A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


 Agrosanoat majmuini rivojlantirish muammolari



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

 
7.5. Agrosanoat majmuini rivojlantirish muammolari 
Respublika aholisi sonining yuqori sur‘atlar bilan o‗sib borishi, qishloq 
xo‗jaligi yerlarning boshqa toifaga o‗tkazilishi va global iqlim o‗zgarishi 
ta‘sirining keskinlashuvi oqibatida oxirgi 15 yilda aholi jon boshiga to‗g‗ri 
keladigan sug‗oriladigan yer maydonlari o‗lchami 24 foizga (0,23 
gektardan 0,16 gektargacha), o‗rtacha yillik suv ta‘minoti darajasi esa 3 
048 m
3
dan 158,9 m
3
kubgacha qisqargan. 


212
Uzoq yillar davomida qishloq xo‗jaligi erlaridan nooqilona 
foydalanilishi oqibatida tuproqning tabiiy unumdorligi va ekinlar 
hosildorligi pasayib, etishtirilgan mahsulot sifati yomonlashmoqda, atrof-
muhit ifloslanishi ortib bormoqda. Jumladan, sug‗oriladigan ekin erlaridagi 
tuproqlarning 93 foizida harakatchan fosfor miqdori, 68,3 foizida 
almashuvchan kaliy miqdori, 79,3 foizida gumus (chirindi) miqdori 
o‗rtachadan past darajaga tushib qolgan. 
Qishloq xo‗jaligida o‗rtacha yillik suv sarfi 45 696 mln. m3 yoki 
iqtisodiyot tarmoqlarida iste‘mol qilingan suv resurslarining 90 foizini 
tashkil etib, yuqoriligicha qolmoqda. 
Yer va suv resurslari tobora tanqis bo‗lib borayotgan sharoitda qishloq 
xo‗jaligi ekinlarini joylashtirishda ekinlarni iqtisodiy samaradorligi va 
bozor kon‘yunkturasi inobatga olinmasdan hamda intensiv qishloq xo‗jaligi 
joriy etilmaganligi sababli qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarish hajmi 
pastligicha qolmoqda. 
Jumladan, rivojlangan davlatlarda 1 m3 suv bilan 4–6 AQSH dollarilik 
mahsulot etishtirilayotgan bo‗lsa, respublikamizda bu ko‗rsatkich 0,15 
AQSH dollarini tashkil etmoqda. 
Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish yirik kapital 
qo‗yilmalar talab etishi, ushbu maqsadlar uchun yo‗naltiriladigan byudjet 
mablag‗lari hajmining cheklanganligi, to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalarni, 
shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish 
masalasiga e‘tibor qaratilmayotganligi oqibatida qishloq xo‗jaligi 
yerlarning foydalanishdan chiqib ketishi, hududlarning resurs va ishlab 
chiqarish salohiyatidan nooqilona foydalanish kabi holatlar yuzaga 
kelmoqda, bu esa o‗z navbatida mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini 
ta‘minlash va tarmoq eksport salohiyatini oshirishga salbiy ta‘sir 
ko‗rsatmoqda. 
Respublikada yillar davomida irrigatsiya va melioratsiya holati 
yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni bosqichma-
bosqich qayta foydalanishga kiritish, yer osti suv zaxiralaridan samarali 
foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda ichki 
irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish orqali suv yo‗qotilishini 
kamaytirish, shuningdek, bu ishlarda salohiyatli investorlar ishtirokini 
ta‘minlash maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 17 
iyundagi «Qishloq xo‗jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish 
chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi Farmoni qabul qilindi. 


213
Mazkur farmonda, qishloq xo‗jaligida yer va suv resurslaridan samarali 
foydalanish kontseptsiyasi va uni amalga oshirish bo‗yicha «Yo‗l 
xaritasi»ga ko‗ra 2020–2030 yillarda qishloq xo‗jaligi erlaridan 
foydalanish samaradorligini oshirish bo‗yicha amalga oshiriladigan chora-
tadbirlarning hamda 2019–2022 yillar davomida qishloq xo‗jaligi erlarida 
suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishning prognoz ko‗rsatkichlari 
tasdiqlandi. 
Kontseptsiyada 5 ta muhum ustuvor vazifa belgilangan bo‗lib, unda 
asosan qishloq xo‗jaligi erlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suv 
va gidroinshootlardan foydalanish samaradorligini oshirish, yerlarning 
meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‗jaligi ekinlari selektsiyasi va 
urug‗chiligini rivojlantirish, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini chuqur qayta 
ishlash va sotish, logistika va marketing tizimlarini rivojlantirish, yer va 
suv 
resurslaridan 
samarali 
foydalanishda 
ilm-fan 
va 
amaliyot 
integratsiyasini jadallashtirishga qaratilgan tadbirlarni o‗z ichiga oladi. 
Kontseptsiyani amalga oshirish doirasida irrigatsiya-melioratsiya 
tarmoqlarini tiklash, rekonstruktsiya qilish, suv tejaydigan texnologiyalarni 
joriy etish hamda suvsizlikka chidamli ekinlarni ekish orqali foydalanishga 
kiritish uchun investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik 
asosida 50 yilgacha bo‗lgan muddatga berish belgilandi. 
Shuningdek, qishloq xo‗jaligida foydalanishdan chiqib ketgan 
sug‗oriladigan yerlar, shuningdek, lalmi va o‗rmon fondi yerlari – 
O‗zbekiston Respublikasi fuqarolari va qishloq xo‗jaligi korxonalariga, 
yaylov, bo‗z, ko‗p yillik daraxtzorlar va boshqa yerlar – yuqorida qayd 
etilgan subyektlar bilan birga O‗zbekiston Respublikasi rezidenti bo‗lgan 
investorlarga ham beriladi. 
Kontseptsiyani amalga oshirishda yer maydonlarini foydalanishga 
kiritishda 
tadbirkolik 
subyektlarini 
davlat 
tomonidan 
qo‗llab-
quvvatlashning quyidagi mexanizmlari qo‗llanilmoqda: 
yerdan foydalanuvchilarga qishloq xo‗jaligi ekinlarini mustaqil 
joylashtirish, yerga ishlov bermasdan ekin ekish va yerlarni ikkilamchi 
ijaraga berish huquqi beriladi. 
mazkur yer maydonlari maqbullashtirilmaydi, yer uchastkasi yoki 
uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‗yilishiga yerdan 
foydalanuvchi roziligi asosida sarf etilgan mablag‗larning bozor qiymati va 
olib qo‗yish sababli etkazilgan zararning o‗rni to‗liq qoplanganidan 
so‗nggina ruxsat etiladi. 


214
Ushbu yer maydonlarida barpo etiladigan infratuzilma obyektlarini 
(dala shiypon, mahsulotlar saqlanadigan omborxonalar, sug‗orish 
inshootlari va boshqalar) joylashtirishga ruxsat beriladi. 
Erdan foydalanuvchilarning ehtiyojlari uchun olib kelinadigan va 
respublikada ishlab chiqarilmaydigan xomashyo, materiallar, texnika, 
asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilangan tartibda bojxona to‗lovlari (qo‗shilgan qiymat solig‗idan 
tashqari) to‗lashdan ozod qilinadi. 
Qonunchilikda belgilangan imtiyozli davr yakunlanganidan so‗ng, 
yangidan foydalanishga kiritilgan yer uchastkasiga nisbatan 10 yil 
davomida ushbu yer uchastkasi foydalanishga kiritilgunga qadar 
belgilangan soliq stavkalari qo‗llaniladi. 
Investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik to‗g‗risidagi 
bitimda nazarda tutilgan hollarda O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti 
mablag‗lari hisobidan har bir gektar qishloq xo‗jaligiga mo‗ljallangan 
yerlarni foydalanishga kiritish bilan bog‗liq xarajatlarning 50 foizi, lekin 
bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan oshmagan qismi qoplab 
beriladi. 
Investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik to‗g‗risidagi 
bitimda nazarda tutilgan hollarda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‗llab-
quvvatlash davlat jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan yerlarning suv 
ta‘minoti tizimlarini qurish, rekonstruktsiya qilish uchun jalb etilgan 
kreditlarning bir gektar hisobiga 40 mln. so‗mdan oshmaydigan qismiga 
tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 5 foizlik punkti 
qoplab beriladi. 
Bunda yer maydonlari investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy 
sheriklik to‗g‗risidagi bitim imzolanganidan so‗ng qonun hujjatlarida 
vakolat berilgan davlat organi ning qaroriga asosan ajratib beriladi. 
Bundan tashqari mazkur farmon bilan qishloq xo‗jaligi yerlari maxsus 
muhofazaga olinib, ushbu yerlarni qishloq xo‗jaligidan boshqa 
maqsadlarga, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va 
inshootlar) qurilishi uchun ajratilishiga yo‗l qo‗yilmaydi. 
Unga ko‗ra, qishloq xo‗jaligidan boshqa maqsadlarda foydalanish 
uchun olib qo‗yiladigan sug‗oriladigan yerlar uchun kompensatsiya to‗lovi, 
olib qo‗yilayotgan yer maydonlari joylashgan joylarni hisobga oluvchi 
koeffitsientlar qo‗llanilmagan holda, xuddi shunday yangi yerlarni 


215
o‗zlashtirish uchun talab etiladigan mablag‗ning 10 barobari, lalmi yerlar 
va sug‗orilmaydigan ko‗p yillik daraxtzorlar egallagan yerlar, pichanzorlar 
va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash bilan bog‗liq xarajatlarning 20 
barobari miqdorida hisoblanadi. 
Ushbu me‘yor o‗zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‗jaligi 
muomalasidan chiqishiga sabab bo‗lgan hollarda etkazilgan zararni 
hisoblashda ham qo‗llaniladi. 
Sug‗oriladigan yerlar hisobidan bog‗dorchilik, uzumchilik va boshqa 
ko‗p yillik daraxtzorlar hamda issiqxona xo‗jaliklarini tashkil etish uchun 
yer ajratish O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadigan tartib asosida amalga oshirilishi belgilab qo‗yildi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish