A ashirov, sh. Atadjanov



Download 5,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/165
Sana29.01.2022
Hajmi5,1 Mb.
#417043
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   165
Bog'liq
fayl 336 20210420 (1)

Sotsiologiya
dastlab odamlaming faoliyati va birgalikdagi hayot 
tarzini o‘rganuvchi 
fan 
sifatida shakllangan. Uning tadqiqot 
predmeti ijtimoiy guruhlar va qatlamlar, ijtimoiy tuzilma hamda 
ijtimoiy institutlar hisoblanadi. Sotsiologiyaning markaziy kate- 
goriyasi — jam iyat, ya’ni bir um um iy hududda birgalikda 
yashovchi va faoliyat ko'rsatuvchi kishilarning o‘zaro munosabat­
lari aloqasi shakllarini o ‘rganadi. Ijtimoiy munosabatlarning 
ushbu elementlari etnologiya uchun ham ilmiy qiziqish uyg‘otadi. 
Lekin, etnologiya buni boshqacharoq tarzda tadqiq qiladi. 
Etnologiyada ijtimoiy munosabatlar sohasida madaniyatning 
ijtimoiy dinamikasi, etnoslarning ijtimoiy differensiyasi, turli 
xalqlarning etnik jihatdan o‘zlarini ong tizimida idrok etishi, etnik 
psixologiyaning o ‘ziga xosligi va shu kabilar tadqiq qilinadi.
' Qarang: Этнография и смежные дисциплины. — М., 1994. — С. 68.
35


Boshqacha aylganda, etnologiya turli etnik muhitlardagi ijtimoiy 
jarayonlar va k o iin ish lari ni hamda ijtimoiy guruhlardagi etnik 
jarayoniarini o‘rganadi. Aynan mazkur uzvlarda etnologiya bilan 
sotsiologiyaning o'zaro aloqasi namoyon bo‘ladi.
Sotsiologiya va etnologiyaning jamiyat ko‘rinishlariga bo‘lgan 
qiziqislii juda ham yaqin bo‘lganligi bois XX asrning 30-yillarida 
ushbu ikki fanning o ‘zaro kesishgan nuqtasida yangi ilmiy 
yo'nalish 
etnosotsiologiya
paydo b o id i. Etnosotsiologiya 
asoschisi, nemis olimi Rixard Turnvaldning fikricha, sotsiolo­
giya amaliy fan boiib, zamonaviy industrial mamlakatlardagi 
ijtimoiy va etnik jarayonlar o'rtasidagi o‘zaro aloqani o ‘rganadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, G ‘arb mamlakatlaridagi ilmiy 
adabiyotlarda etnologiya, madaniy antropologiya va ijtimoiy 
antropologiya bir fanning turlicha nomlanishi degan qarashlar 
keng tarqalgan. Haqiqatdan ham shundaymi? Mazkur savolga 
javob berishdan awal mazkur uch yo‘nalish to‘g‘risida aniq va 
yetarli maiumotlarni anglab yetmoq lozim.
Madaniy antropologiya
odamning jismoniy tuzilishidagi o‘z- 
garishlarni o'rganuvchi jismoniy antropologiyadan farqli ravish­
da insoniyat madaniyatining shakllanish jarayonini o‘rganuv- 
chi yo‘nalish sifatida paydo boigan. Madaniy antropologiya- 
ning etnologiya bilan aloqasi to‘g‘risida so‘z borganda, awalo 
ta’kidlash kerakki, bu fan etnologiyaning tavsifiy dala material- 
laridan o‘zining konsepsiyalarini tekshirish va isbotlash maqsadi- 
da foydalanadi. 0 ‘z navbatida, etnologiya madaniy antropolo­
giya maiumotlaridan nazariy xulosalar chiqarishda foydalanadi.
Ijtimoiy antropologiya
va etnologiya aloqalari birmuncha 
boshqacharoq xususiyatga ega. Ijtimoiy antropologiyaning tadqiqot 
yoiialishi dunyo xalqlaridagi ijtimoiy jamoalarning o'ziga xos 
tomonlarini o‘rganishga qaratilgan. «
Ijtimoiy antropologiya»
atamasi 
ilk bora ingliz etnologiyasining asoschisi Jeyms Frezer tomonidan 
ilmiy muomalaga olib kirilgan. U mazkur yo‘nalishni insoniyatni 
oigauuvchi jismoniy antropologiyaga qarama-qarshi tushuncha 
sifatida joriy qilgan. Ijtimoiy antropologiya etnologiyaga nisbatan 
sotsiologiyaga yaqinroq b o iib , ularning har ikkisining ham 
tadqiqot mavzusi doirasiga etnik jamoalar kirmaydi.
36


Demak, etnologiya, antropologiya va sotsiologiya fanlari 
o‘xzro
tutash tadqiqot obyektiga ega, lekin ularning har biri ushbu 
predmetning o‘ziga xos tomonlarini boshqa fanlar yutuqlari va 
ilmiy xulosalaridan foydalangan holda tadqiq qiladi.
Etnologiyaga eng yaqin va qarindosh fan 
etnografiya
hisoblanadi. Tarixiy-etnografik adabiyotlardan m a’lumki, 
etnografiya mustaqil fan sifatida bundan bir yarim asr muqaddam 
maydonga kelgan. Mazkur fanning dastlabki davrdagi maqsad; 
turli xalqlar to ‘g‘risidagi ijtimoiy-madaniy materiallarni yig‘ish 
va ularni tasniflashdan iborat bo‘lgan.
«Etnografiya» termini turli mamlakatlarda turlicha ma’nolar- 
da qo‘llangan. Ko‘p hollarda u, etnos to‘g‘risidagi nazariy-metodo­
logik, umumlashgan xulosalarni o ‘zida mujassamlashtirgan 
etnologiyadan farqli ravishda, tavsifiy xarakterdagi tadqiqotlar­
ga nisbatan qo‘llangan. Muxtasar qilib bayon etiladigan bo‘lsa, 
zamonaviy etnologiya fani etnografiya ilmiga konseptual ilmiy 
apparat beradi. Etnografiya, ko‘pincha, tavsifiy ma’lumotlarni 
mujassamlashtiruvchi fan bo‘lsa, etnologiya nazariy xalqshunos- 
lik hisoblanadi.
Bu bo‘linish mazkur fanning tavsifiy (etnografiya) va nazariy 
(etnologiya) qismlarga bo‘linishiga oid qarashlarga asosiangan. 
Bundan tashqari yuqorida ta’kidlanganidek, nemislarda etnologiya 
nemis etnosi va boshqa etnoslar to ‘g‘risidagi fanlarga boiinadi. 
Birinchi holatda 
«Volkskunde»
iborasi nemistilida so‘zlashuvchi 
xalqlar (nemislar, avstriyaliklar, shveysariyaliklar)ni etnografik 
o‘rganish va tavsiflashda qo‘llanilgan bo‘lsa, « 
Volkerkunde»
iborasi 
nemis tilida so‘zlashmaydigan boshqa xalqlarni etnologik nuqtai 
nazardan o‘rganishda foydalaniladigan termin hisoblanadi.
Etnografiya dastlab G ‘arb olimlari tomonidan yevrcpalik 
bo'lm agan xalqlarning madaniy turm ush tarzi va ijtimoiy 
sohalardagi farqini bayon qiluvchi tavsifiy fan sifatida shakllangan. 
Aynan shu holat mazkur fanni «orqada qolgan» xalqlarni 
o‘rganuvchi fan degan tushuncha shakllanishiga sabab boigan. 
Bunday qarashlarning noto‘g‘ri ekanligi o‘z vaqtida isbotlangan 
bo‘lib, bugungi kunda har bir xalq etnografiyasini ilmiy ravishda 
o‘rganish dolzarb muammolardan biri ekanligi o‘z isbotini topib
37


ulgurgan haqiqatdir. Hozir dunyo miqyosida kechayotgan 
globallashuv jarayonida barcha etnoslar o‘ziga xos milliy-etnik 
xususiyatlari, ularning boshqa etnoslarnikidan farqli hisoblangan 
ijobiyjihatlarini saqlab qolishga harakat qilmoqdalar.
Et nologiyaning boshqa xalqlar bilan o‘zaro munosabati natija­
sida poleetnografiya, etnopsixologiya, etnolingvistika va etnoma­
daniyat kabi qator fan tarmoqlari vujudga kelgan. 
Poleoetnografiya

xalqlarning o ‘ziga xos madaniy turm ushidagi farqlarni 
arxeologik materiallar asosida o ‘rganuvchi fan; etnolingvistika
— tillarning kelib chiqishini, etnik jarayonlar aloqasini o ‘rga- 
nuvchi ilm sohasi; 
etnopsixologiya
esa etnik jarayonlarning etnos 
va shaxsning ruhiy holatiga ta’sirini tadqiq qiladi.

Download 5,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish