Tuproq eroziyasi.
O‗zbekiston hududi tabiiy-iqlim sharoitiga ko‗ra
cho‗llanish va tuproqning anchagina emirilish jarayonlariga uchragan.
O‗zbekiston hududidagi eng jiddiy ekologik muammolar quyidagilar:
tuproqning sho‗rlanishi,
eol va suv eroziyasi
, yaylovlarda em-xashak
mahsuldorligining pasayishi, o‗rmonsizlanish va boshqalar.
Tuproq eroziyasi – agrotizimning asosiy muammolaridan bo‗lib,
tuproqning ifloslantiruvchilari uchun bufer va filtr bo‗lib xizmat qilish,
yashash muhitini ta‘minlash qobiliyati va bioxilma xillikni ushlab turish
kabi funktsiyasiga jiddiy ta‘sir qiladi. Tuproq eroziyasi deganda
vaqtinchalik suv oqimi yoki shamol bilan tuproqning ustki qismini uzib
olish, ko‗chirish va qatlam hosil qilish kabi o‗zaro bog‗liq bo‗lgan
jarayonlar yig‗indisi tushuniladi. Shuning uchun eroziyaning ikkita turi
farqlanadi: suv va eol.
Eol eroziya (shamol eroziyasi, deflyatsiya) – dinamik jismoniy jarayon
bo‗lib, tuproq buzilishiga olib keladi, yumshoq, qurib ketgan, bo‗shab
qolgan yer ustidan kuchli shamol o‗tganda yuzaga keladi. U chang bo‗ron
(zarrachalar muallaq holatda) va mahalliy eroziya ko‗rinishida namoyon
bo‗ladi. Aniqlanganki, 2,5 sm qalinlikdagi tuproq qatlami buzilishi bilan
har bir gektardan qariyb 15 t gumus, 1000 kg azot, 200 kg fosfor uchib
ketadi. Shamol eroziyasi natijasida urug‗lar uchib ketadi, qishloq xo‗jaligi
ekinlari nobud bo‗ladi va zarar ko‗radi, o‗g‗itlar yerga singmay daladan
tashqari chiqib ketadi, tuproq unumdorligi pasayadi, oxir-oqibat, turli
ierarxiyadagi ekologik tizimlar buziladi. Bu esa iqtisodiy, ijtimoiy
muammolar yuzaga kelishiga olib keladi. Eol eroziya butun dunyoning arid
va yarimarid iqlim sharoitli mamlakatlarida milliy va baynalmilal
muammodir
O‗zbekiston hududida 3 viloyat tabiiy sabablarga ko‗ra shamol
eroziyasiga duch keladi: Qashqadaryo viloyati, Surxondaryo viloyatining
janubi-sharqiy chekkalari hamda Farg‗ona viloyatining g‗arbiy qismi.
Bundan tashqari, O‗zbekistonning sug‗oriladigan erlarida shamol eroziyasi
Farg‗ona, Zarafshon vodiylari va Qarshi cho‗llarida yoyilgan. O‗zbekiston
hududi tekisliklarining katta qismidagi tuproq, jumladan, Ustyurt yassi
tog‗lari, Janubiy Orololdi, Qizilqum o‗rtacha eroziyaga uchragan deb
219
baholanadi. Iqlim o‗zgarishi bilan eroziya jarayoni kuchaydi. Agar 1965
yilda O‗zbekistonda sug‗oriladigan maydonning 395,1 ming gektar shamol
eroziyasiga uchragan bo‗lsa, 2018 yilda esa bu maydon 1,5 martaga ortib
628,4 ming gektarga etdi.
Tuproqning eol eroziyasining intensivligiga, birinchi navbatda,
quyidagi omillar ta‘sir ko‗rsatadi: shamolning tezligi va yo‗nalishi; tuproq
ustki qatlamining fizik-ximik holati; atmosfera va to‗shaladigan yuza
oralig‗idagi chegara qatlamning harorat va shamol gradientlari. Eol
eroziyasi jarayonlarining rivojlanishiga antropogen omillarning ta‘sir
ko‗rsatishiga ham hech shubha yo‗q. Bu, birinchi navbatda, aholi sonining
o‗sishi hamda ularni suv va oziq-ovqat resurslari bilan ta‘minlash
zaruratiga bog‗liq. Erdan intensiv foydalanganda tuproqqa ortiqcha ta‘sir
etish birdan kuchayish ro‗y beradi. Bu holat uning sho‗rlanishi, kimyoviy
moddalar bilan zararlanishi (pestitsidlar, og‗ir metallar) gumusning
kamayishi hamda boshqa salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradi.
Tuproq emirilishiga olib keladigan jarayonlardan ko‗riladigan zararni
imkon
qadar
kamaytirish
uchun
doimiy
ekologik
monitoring
ma‘lumotlariga asoslangan bir qator tadbirlar majmuini ishlab chiqish
zarur. Shamol eroziyasi bilan kurashning an‘anaviy usuli fitomeliorativ
tadbirlarni o‗tkazishdir. Shu maqsadda iloji boricha uzoq vaqtga tuproq
yuzasini vegetativ qoplam bilan yopish, dalani himoyalovchi o‗rmon ixota
tizimini yaratish hamda asrab-avaylash va boshqalarga e‘tibor qaratish
lozim. Muammoli hududlarda joylashgan sug‗oriladigan yerlar uchun iqlim
o‗zgarishi sharoitida quyidagi tadbirlar juda zarur: sug‗orish uchun katta
miqdorda suv talab qilmaydigan qishloq xo‗jaligi ekinlarini tanlab olish
hamda navlar bilan selektsion ishlar olib borish; yuqori darajadagi
agrotexnika, ekishning asoslangan muddatlari, mineral va organik
o‗g‗itlarni o‗z vaqtida solish, imkon boricha, tomchilab sug‗orishni
qo‗llashga rioya qilish.
Bu borada mamlakatimizda keng ko‗lamli islohotlar amalga
oshirilmoqda. Xususan, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2018 yil 5 iyundagi «Sug‗oriladigan yerlarni shamol eroziyasiga hamda
suv xo‗jaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo
etish va rekonstruktsiya qilish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi Qarori qabul
qilindi. Mazkur qaror ijrosini ta‘minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi
xuzuridagi Sug‗oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
Jamg‗armasining 2018 yil uchun meliorativ tadbirlarni moliyalashtirishga
220
494,6 mlrd. so‗m mablag‗lar sarflagan. Jumladan, meliorativ texnikalar
sotib olish 40,0 mlrd. so‗m, tomchilatib sug‗orish tizimini joriy qilish
uchun 10,0 mlrd so‗m, ixota daraxtzorlarini barpo etish maqsadlarida 2.5
mlrd so‗m mablag‗lar yo‗naltirilgan.
Hozirgi kunda mamlakatning o‗rmon xo‗jaliklari Orol dengizining
qurigan tubida 500 ming gektardan ortiq maydonlarda o‗rmon ixotazorlari
barpo etilgan va bu ishlar har yili muntazam amalga oshirib kelinmoqda.
2018 yilning 29 noyabrida O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
«Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‗g‗risida»gi farmoni
qabul qilingan edi.
Farmonga ko‗ra, qishloq xo‗jaligiga innovatsiyalarni joriy etish
sohasida eng avvalo, mavjud yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish imkonini beruvchi «Aqlli qishloq xo‗jaligi» kontseptsiyasiga
asoslangan qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining zamonaviy sinalgan
shakllarini joriy etish, agrar sektorda qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini
maksimal darajada avtomatlashtirish, hosildorlikni jiddiy oshirish va
moliyaviy ko‗rsatkichlarni yaxshilash, shuningdek, mamlakat oziq-ovqat
xavfsizligini ta‘minlash imkonini beruvchi innovatsion g‗oyalar,
ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga ko‗maklashish kabi vazifalar
vazirlikning asosiy faoliyat yo‗nalishlari etib belgilandi.
Olimlarning taxminlariga ko‗ra, 2050 yilga borib Yer sayyorasi aholisi
9,6 milliardga etib, ularni oziq-ovqat bilan ta‘minlash uchun bugungiga
nisbatan 70 foiz ko‗p mahsulotlar kerak bo‗lar ekan. Ammo, ekologik
vaziyatning yomonlashishi, energiya vositalarining qimmatlashuvi va yer
unumdorligining pasayib ketishi talab darajasidagi oziq-ovqat ishlab
chiqarishga jiddiy to‗siq bo‗lishi ham ta‘kidlanmoqda. Xo‗sh, unda
kelajakda bashariyat ochlikka mahkum bo‗ladimi? Albatta, yo‗q. Bu
muammolarni dehqonchilik faoliyatini o‗zgacha usullar asosida boshqarish,
xususan, sohaga narsalar interneti kontseptsiyasi kabi zamonaviy
texnologiyalar va innovatsion yyechimlar kiritish, bir so‗z bilan aytganda,
«aqlli» qishloq xo‗jaligi orqali hal etish mumkin.
«Future Market Insights» tahlilchilariga ko‗ra, dunyoda «aqlli» qishloq
xo‗jaligiga o‗tish sekinlik bilan, ammo ishonchli tarzda amalga oshirilyapti.
Bozorning katta qismi (53 foizi) Shimoliy Amerikada joylashgan.
Bu AQSH fermerlari tomonidan aqlli innovatsiyalarga bo‗lgan kuchli
qiziqish bilan bog‗liqdir. IT-texnologiyalar yer maydonlarida asosan don
221
ekinlari etishtirishda faol qo‗llanilyapti va bu «aniq dehqonchilik» nomi
bilan atalyapti.
Umuman olganda, «Goldman Sachs Group» tahlilchilari ko‗plab
mamlakatlar «analog»dan «aqlli»ga o‗tish orqali o‗z qishloq xo‗jaligini
faol rivojlantirib borayotganini tasdiqlashyapti. Ularning prognoziga ko‗ra,
yangi texnologik yechimlarni joriy etish bilan 2050 yilga borib
dehqonchilikni dunyo bo‗yicha 70 foizga oshirishga erishish mumkin. Bu
deyarli 800 mlrd. dollarlik qo‗shimcha mahsulot demakdir.
Albatta, bularning ustida ishlash uchun hozirgidan tamomila boshqacha
mashinalar va agregatlar kerak. Ta‘kidlash joizki, qishloq xo‗jaligi
texnikalari ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi kompaniyalari o‗z
taraqqiyot strategiyalarini dehqonchilik jarayonlarini raqamlashtirish va
avtomatlashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda belgilab olishni
allaqachon boshlab yuborishgan.
Agrar texnikalar sohasida «aqlli» qurilmalarni qo‗llash darajasi
bo‗yicha Evropa hozircha AQShdan ortda qolmoqda. EIda 80 foiz qishloq
xo‗jaligi texnikalari navigatsiya tizimlari bilan sotilishiga qaramay,
ularning qariyb 30 foizi amalda tarmoqqa ulangan xolos. Bunga sabab,
EIda yirik fermer xo‗jaliklari AQShdagiga nisbatan ancha kam. Chunki
Evropada etarli texnikalarga ega kichik oilaviy fermalar ustuvorlik qiladi
va
ularni
ancha
qimmat
bo‗lgan
«aqlli»lariga almashtirishga
shoshilishmaydi.
Uchuvchisiz transport vositalari. Tractica konsalting kompaniyasi
ma‘lumotiga ko‗ra, 2024 yilga borib, qishloq xo‗jaligi robotlari yetkazib
berish 32 mingtaga oshib, 594 ming birlikni tashkil etadi. 2016 yili dunyo
bo‗yicha agrar ishlab chiqarish kompleksi (AIChK)ni robotlar bilan
ta‘minlovchi 150dan ortiq sanoat ishtirokchilari ro‗yxatga olingan.
Tahlilchilar AIChKda robotlar qo‗llashning quyidagi muhim sohalariga
e‘tibor qaratishadi:
haydovchisiz traktorlar va uchish apparatlari;
moddiy resurslarni boshqarish;
qishloq xo‗jaligi vegetatsiyasi avtomatlashtirilgan tizimlari;
o‗rmon va yerosti boshqaruvi;
qoramol fermalarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari.
Traktor va yuk tashuvchi mashinalarga o‗rnatilgan o‗ziyurar
tizimlarning inson omili ta‘sirini kamaytirish bilan bir qatorda, yana bir
222
muhim afzalligi bor: ular don va yonilg‗i o‗g‗irligini kamaytirishga imkon
beradi.
Intellektual fermalarda nafaqat haydovchisiz transport vositalari, balki
kamera va yuqori sezuvchi sensorlar bilan ta‘minlangan uchuvchisiz uchish
apparatlaridan ham foydalanish mumkin. Ular bir necha soat davomida
qishloq xo‗jaligi uchastkalarida tadqiqot olib borish, kamera va sensorlar
yordamida yiqqan ma‘lumotlarni fermerga yetkazish, maydonlar elektron
xaritasini 3D formatda yaratish, ekinlarni samarali o‗g‗itlash maqsadida
me‘yorlashtirilgan vegetatsiya indeksini hisoblash, olib borilayotgan
ishlarni xatlash, erni himoyalash va boshqa imkoniyatlarga ega. Hozirda
uchuvchisiz qurilmalardan AQSH, Xitoy, Yaponiya, Braziliya va YI
mamlakatlari qishloq xo‗jaliklarida keng foydalanilmoqda.
Dehqonchilikda datchik va sensorlardan foydalanish — intellektual
ferma tashkil etishda muhim qadam hisoblanadi. O‗nlab kvadrat kilometr
joydan ular radiokanallar orqali nazoratdagi obyektlar holati — asosan,
tuproqning namlik darajasi, harorat, o‗simlikning sog‗lomlik darajasi,
yonilg‗i zaxirasi va boshqa muhim parametrlar haqida uzluksiz ma‘lumot
yetkazib tura oladi.
Masalan,
nazorat
nuqtalariga
o‗rnatiladigan sensorlar tuproq
xususiyatlarining asosiy tizimlarini aniqlashga moslashtirilgan. Datchiklar
esa tabiiy xilma-xillik (relef, tuproq turi, yorug‗lik, ob-havo, begona o‗tlar
va zararkunandalar miqdori), kasallikka chalingan o‗simlik, hosildorlik
haqida oldindan ma‘lumot beradi. Sensor va datchiklar nafaqat ekin
etishtirishga, balki hosilni to‗liq saqlashga ham yordam beradi. Bularning
bari o‗simliklarni parvarishlashga aql bilan yondashuvni ta‘minlaydi.
Elektron qurilmalar chorvachilik va baliqchilik xo‗jaligini samarali
boshqarishga ham yordam beradi — qoramollar joylashgan joy va ob-havo
o‗zgarishlarini nazorat qiladi. Bunday qurilmalar orqali fermerlar
allaqachon jonivorlar homiladorligi, sog‗ish vaqti va kasallik belgilarini
aniqlashni o‗rganib olishgan.
Qoramollarni sun‘iy yo‗ldosh orqali nazorat qiluvchi «FindMySheep»
mashinalararo yechimi bunga ajoyib misol bo‗la oladi. Bu tizim datchiklari
xaritada har qanday hayvonning harakatini ko‗rsatib, ularni biriktirib
turadi. «General Alert»ning boshqa bir tizimi esa fermalardagi hayvonlarni
kuzatish bilan birga, ularning salomatliklarini ham tekshiradi.
Dunyo bo‗yicha 70 foiz toza suv qishloq xo‗jaligi uchun sarflanar,
achinarlisi uning 60 foizi shunchaki isrof bo‗lib ketar ekan. Bu muammoni
223
ham aqlli tizim hal qiladi — tizim suv nasoslarini masofadan turib
boshqarish imkonini berib, fermerlarni suv oqishi va etishmovchiligi
haqida ogohlantiradi. Hindistonlik fermerlar bu borada «Nano Ganesh»
mobil tizimidan foydalanishadi. Tizim yordamida ular suvni, mablag‗larini
va vaqtlarini tejab qolishga erishmoqdalar.
Chilida esa mevalar plantatsiyasini datchiklar bo‗yicha sug‗orish suv
sarfini 70 foizga kamaytirish imkonini bermoqda. Albatta, bunday
tadqiqotlar dunyo bo‗ylab olib borilyapti. Masalan, NASA AQSH
geologiya xizmati bilan hamkorlikda sun‘iy yo‗ldosh yordamida shtatlar
hududida tuproq namligi haqida dolzarb ma‘lumotlarni qo‗lga kiritgan.
Qishloq
xo‗jaligiga
intellektual
texnologiyalarni
joriy
etish
iste‘molchilari, albatta, fermerlar va fermalar rahbarlaridir. Texnologik
provayderlar esa yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Ular iste‘molchilar
uchun innovatsion dasturlar yoki mobil ilovalar, M2M uskunalari,
datchiklar va kuzatuv qurilmalari, aloqa kanallari, ma‘lumotlarni tahlil
qilish vositalari va boshqa aqlli yechimlar ishlab chiqish uchun javobgardir.
Ammo, har bir ferma (har bir fermer) ham internetga ulangan emas. Hatto
tarmoqqa ulanish uchun uncha katta bo‗lmagan fermaga etarlicha sarmoya
lozim. Byudjeti kam xo‗jaliklarga qanday yordam berish kerak?
Masalan, 10 million kamrentabelli fermalarga ega Afrikada «Esoko»
mahalliy ishlanma yordamga keldi. Ishlanma fermerlarga xo‗jaliklari
holati, ob-havo, mahsulot etishtirish bo‗yicha tavsiyalar haqidagi muhim
ma‘lumotlarni taqdim etadi. Shu tizimda «eBay» usulidagi internet-do‗kon
ham faoliyat ko‗rsatadi. Uning eng ommalashgan funktsiyasi fermerlarga
turli mahsulotlarning joriy narxini ko‗rsatib turishidir. Bu orqali ular
mahsulotini foydali narxlarda sota oladilar. Mazkur tizim natijasida shaxsiy
xo‗jaliklar daromadi ikki yilda 12 foizga o‗sgan.
Yaponiyaning «SoftBank» mediakorporatsiyasi esa iyo‗l oyida
Kolumbiyada aqlli datchiklar parvozi sinovini yakunladi. Sholi maydonlari
uchun mo‗ljallangan bu qurilma tuproq va suvning ozuqaviy miqdori,
namlik va harorat darajasini o‗lchaydi hamda yig‗ilgan ma‘lumotlarni
smartfonlar orqali har bir fermerga individual jo‗natadi.
O‗zining barcha afzalliklariga qaramay, aqlli qishloq xo‗jaligi hali
rivojlanishning
boshlang‗ich
bosqichida.
«AQShning
Trimble»
kompaniyasi hisobotiga ko‗ra, dunyodagi har to‗rtta fermadan faqat bittasi
ma‘lumotlar yig‗ish bazasidan foydalanadi. Bunga moliyaviy omillar
(bunday infratuzilmani tashkil etish fermerlar tomonidan salmoqli dastlabki
224
sarmoya talab qiladi) asosli to‗siq bo‗lib turibdi. Bundan tashqari,
ma‘lumotlar xavfsizligi, dehqonchilikdagi o‗ziga xos siyosat va ob-havo
ham aksariyat fermerlarni ikkilantiradi.
Aqlli texnologiyalar nafaqat dehqonchilik, bog‗dorchilik yoki
chorvachilikda, balki baliqchilik sohasida ham o‗z samarasini bermoqda.
Baliqlar migratsiyasini kuzatib borish va baliq ovlash uchun eng yaxshi
joyni tanlash, ozuqa namunalarini tahlil qilish, ehtimoliy kasalliklarni
aniqlash kabilarni endi zamonaviy texnik qurilmalar, monitorlar yoki GPS
datchiklari yordamida amalga oshirsa bo‗ladi. Shuningdek, suvning sifati
haqida ham ma‘lumot olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |