8.2. Mintaqada transport tizimini isloh qilish muammolari va
vazifalari
Temir yo‗l.
«O‗zbekiston temir yo‗llari» AJ O‗zbekiston respublikasi
hududida joylashgan sobiq O‗rta Osiyo temir yo‗llari bazasida 1994 yil
7 noyabrda tashkil topgan. Mamlakat temir yo‗llarining umumiy uzunligi
20-yillar boshida 15-89 km ni tashkil etgan bo‗lsa, hozirga kelib umumiy
temir yo‗l uzunligi 6,1 ming kmni tashkil etadi. Jumladan elektrlashtirilgan
temir yo‗llar 1714 km.ga etdi yoki ushbu ko‗rsatkich jami temir yo‗llarning
2019 yil holatiga 39 foizini tashkil etadi. Jamiyatda 54.7 mingdan ortiq
xodimlar faoliyat ko‗rsatadi. Yillik yukni ayirboshlash barcha turdagi
transportlarning yuk ayirboshlashi qo‗shilmasining 90% tashkil etadi.
O‗zbekistonda mavjud bo‗lgan transport turlari orasida yetakchi va
muhim o‗rinni temir yo‗llar egallaydi. Mamlakatda tashiladigan yuklarning
66 foiziga yaqini transportning ana shu tarmog‗i zimmasiga tushadi va bu
transport mamlakat transport tizimining negizini tashkil etadi.
232
Eksport va import qilinadigan yuklarning qariyb 80 foizi ham temir
yo‗l transporti orqali amalga oshiriladi. Ushbu yo‗l yordamida 2018 yil
tashilgan yo‗lovchilar soni qariyib 20 million kishini tashkil etgan.
Iqtisodiy isloxotlar amalga oshirilayotgan va bozor munosabatlariga
utilayotgan hozirgi murakkab sharoitda ishlab chiqarish korxonalari,
tashkilot va mamlakat hududlarining samara bilan ishlashi ko‗p jihatdan
temir yo‗llarning kay darajada faoliyat ko‗rsatishga bevosita bog‗liq.
Yuklarning temir yo‗llar yordamida va iloji boricha arzon tashilishi
iqtisodiyot taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Yana shunisi muhimki, temir yo‗llarda yuk tashishning tannarxi
avtomobillarda yuk tashishga nisbatan 3-5 marta, havo transportiga
qaraganda esa 12-15 marta arzon tushadi.
Mazkur transport turida mehnat xarajatlari ham avtomobil va havo
transportiga ko‗ra ancha kam.
Temir yo‗l transportining boshqa transport turlariga nisbatan yana bir
afzalligi shundan iboratki, bu transport atrof muhitga kam zarar etkazadi,
uning yuk va yo‗lovchilar tashish qobiliyati juda yuqori bo‗lib, ob-havo
injikliklari bilan deyarli bog‗liq emas va muntazam ravishda xarakatda
bo‗ladi. Bu bilan u avtomobil va ayniqsa havo transportidan katta farq
qiladi.
O‗zbekistonda temir yo‗llar qurish o‗zining ma‘lum tarixiga ega.
Mamlakat hududida birinchi temir yo‗l 1888 yilla Farob stantsiyasidan
Samaqand shahrigacha kurilgan bo‗lib, u Turkmanboshi (Sobiq
Krasnovodsk shahri) — Chorjuy temir yo‗l tarmorining davomi edi. Uning
qurilishi keyinchalik davom ettirilib, 1899 yili Andijon va Toshkent
shahrigacha etkazilgan edi.
Ikkinchi jahon urushigacha bo‗lgan davrda ham mamlakat hududida
qator temir yo‗l tarmoqlari kurilgan. Ularga Farg‗ona - Kuvasoy, Asaka -
Shahrixon, Qorasuv - Ush, Uch - kurg‗on - Toshko‗mir, Andijon -
Tentaksoy kabilar kiradi.
O‗rta Osiyoning, shu jumladan, O‗zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotida 30-yillarda qurilgan, uzunligi 1400 km dan ziyod bo‗lgan
Turksib (Turkiston — Sibir) temir yo‗l magistralining bunyod etilishi o‗z
davrida muhim ahamiyatga ega bo‗ldi.
Ikkinchi jahon urushining og‗ir yillarida temir yo‗llar qurilishi va ishga
tushirilishi muhim ishlarni bajarish imkoniyatini berdi. Dushman egallab
olgan joylardan o‗nlab sanoat korxonalarini Respublikamizga kuchirib
233
kelinishi, urushga jalb qilinganlarni qurol-yarog‗lar, turli oziq-ovqat
mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa yuklarni frontga etkazishda temir
yo‗l transporti katta xizmat qildi. Ana shu davrda temir yo‗l tarmoqlarini
bevosita sanoat korxonalariga yaqinlashtirish muhim edi. Masalan, yirik
Angren ko‗mir havzasiga temir yo‗l tarmog‗i o‗tkazildi, Chirchiq
shahridagi o‗z davri uchun ulkan bo‗lgan va keyinchalik yirik kimyo
korxonasiga aylangan elektrokimyo kombinatiga yo‗llar qurildi.
Urush tugab tinch davr boshlangan yillarda mamlakatning mavjud
temir yo‗llarini qaytadan tiklash va yangi temir yo‗l tarmoqlarini qurish,
zarur texnika bilan ta‘minlash evaziga transportning bu turi rivojlandi.
Chunonchi, urushdan keyingi yillarda Mirzachul, Karshi chuli,
Amudaryoning quyi kismida qo‗riq yerlarni o‗zlashtirish buyicha katta
ishlar olib borildi.
Uzunligi 410 km bo‗lgan Kung‗irot-Beynov temir yo‗l tarmog‗ining
ishga tushirilishi O‗rta Osiyo iqtisodiy mintakasidan Kozog‗istonga, Sobiq
SSSRning Evropa qismiga, Kavkaz hududlariga ikkinchi yo‗l orqali
chiqish imkonini yaratdi. Yuk va yo‗lovchilarni uzoq aylanma yo‗llar
orqali tashishga barham berish transport xarajatlarini kamaytirishga ijobiy
ta‘sir ko‗rsatdi. Shu bilan birga, Qung‗irot-Beynov temir yo‗l tarmog‗i
Amudaryoning quyi qismi tabiiy resurslarini o‗zlashtirishga va mazkur
mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga imkon yaratdi.
Yuqori qayd etganimizdek, mamlakat temir yo‗llarining umumiy
uzunligi 20-yillar boshida 15-89 km ni tashkil etgan bo‗lsa, hozirga kelib u
6,1 ming km ga etgan hamda temir yo‗llar uzunligi borasida ancha ishlar
qilingan bo‗lsada, hali mamlakatimizda bu tizim talab darajasida emas.
Masalan, O‗zbekistan temir yo‗l zichligi buyicha nafakat «Uzok» xorij
mamlakatlaridan, balki Ukraina, Belorussiya, Boltiqbuyi davlatlaridan ham
orqada turadi.
Samaqand, Sirdaryo, Farg‗ona, Qashqadaryo viloyatlari temir yo‗l
tarmoqlari bilan biroz yaxshi ta‘minlangan. Korakalg‗oriston Respublikasi,
Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari esa bu borada ancha orqada.
O‗zbekiston Respublikasi xukumati 1995 yil avgust oyida G‗uzor-
Boysun - Qumqo‗rg‗on temir yo‗lini qurish to‗g‗risida Qaror qabul qildi.
Ushbu yo‗l mamlakatimizning janubiy hududlari-Qashqadaryo va
Surxondaryo viloyatlari tabiiy boyliklari hamda mavjud boshqa
imkoniyatlardan unumli va samarali foydalanish imkonini beradi, mazkur
hududda istiqomat qiluvchi aholining ish bilan bandlik darajasini ko‗tarish
234
imkonini ham yaratadi. G‗uzor - Boysun - Qumqo‗rg‗on temir yo‗li
Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo stantsiyasidan Qashqadaryodagi Qarshi
stantsiyasigacha bo‗lgan masofani qariyb ikki martaga qisqartiradi.
Amalga oshirilgan bu buyuk ishlarning eng muhim ahamiyati va
mohiyati shundaki, o‗zbek xalqi o‗z kuch-qudratini va nimalarga qodir
ekanini yana bir bor namoyon etdi. Buni dengiz sathidan 1800 metr
balandlikda, qattiq qoya toshlardan iborat tog‗li hududlar bo‗ylab, yozning
jazirama issig‗i, garmsellari, qishning izg‗irin shamollari ostida temir yo‗l
izlari yotqizilgani, Toshguzar va Dehqonobod, Oqrabot va Darband,
Boysun va Qumqo‗rg‗on kabi 6 ta yangi stansiya va yo‗lovchi
platformalariga ega bo‗lgan 9 ta bekat barpo etilgani misolida ham ko‗rish
mumkin.
Ayniqsa, barcha stansiyalarda yo‗l xavfsizligini ta‘minlaydigan ishlab
chiqarish obyektlari, maktab, tibbiyot maskanlari, suv va gaz tarmoqlari
kabi ijtimoiy infratuzilma inshootlari barpo qilingani bu loyihaning eng
zamonaviy
talablar
darajasida
amalga
oshirilganini
ko‗rsatadi.
«Toshguzar–Boysun–Qumqo‗rg‗on» temir yo‗lining qurilishi jarayonida
43 ta ko‗prik, jumladan, temir yo‗l ko‗priklari va yo‗l o‗tkazgichlari singari
murakkab muhandislik inshootlari yaratildi. Bu ko‗priklarning 9 tasi dengiz
sathidan 1500 metr balandlikda bunyod etilgani, bu borada ilgari
O‗zbekiston tajribasida ko‗rilmagan mislsiz ishlar bajarilganini ko‗rsatadi.
Mazkur temir yo‗lining qurib, ishga topshirilishi respublika
rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‗ldi. Bu yo‗l respublikaning janubiy
mintaqasi – Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarini boshqa hududlar bilan
bog‗laydigan, qon tomirday zarur bo‗lgan vositani, butun mamlakat
bo‗ylab yagona va yaxlit temir yo‗l transport kommunikatsiya tizimini
barpo etishga imkon berdi.
Mamlakatimizda yaxlit temir yo‗l tarmog‗ini shakllantirish bo‗yicha
strategik yo‗nalishlar belgilab olindi. Bu borada 1994-2001 yillarda
uzunligi 700 kilometrga yaqin «Navoiy–Uchquduq–Nukus» temir yo‗li
qurib bitkazildi. Natijada, ushbu temir yo‗l liniyasi ishga tushirilgan
dastlabki yillardanoq, Qoraqalpog‗iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga
katta miqdorda har xil xalq iste‘mol yuklari yetkazib berila boshlandi.
Bu yo‗l O‗zbekistonning chet davlatlarga, avvalo, Transafg‗on temir
yo‗l koridori orqali yaqin kelajakda to‗g‗ridan-to‗g‗ri Hind okeani, Janubiy
va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqish va eksport
235
imkoniyatini, shu bilan birga, respublikaning tranzit rolini kengaytirish
borasidagi salohiyatini keskin oshirdi.
Temir yo‗l tarmog‗ining ishga tushirilishi natijasida yuk tashish va
yo‗lovchilar qatnovini tashkil qilish, temir yo‗llarga xizmat ko‗rsatish va
yo‗l xavfsizligini ta‘minlash uchun 2,5 mingga yaqin qo‗shimcha yangi ish
o‗rni yaratildi. Yangi tashkil etilgan korxonalar va xizmat shoxobchalarida,
ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarida esa qo‗shimcha
tarzda 4 mingdan ortiq kishi ish o‗rinlariga ega bo‗ldi.
Mintaqaning tabiiy yer osti boyliklarini o‗zlashtirish uchun yangi
imkoniyatlar paydo bo‗ldi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining
ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tub burilishlarga yuz tutib, aholining turmush
farovonligi oshdi. Yuk va yo‗lovchi tashish masofasi 170 kilometrga,
harakat vaqti esa 7 soatga qisqardi. Natijada temir yo‗l bo‗ylab
tashilayotgan tranzit va mahalliy yuklar salmog‗i sezilarli miqdorda
ko‗paydi. O‗tgan yili mazkur temir yo‗ldan bir yilda o‗rtacha 5 million
tonna yuk o‗tkazilayotgani, shundan qariyib 80 foizi tranzit yuklar ekanligi
ana shundan dalolat beradi.
Respublikaning
xorijga,
jumladan,
mamlakatimiz
janubidagi
davlatlarga chiqishida Mashxad—Seraxs —Tajan temir yo‗lining qurilishi
muhim voqea bo‗ldi. 1996 yil 13 mayda Eron Islom Respublikasining
Mashxad shahrida uzunligi salkam 300 km bo‗lgan bu temir yo‗l
tarmog‗ining tantanali ochilish marosimi bo‗lib utdi. Bu yo‗l eng qisqa
masofa orqali Markaziy Osiyo mamlakatlarini Fors qo‗ltig‗i bilan
bog‗laydi va tashqi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga keng
imkoniyatlar ochib beradi.
Markiziy Osiyo hududida Toshkentdan Samarqandgacha ilk tezyurar
yo‗lovchi harakatni tashkil qilish maqsadida 2008 yil «O‗zbekiston temir
yo‗llari» AJ va «Talgo» (Ispaniya) kompaniyasi o‗rtasida 2 ta tezyurar
yo‗lovchi elektropoezdlarni sotib olish to‗g‗risida bitim imzolandi.
2011
yil
8
oktyabrdan
«Afrosiyob»
(Ispaniyaning
«Talgo» kompaniyasi tomonidan islab chiqarilgan) yuqori tezlikda
xarakatlanadigan poezdi Toshkent-Samarqand-Toshkent 161G‗162 sonli
yo‗nalishga ishga tushirildi.
Yangi tezyurar poezd bu marshrut orqali xizmat ko‗rsatadigan boshqa
elektr poezdlar bilan birga, Toshkent va Samarqand shaharlari o‗rtasida
harakat qiladi. Yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» poezdi ikki soat va o‗n besh
236
daqiqa ichida 344 km temir yo‗l masofasini bosib o‗tadi. Maksimal tezligi
soatiga 250 kilometrni tashkil etadi.
O‗zbekiston temir yo‗llarini doimiy tok asosida elektrlashtirish 1971
yilda boshlangan. So‗nggi loyihalardan biri To‗qimachi-Angren temir yo‗l
uchastkasini elektrlashtirish edi, bu 2010 yilda amalga oshirildi.
Ko‗rsatilgan
temir
yo‗l
uchastkasini
ishga
tushirish
hisobiga
elektrlashtirilgan uchastkalar uzunligi 1601 km ga etdi.
Loyihaning maqsadi bu uchastkada mavjud bo‗lgan dizel tortishni
o‗zgaruvchan tokli elektr tortishga o‗zgartirish edi, bu Toshkent hududida
barcha temir yo‗l liniyalarini zamonaviy texnologiyalarga o‗tishni
yakunlashga olib keladi.
Loyihaning maqsadi bu uchastkada mavjud bo‗lgan dizel tortishni
o‗zgaruvchan tokli elektr tortishga o‗zgartirish edi, bu Toshkent hududida
barcha temir yo‗l liniyalarini zamonaviy texnologiyalarga o‗tishni
yakunlashga olib keladi.
Butun uchastka bo‗ylab yangi texnologiyalar - SCADA masofadan
boshqarish tizimi, aloqa tizimi, tortish podstansiyalari, mikroprotsessor
markazlashtirish tizimi, o‗q va telekommunikatsiya elektron hisoblash
tizimlari joriy qilingan. Elektr ta‘minot tizimi poezdlarning soatiga 160 km
gacha tezlik bilan harakatlanishini hisobga olgan holda qurilgan.
Qurilish paytida umumiy uzunligi 265 m bo‗lgan 3 ta ko‗prik, 2258 ta
elektr minoralar, elektr podstansiyalar, poezdlar harakat xavfsizligini
ta‘minlovchi zamonaviy uskunalar va nazorat asboblar bilan jihozlangan
navbatchi punktlari va markazlashtirilgan elektr ta‘minot postlari uchun
6 ta bino va inshootlar barpo etildi.
Hozirgi
vaqtda
Maroqand-Qarshi,
Qarshi-Termiz
temir
yo‗l
uchastkalarini
elektrlashtirish,
yangi
elektrlashtirilgan
Angren-Pop
liniyasini qurish investitsion loyihalari amalga oshirildi.
2016 yilning 22 iyunda O‗zbekiston va Xitoy hamkorligining yirik va
istiqbolli loyihasi ijrosi – Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‗li hamda
Qamchiq tunneli foydalanishga topshirildi.
Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‗l liniyasini barpo etishdan
maqsad ham nafaqat Farg‗ona vodiysi viloyatlari va mamlakatimizning
boshqa hududlari o‗rtasida temir yo‗l orqali yuk va yo‗lovchi tashish
imkoniyatini yaratish, shu bilan birga, Xitoy – Markaziy Osiyo – Evropa
yangi xalqaro tranzit temir yo‗l koridorining eng muhim bo‗g‗ini bo‗lishi
nazarda tutilgan edi. Uzunligi 123,1 kilometr bo‗lgan Angren-Pop temir
237
yo‗lining Qamchiq dovonidan o‗tgan qismida 19,2 kilometrlik tunnel barpo
etildi.
Ushbu
qurilish
jarayonlari
davomida
o‗zbekistonlik
temiryo‗lchilarning salohiyatiga xitoylik mutaxassislar qoyil qolishdi,
xitoyliklarning mahoratiga o‗zbekistonliklar tasannolar aytishdi. Katta
mehnat g‗alabasiga har ikki tomonning yuksak mehnati, hamjihatligi
tufayli muddatidan avval erishildi.
2017 yilda
Prezidentimiz
Shavkat
Mirziyoev
Xitoy
Xalq
Respublikasiga davlat tashrifi davomida Xitoy ishbilarmon doiralari
vakillari bilan uchrashdi. Aynan ana shu anjumanda Davlatimiz rahbari
Xitoyning «China Railway Tunnel Group» kompaniyasiga Angren-Pop
temir yo‗lining Qamchiq dovoni qurilishining muvaffaqiyatli amalga
oshirilganligi uchun alohida minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, mazkur
tashrif doirasida ko‗plab sohalar, xususan, transport va kommunikatsiya
infratuzilmasini rivojlantirish borasida «O‗zbekiston temir yo‗llari»
aktsiyadorlik jamiyati bilan XXRning yetakchi quruvchi kompaniyalari
o‗rtasida samarali kelishuvlarga erishildi.
Bugungi kunda ushbu temir yo‗l orqali Toshkent – Andijon – Toshkent
yo‗nalishida har kuni zamonaviy tezyurar yo‗lovchi poezdlari aholiga
xizmat ko‗rsatmoqda. Andijon – Buxoro – Andijon yo‗nalishida haftasiga
ikkita yo‗lovchi poezdi, haftada bir marotaba Andijon – Urganch –
Andijon, Andijon – Moskva – Andijon yo‗nalishlarida yo‗lovchi poezdlari
qatnovi tashkil etildi. Bundan tashqari, bir sutkada o‗nlab yuk poezdi
Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‗li orqali o‗tib, yuklarni o‗z
manziliga etkazmoqda.
Xususan, mazkur temir yo‗l orqali, bir yil davomida 413 ming 162
nafardan ortiq yo‗lovchiga xizmat ko‗rsatildi, 7395,6 ming tonna yuk
tashildi. Shuningdek, 1718 ta yangi ish o‗rinlari yaratildi.
Mustaqillik yillarida temir yo‗llarni elektrlashtirish ishlariga katta
ahamiyat qaratildi. O‗tgan davrda Xovos–Bekobod, Xovos–Jizzax
liniyalari
elektrlashtirildi
va
Maroqand–Qarshi,
Maroqand-Buxoro
yo‗nalishlarini elektrlashtirish ishlari 2016 yilda yakunlandi. Toshkent–
Samarqand–Buxoro, Toshkent-Samarqand-Qarshi yo‗nalishlarida tezyurar
elektropoezdlar qatnay boshladi. Natijada poezdlardan foydalanish
xarajatlarini 20 foizga kamaytirish, yo‗lovchi va yuk tashish tezligini 1,3
barobar oshirish imkoni yaratildi. Markaziy Osiyo mintaqasida eng birinchi
bo‗lib yuqori tezlikda harakatlanuvchi Toshkent, Samarqand, Qarshi va
238
Buxoro shaharlarini bog‗lovchi «Afrosiyob» poezdlari qatnovi yo‗lga
qo‗yildi.
Jamiyat lokomotiv parklarini, yo‗lovchi va yuk vagonlarini yangilash
bo‗yicha bir qator loyihalarni amalga oshirish muhim masalardan biridir.
«O‗zbekiston temir yo‗llari» AJ korxonalarida yo‗lovchi va yuk
vagonlarini seriyali ishlab chiqarish o‗zlashtirildi. Bu, hususan, havoni
sovitish moslamasi bilan johozlangan kupeli vagonlar, yuk vagonlarining
eng katta talabga turlari – yopiq, neft mahsulotlari uchun sisternalar,
yarimvagonlar va boshqalar.
Bundan tashqari, temir yo‗l infratuzilmasi va harakatlanuvchi tarkib
uchun ehtiyot qism, uzel va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va
import o‗rnini bosishni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |