A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

 
Nazorat savollari: 
1. Tabiiy resurslar tushunchasi mazmuni va mohiyatini izohlab bering? 
2. O‗zbekistonning tabiiy - geografik sharoiti haqida bayon qiling? 
3. Mineral xom-ashyo resurslari tushunchasiga ta‘rif bering? 
4. Mineral xom-ashyo resurslarini iqtisodiy ahamiyati nimada? 
5. O‗zbekistonda oltin, uran, mis, ko‗mir zaxiralari va uni qazib olish 
ko‗rsatkichlari va iqtisodiy ahamiyatini baholang? 
6. O‗zbekistonda net va gaz zaxirasi va uni qazib olish yuzasidan 
amalga oshirilayotga islohotlar to‗g‗risida nimalarni bilasiz? 


111
5-MAVZU. MINTAQALAR AHOLISI VA MEHNAT 
RESURSLARI 
Reja: 
5.1. Aholining tabiiy o‗sishning asosiy omillari. Aholining o‗sish 
dinamikasi va demografik tendentsiyalar. 
5.2. Mintaqada mehnat bozori. Mehnat bozorini tartibga 
solishning xududiy asoslari, aholi bandligi va uni takomillashtirish 
yo‗llari. 
5.3. Mintaqada mehnat resurslaridan samarali foydalanish yo‗llari 
5.4. Xalqaro mehnat resurslarining o‗ziga xos xusuciyatlari
5.5. Mintaqa iqtisodiyotida mehnat resurslari mobilligi 
 
Tayanch tushuncha va iboralar: 
aholi, aholining tabiiy o‗sishi, aholi 
zichligi,
 
demografiya,
 
demografik vaziyat, demografik tendentsiyalar, 
demografik omillar, demografik xususiyatlar, hududiy demografik o‗sish,
 
mehnat bozori, bozor iqtisodiyoti, bandlik, ishsizlik, mehnat resurslari, 
ishchi kuchi, mehnat resurslari balansi, mehnat migiratsiyasi, ish haqi, 
mehnat resurslari mobilligi.
 
5.1. Aholining tabiiy o‗sishning asosiy omillari. Aholining o‗sish 
dinamikasi va demografik tendentsiyalar 
O‗zbekiston geografik jihatdan Markaziy Osiyo mintaqasining 
markazida joylashgan bo‗lib, umumiy maydoni 448,97 kv.km.ni tashkil 
etadi. Hozir respublikamiz aholisi soni 2019 yil 1 aprel holatiga 33 mln 375,8 
ming kishini tashkil etib, 2019 yil boshidan 120,3 ming kishiga yoki 0,4 foizga 
o‗sdi. 
1897-yilda O‗zbekiston hududida atigi 3,9 mln. kishi yashar edi, ya‘ni 
o‗tgan 100 yildan sal ko‗proq vaqt mobaynida bu erda aholi 6,3 baravar 
ko‗paydi. XX asrda O‗zbekiston aholisining soni bir tekis oshgani yo‗q. 
Uning dastlab ikki hissa ko‗payishi salkam 60 yil davomida, keyingi ikki 
hissa ko‗payishi esa 20 yil ichida ro‗y berdi. Respublika aholisi 2018 
yilning oxiriga kelib, 1980-yildagiga nisbatan 2 baravar ko‗paydi.
Aholining ko‗payishi bilan bir qatorda respublika va uning hududlarida 
aholi zichligi ham oshib bormoqda. Xususan, yurtimizda har kv.km.ga 
1940 yilda 14,6 kishi to‗g‗ri kelgan bo‗lsa, 1991 yilda bu ko‗rsatkich 46,3 


112
kishi, 2010 yilda 64,9 kishidan iborat bo‗lgan. 2019 yilda bu ko‗rsatkich 
74,1 kishini tashkil etdi (1940 yilga nisbatan deyarli 5 baravar oshgan). 
Ayni paytda O‗zbekistonning 14 ta hududidan 10 tasida aholi zich 
joylashgan bo‗lib, ularning umumiy maydoni butun respublika hududining 
to‗rtdan bir qismini tashkil etadi. Aholisi uncha zich bo‗lmagan to‗rtta 
ma‘muriy-hududiy birlik bo‗lib, ular Qoraqalpog‗iston Respublikasi, 
Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlari hisoblanib, respublika hududining 
qolgan to‗rtdan uch qismini egallagan (5.1-jadval).

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish