasini 35 yil davomida ishlab chiqarishni taqsimlash to‗g‗risidagi bitim 
(PSA) imzoladi.
2002 yil oxirida «Gazprom» va «O‗zbekneftgaz» MXK o‗rtasida 
strategik hamkorlik to‗g‗risida bitim imzolangan bo‗lib, uning maqsadi 
kompaniyalar o‗rtasidagi hamkorlikni kengaytirishdir.


108
Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi «Gazprom» ga «Shoxpaxti» 
konida qazib olinadigan gaz zaxiralarini saqlash va rivojlantirishdan hamda 
O‗zbekiston Respublikasi neft va gaz sektorida o‗z faoliyatini yanada 
rivojlantirishni boshlashga imkoniyat yaratdi. «Shaxpaxta konini 
qo‗shimcha 
ravishda rivojlantirish», «O‗zbekneftegaz» MXK va 
«Zarubezneftegaz» QK, «Gazprom» OAJ va «Gas Project Development 
Central Asia AG» (Shveytsariya) kompaniyalari kelishuv bitimlari 
imzolandi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 30 avgustdagi 
«Orolbo‗yining o‗zbek qismini geologik jihatdan o‗rganish to‗g‗risida» gi 
Farmoniga muvofiq Mahsulotni taqsimlash to‗g‗risidagi bitim shartlariga 
muvofiq yangi ochilgan uglevodorod konlarini keyinchalik rivojlantirish, 
O‗zbekiston Respublikasining «Orol dengizining O‗zbekiston qismini 
taqsimlash to‗g‗risidagi bitimni imzolash to‗g‗risida»gi 2007 yil 30 
yanvarda 
kuchga 
kirgan 
CNPC 
(KNR), 
KNOC(Koreya), 
LUKOILOverseasHoldingLtd (RF), PETRONAS Carigali Overseas 
SDNBHD ( (Malayziya) va «O‗zbekneftgaz» milliy xolding 
kompaniyasida investorlar konsortsiumi kelishuvi imzolandi. 
Ushbu loyiha Sho‗rtan gaz-kimyo majmuasidan tozalangan metan 
asosida sintetik suyuq yoqilg‗ilarni ishlab chiqarishga qaratildi. Loyihaning 
umumiy qiymati 3,985 mln.dollarni tashkil etadi, loyihaning o‗rtacha yillik 
quvvati 863 ming tonna dizel yoqilg‗isi, 304 ming tonna kerosin, 393 ming 
tonna nafta, 11 ming tonna suyultirilgan gazni tashkil etadi. Ushbu loyiha 
Sasol (Janubiy Afrika) va Petronas (Malayziya) bilan birgalikda amalga 
oshiriladi. 
Muborak gazni qayta ishlash zavodida gaz-kimyo majmuasi qurildi. 
Ushbu loyihaning qiymati 2 mlrd. dollarga baholanadi va rejalashtirilgan 
ishlab chiqarish quvvati 492 ming polietilen, 66 ming tonna gaz kondensati 
va 53 ming tonna pirobenzen kabi mahsulot turlarini tashkil etadi. 
Dunyodagi eng yirik tabiiy gaz zaxiralari mavjud davlatlarni ko‗rib 
chiqadigan bo‗lsak, Rossiya (Urengoy koni, Gazprom jahon gaz 
zaxirasining 17 foizini tashkil qiladi), Eron, Fors ko‗rfazi mamlakatlarining 
aksariyati, AQSH, Kanada. Evropa mamlakatlari orasida - Norvegiya va 
Niderlandiya. MDH respublikalari orasida Turkmaniston katta gaz 
zaxiralariga ega va shu jumladan Ozarbayjon, O‗zbekiston va Qozog‗iston 
kiritiladi. Ko‗rinib turibdiki mamlakatimiz eng ko‗p tabiiy gaz zaxiralari 
mavjudligi bo‗yicha kuchli 10 talik qatorida. 


109
Shuning bilan birga ushbu sohalarda yyechimini kutayotgan 
muammolar mavjud. Xususan, mintaqada 2006 yildan 2016 yilgacha neft 
ishlab chiqarish hajmi ikki baravar kamaydi. Agarda 2006 yilda 5.4 mln. 
tonna neft qazib olingan bo‗lsa 2017 yilda bu ko‗rsatkich 2.4 mln. tonna 
atrofida bo‗lmoqda. Yuqori qayd etib o‗tilgan neft va gaz sohasidagi 
hamkorliklar bu boradagi ishlarni yangi boqichga ko‗taradi. 
Mamlakatimizda 
mavjud 
xom-ashyo 
resrurslaridan 
samarali 
foydalnishni yo‗lga qo‗yishga alohida e‘tibor qaratilayotganini yana bir 
misolada yaqqol ko‗rish mumkin. Xususan, O‗zbekistonda ilk bor temir 
rudasi qazib olinishi yo‗lga qo‗yiladi. «Kelgusi yilda nafaqat 
Qoraqalpog‗iston, balki butun mamlakat iqtisodiyotida ulkan rivojlanishni 
ta‘minlaydigan yirik loyiha amalga oshiriladi. Ya‘ni, Tebinbuloq konini 
o‗zlashtirib, mamlakatimizda birinchi marta temir rudasi qazib olishni 
ko‗zda tutadigan, qiymati 810 million dollarga teng bo‗lgan loyiha 
bajariladi», — deb ta‘kidladi davlat rahbari
25

Bu loyihaning ikkinchi bosqichini ishga tushirish uchun 940 million 
dollar sarmoya kiritiladi. Natijada 2021 yildan boshlab bu erda yiliga
1 million tonna po‗lat ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‗ladi. 
Yuqorida qayd etilgan yutuqlar bilan birga ayrim sohalarda tizimli 
muammo va kamchiliklar mavjud. Xususan, neft va gaz kondensati qazish, 
suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo‗yicha zaxiralar etarli darajada oshirib 
borilmaganligi, geologiya-qidiruv jarayonidagi burg‗ilash hajmi bo‗yicha 
prognoz ko‗rsatkichlari bajarilmasligi oqibatida zaxirani yanada oshirish 
imkoniyatlaridan etarlicha foydalanimayotganligi, tabiiy gaz qazish 
quvvatlari hamda tarqatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ta‘mirlash 
ishlari ham etarli darajada emasligi oqibatida gaz qazib olishdan boshlab, 
uni iste‘molchiga yetkazib berguncha ushbu tabiiy boylikning 6 foizi 
atrofida yo‗qotishlar mavjud. 
Qayd etilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mamlakatimizda 
Neft-gaz sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab 
chiqish, «O‗zbekneftgaz» aktsiyadorlik jamiyatining kredit reytingini 
aniqlash ishlarini jadallashtirish bo‗yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish