KIRISH
Bugungi kunda insoniyatni axborotlarni ishlab chiqish va barcha sohalarda
foydalanishi bo’yicha imkoniyatlarini kuchaytirish, zamonaviy texnologiyalar bilan
qurollantirish eng muhim fazivadir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevralda
qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha
harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmonida keltirilgan tegishli
sohalar uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va
samarali foydalanish dolzarb masalalardan biri qilib qo’yilgan.
Dunyo ta’lim tizimida talabalarning kasbiy kompetentligini kompyuterning
dasturiy vositalaridan foydalanib shakllantirish va rivojlantirish, mashg‘ulotlarda
multimedia, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng ko‘lamda va
ommaviy foydalanish masalalari tadqiq qilinmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarini
avtomatlashtirish, iqtisodiyotni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida
rivojlantirish, boshqaruv jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish,
faoliyat sohalari bo‘yicha talabalarga innovatsion bilim berish, kasbiy ko‘nikma va
malakalarni doimiy takomillashtirib borish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Jamiyatimiz uchun istalgan sohaning zamonaviy mutaхassislari, jumladan
pеdagog-o’qituvchilar, muhandislar, iqtisodchilar, moliyachilar, bank va soliq tizimi
хodimlari, ilmiy tadqiqotchilar, va boshqalar tеgishli sohaning aхborot rеsurslaridan
erkin va samarali foydalanishi: axborotlarni olish, to’plash, yaratish, qayta ishlash,
saqlash, uzatish uchun kompyutеr, aхborot tеlеkommunikatsiya vositalari bo’yicha
tеgishli bilimlarga, aхborotdan foydalanish madaniyatiga ega bo’lishlari kеrak.
Buning uchun esa “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va
tizimlar” fanining prеdmеtini o’rganish yotadi. Bu fan bevosita maktabdagi
“Informatika”, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida “Informatika va axborot
texnologiyalari” fanining uzviy davomi sifatida oliy o’quv yurtlarida “Iqtisodiyotda
axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” hamda “Iqtisodiyotda axborot
komplekslari va tizimlari” deb nomlanib o’qitiladi.
Respublikamizda ta’lim jarayonini modernizatsiyalash maqsadida Amerika
Qo‘shma Shtatlari, Rossiya, Fransiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Yaponiya,
Turkiya, Xindiston, Latviya davlatlarining nufuzli oliy ta’lim muassasalari filiallari,
qo‘shma fakultetlar, qo‘shma ta’lim markazlari tashkil qilinmoqda, ularning
moddiy-texnik
bazasi yaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali
kadrlarni tayyorlash siyosatini davom ettirish” ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Bu borada talabalarning kasbiy kompetentligini oshirish, kelajakda o‘z kasbining
yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishi mamlakatimizda ta’limning istiqbolli
yo‘nalishlarini belgilashga zamin yaratadi.
Yuqoridagi, hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning
2017 yil 7 fevralda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmonida keltirilgan
vazifalar har bir soha mutaxasislarini axboort-kommunikatsiya texnologiyalari
sohasidagi bilimlarni mukammal egallashlarini taqozo etadi.
Shundan kelib chiqib, mazkur fanning asosiy maqsadi talabalarga
kompyuterning tехnik, dasturiy (tizimli va amaliy, uskunaviy) va algoritmlash
vositalarining imkoniyatlarini, Microsoft Office 2013 dasturi ilovalari,
ma’lumotlarni tarmoqli qayta ishlash tеxnologiyalari, C++ dasturlash tilida sodda
dasturlar tuzish kabi mavzularni chuqur o’rgatish bo’yicha nazariy bilimlar, hamda
tеgishli soha masalalarini yеchish bo’yicha amaliy foydalanish ko’nikmalarini
mukammal shakllantirishdan iborat.
Ush fanni rivojlantirish bo’yicha mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va metodik acoclari hamda elektron
adabiyotlar, elektron axborot-ta’lim resurslari, dasturiy qobiqlarni yaratish, ta’lim
jarayonida qo‘llash imkoniyatlari mamlakatimiz olimlari A.Abduqodirov,
R.Boqiyev,
U.Begimqulov,
S.S.G‘ulomov,
F.M.Zakirova, B.B.Mo’minov,
N.A.Kayumova,
M.H.Lutfillayev,
M.E.Mamarajabov,
N.I.Tayloqov,
D.Toshtemirov, S.Q.Tursunov, A.Hayitov, T.Shoymardonov, U.Yuldashev va
boshqalarning tadqiqot ishlarida o‘z akcini topgan. Mustaqil Hamdo‘stlik
Mamlakatlarida axborot texnologiyalarini o‘rganish bo‘yicha M.V.Goryainov,
L.P.Grishchenko, T.A.Dyujeva, M.A.Ivanova, YE.I.Mashbits, O.S.Stepanova ilmiy
tadqiqotlar olib borgan, Xorijlik olimlar: B.K.Atrostic, S.V.Nguyen, E.Brynjolfsson,
A.Mcafee, D.H.Autor, D.Dorn, C.B.Frey, M.A.Osborne, L.E.Varshavskii va
boshqalar o‘z ilmiy ishlarida axborot iqtisodiyoti va ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish bilan bog‘liq bir qator muammolarni yoritgan.
Ushbu o’quv qo’llanma bilan tanishib chiqayotganligingizdan xursandmiz.
Qo’llanma haqidagi fikr va mulohazalarni hamda unda mavjud kamchiliklarni
bahodir.suropov@mail.ru
e-mailiga yuborishingizni so’raymiz.
Mualliflar