293
• bu pul fondlarini hududiy iqtisodiyot tarmoqlari
va ijtimoiy sohalar
o‗rtasida qayta taqsimlash va ishlatish;
• mahalliy hokimiyatga bo‗ysinuvchi korxona, tashkilot va muassasalar
moliyaviy-xo‗jalik faoliyati ustidan nazorat olib borish.
Mahalliy budjetlar tarkibiga kiruvchi budjetlar quyidagi budjetlarni o‗z
ichiga oladi:
• Qoraqalpog‗iston
Respublikasi
budjeti
-
Qoraqalpog‗iston
Respublikasining respublika budjetini hamda respublikaga bo‗ysunuvchi
tumanlar va shaharlar budjetini;
• Viloyat budjeti - umumviloyat budjetini hamda viloyatga
bo‗ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetini;
• Tumanlarga bo‗linadigan shahar budjeti - umumshahar budjetini
hamda Shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini;
• Tarkibida shaharlari bo‗lgan tuman budjeti
- umumtuman budjetini
hamda tuman bo‗ysunuvidagi shaharlar budjetlarini.
huquqiy jixatdan mahalliy budjetlar budjet yili davomida daromad
manbalari va ulardan tushumlar miqdori,
anik maqsadlar uchun
mo‗ljallangan xarajat yo‗nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy xujjatdir.
Mahalliy budjetlar orqali mahalliy xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy
jixatdan rivojlantirish moliyaviy manbalar bilan taminlab boriladi.
O‗zbekiston Respublikasi budjet tizimining barcha daromadlari tarkibida
mahalliy budjetlar daromadlari o‗rtacha 42-46 foizni tashkil qiladi. Shu
o‗rinda Shuni takidlash joizki, budjet tizimi bo‗yicha amalga oshiriladigan
xarajatlarning esa 54-55 foizi mahalliy budjetlar hisobiga to‗g‗ri keladi.
Mahalliy budjetlar xarajatlarining keyingi yillarda ildamroq o‗sib
borishi
ularning davlat budjetidagi salmog‗ining ham oshib borishiga olib kelgan.
Avvalgi yillarda asosan respublika budjetidan moliyalashtirib kelingan
kadrlar tayyorlash, hududiy ahamiyatdagi davlat kapital quyilmalarini
moliyalashtirish, 1994 yildan boshlab aholini
ijtimoiy himoya qilish
xarajatlarining keskin oshib borishi va bu turdagi xarajatlarni asosan
mahalliy budjetlar hisobidan moliyalashtirish davlat budjetidan amalga
oshiriladigan xarajatlar tarkibida mahalliy budjetlar salmog‗ining oshishiga
olib keldi.
Mahalliy budjetlar aholini ijtimoiy himoya
qilish borasida davlatning
olib borayotgan siyosatining joylardagi asosiy tayanchi xisoblanadi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlarining deyarli yuz foizi mahalliy
budjetlar hisobidan moliyalashtiriladi.
294
Mahalliy budjetlarga xos bo‗lgan xususiyatlarning namoyon bo‗lishi,
ulardan milliy daromadni hududiy darajada taqsimlash va qayta taqsimlash
hamda bu jarayonlarni nazorat qilish quroli sifatida foydalanish faqat inson
faoliyati jarayonidagina mumkin bo‗ladi.
Bu budjet mexanizmida o‗z aksini topadi. Budjet mexanizmi davlat
budjet siyosatini amalga oshirishning dastak va vositalari yig‗indisi bo‗lib,
davlat tomonidan tashkil etiladi va budjet munosabatlarini
davlat oldida
turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga yo‗naltirishga xizmat qiladi.
Hududiy iqtisodiyot va hududdagi ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va
tartibga solishda mahalliy davlat hokimiyati organlari aloxida o‗rin
egallaydi.
1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Mahalliy davlat hokimiyati
to‗g‗risida"gi № 913-XII-son O‗zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq,
"Viloyatlar,
tumanlar
va
Shaharlarda
(tumanga
bo‗ysunadigan
Shaharlardan, Shuningdek Shaharlar tarkibiga
kiruvchi tumanlardan
tashqari) xalq depo‗tatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik
organlari" hisoblanadi (11.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: