5.1-chizma. O‗zbekistonda aholi sonining o‗sish dinamikasi (yil
oxiriga, ming kishi).
114
Aholi soni jinsiy tarkibi bo‗yicha respublikamizda har 1000 nafar
erkakka 997 nafar ayol to‗g‗ri keladi (5.2-chizma). Bu ko‗rsatkich
dinamikasi bo‗yicha oxirgi yillarda barqaror mutanosiblik kuzatilmoqda.
5.2-chizma. O‗zbekistonda doimiy aholi umumiy sonida ayollar va
erkaklarning nisbati (foizda).
Umumiy holda aytish mumkin, dunyo bo‗yicha erkaklar soni
ayollarnikidan ko‗p. Gapni biologiya tili bilan tushuntirib ko‗raylik. Ayrim
jinsli organizmlarda (odam ham ayrim jinsli organizm) Fisher tamoyiliga
ko‗ra qoida bo‗yicha jinslar nisbati 1:1 ga teng bo‗ladi. Lekin amalda o‗g‗il
va qiz chaqaloqlarning tug‗ilish nisbati juda oz nisbatlarda farq qiladi.
AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) ning 2014-yilgi
ma‘lumotiga ko‗ra butun dunyo bo‗yicha tug‗ilish ko‗rsatkichi bo‗yicha
100 ta qiz bolaga 107 ta o‗g‗il bola to‗g‗ri kelgan. 2017-yilda butun
dunyoda 100 ta ayolga 102 ta erkak to‗g‗ri kelishi qayd etilgan.
Ushbu raqamlarni davlatlar kesimida ko‗rilsa yanada yuqori
ko‗rsatkichlar kelib chiqishiga guvoh bo‗lish mumkin. Masalan, Xitoyda
o‗tgan asrda «Bir oila - bir farzand» demografik siyosati sabab o‗g‗il va qiz
bolalarning soni orasida sezilarli darajada tafovut yuzaga kelgan. Jumladan,
ushbu davlatda 100 ta qiz bola chaqaloqqa 115 ta o‗g‗il bola chaqaloq
to‗g‗ri kelgan va bu dunyodagi eng yuqori ko‗rsatkich hisoblanadi.
Hindistonda bu ko‗rsatkich 100:112, Armanistonda 100:113, Vetnam va
Ozarbayjonda 100:111, Albaniyada 100:110 ni tashkil etadi.
O‗zbekistonda esa 100 ta qiz bola chaqaloqqa 106 ta o‗g‗il bola
chaqaloq to‗g‗ri keladi. 2016 yilgi ma‘lumotga ko‗ra butun dunyoda
115
Qozog‗istonni hisobga olmaganda (Qozog‗istonda shu yili 100 ta qiz bola
chaqaloqqa 94 ta o‗g‗il bola chaqaloq to‗g‗ri kelgan) barcha davlatlarda
o‗g‗il bola chaqaloqlar qiz bola chaqaloqlarga nisbatan ko‗p tug‗ilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasi ma‘lumotlariga
ko‗ra 2017 yilda butun Respublikasida 715 519 ta chaqaloq tug‗ilgan
bo‗lib, 100 ta qiz bolaga 108,5 ta o‗g‗il bola to‗g‗ri kelgan. Yosh davomida
o‗zgarib boradigan jinslar nisbatiga e‘tibor beradigan bo‗lsak ham
O‗zbekistonda ayollar va erkaklar o‗rtasida keskin tavofutni uchratmaymiz.
Jumaladan, 0-14 yosh oralig‗ida 100 ta qizga 105 ta o‗g‗il bola, 15-24 yosh
oralig‗ida esa 103 ta, 25-54 yosh oralig‗ida esa 99 ta, 55-64 yosh oralig‗ida
90 va 65 yoshdan katta yoshlilar orasida 74 ta erkak to‗g‗ri kelishini
ko‗rish mumkin.
Yuqoridagi kichik tahlildan kelib chiqib aytish mumkinki, jamiyatda
ayollar erkaklarga nisbatan ko‗payib ketgani yo‗q,
Xitoy va Hindiston kabi aholisi Yer shari aholisining 35 foizini tashkil
etuvchi mamlakatlarda umumiy holda erkaklar soni ayollarnikidan ko‗p.
Xitoylik mutaxassislarning fikricha 2030-yilga borib Xitoyda 30 mln
ortiqcha balog‗atga etgan erkak kishi bo‗lar ekan. Bu esa o‗z navbatida
juda ko‗plab ijtimoiy va demografik muammolarni keltirib chiqaradi. Shu
bois Xitoy hukumati «Bir oila - bir farzand» siyosatidan chekinishni
ma‘qul ko‗rdi.
Respublikamiz aholisi sonining hududlararo taqsimlanishida ham
sezilarli o‗zgarishlar kuzatilmoqda. Ma‘lumotlarga ko‗ra hozirgi davrda
eng ko‗p aholi soni Farg‗ona vodiysi (Andijon, Farg‗ona, Namangan)
mintaqasi (28,6 foiz) va Zarafshon vodiysi (Samarqand, Navoiy, Buxoro)
mintaqasiga (19,8 foiz) to‗g‗ri keladi. Qashqadaryo va Surxondaryo
vohalari mintaqasiga – 17,3 foiz, Toshkent viloyati va Toshkent shahriga –
16,5 foiz, Qoraqalpog‗iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga – 11,2 foiz,
Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga – 6,6 foiz aholi hissasi to‗g‗ri keldi (5.2-
jadval).
Bu vaziyatda aholini mehnat bilan bandlik darajasini oshirish va
mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanish maqsadida ichki va
tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlari bo‗yicha maqsadli davlat
dasturlarini tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Ushbu dasturlarda mavjud
mehnat resurslarini hududlardagi innovatsion rivojlanish istiqbollariga
munosib qayta taqsimlash, shu borada ichki migratsiyaga jalb qilingan yosh
116
oilalar uchun imtiyozli uy-joy qurilishi va hududlarda yangi ijtimoiy
infratuzilmalarni barpo etishni taqozo etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |