turli-tuman yondosh fanlar bilan o‘zaro aloqada taraqqiy etib,
rivojlanib boradi.
Antropologiya, madaniyatshunoslik, arxeologiya,
sotsiologiya, politologiya, geografiya va etnografiya
kabi
fanlar
o‘z t adqiqot mavzulari yaqinligi jihatidan etnologiyaga juda yaqin
turuvehi yondosh fanlar hisoblanadi.
Etnologiyaning mazkur fanlar bilan doimiy aloqasi turlicha
b oiib, ularning har biri bilan ma’lum muammolar va savollar
aoirasidagina o'zaro munosabatga kirishadi.
Etnologiyaga nisbatan yaqinroq fan antropologiya hisoblanadi.
Har ikki fan ham irqlarning kelib chiqishi va ularning dunyo
bo‘ylab tarqalishi, tarixiy-madaniy rivojlanish jarayonida odamlar
jismoniy qiyofasining o ‘zgarishi, etnoslarning antropologik
tuzilishi kabi savollarga javob izlaydi.
Hozirgi kunda ijtimoiy,
madaniy, psixologik, strukturaviy, simvolik antropologiya kabi
mustaqil ilmiy yo‘nalishlarning mavjudligi bois bular orasidagi
m unosabatda m a’lum bir darajadagi
noaniqliklar saqlanib
kelmoqda.
Zamonaviy G ‘arb fanida «etnologiya» va «antropologiya»
terminlari orasida amalda qat’iy o‘rnatilgan chegara mavjud emas.
Ba’zi tadqiqotchilar
«etnologiya»
va «
antropologiya»
terminlarini
o‘zaro sinonim deb izohlaydilar. Bizningcha, bunday baholashda
ular antropologiyada etnogenez va demografik jarayon hech
qachon tadqiqot obyekti bo'lmaganligini bir oz nazardan chetda
qoldiradilar.
Antropologiya
insoniyatning biologik
va jismoniy tabiati
haqidagi fan hisoblanadi va hozirgi davrda ham shu xususiyatini
saqiab qolmoqda.
Etnologiya esa o'zining tadqiqot obyektiga ko'ra antropologiyaga
qaraganda kengroqdir. Shu tufayli mazkur fanlarni bir xil ilm
sohasi deb bolmaydi. Lnchunun, bu o'rinda ushbu ikki tushun-
chaning o‘zaro aloqadorligi to ‘g‘risida qisqacha tarixiy m a’lumot
berilishi joizdir. XIX asrning birinchi
yarmida etnologiyaning
tadqiqot mavzusi doirasiga jismoniy antropologiya ham kirgan.
Jumladan, bu holat «Parij etnologlar jamiyati» nizomida ham
aks etgan. Nizomda etnologiyaning tadqiqot mavzulari doirasiga
«insoniyat irqining o‘ziga xos tomonlari, jismoniy o‘ziga xos
34
tuzilishi, aqliy qobiliyati, ruhiyati tarixi, an’analari va tilini o ’rga-
nish» kirishi ta ’kidlangan edi. XIX asr o‘rtalaridan
boshlab esa,
etnologiya va antropologiya fanlarini o‘zaro mustaqil ikki fan deb
hisoblovchi qarashlar paydo bo‘igan. Bunday nuqtai nazar
mualliflari etnologiyani xalqlar to ‘g‘risidagi fan, antropologiyani
esa inson to‘g‘risidagi fan sifatida talqin qilganlar. Bu kabi qarashlar
natijasida G erm aniyada “Antropologiya, etnologiya yozma
tarixgacha bo‘lgan tarix jamiyati” (1869), Italiyada — “Italiya
antropologiya va etnologiya jamiyati” (1871) kabi tashkilotlar
tuzilgan. Shu bilan birga XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab
ushbu g‘oyalarga
qarama-qarshi boigan qarashlar, ya’ni etno
logiya antropologiyaning tarkibiy bir qismi, deb hisoblovchi
mulohazalar ham paydo boigan. Angliyada 1843-yilda tuzilgan
“Etnologiya jamiyati” va 1863-yilda tashkil qilingan “Antropolo
giya jamiyati” o‘zaro qo‘shilib, 1871 -yilda “Buyuk Britaniya va
Irlandiya antropologiya Qirollik instituti»ga aylantirilgan1.
Etnos tabiiy rivojlanish oqibatidagina emas,
balki ijtimoiy
madaniy jarayonlar natijasida ham shakllanadi. Shu boisdan ham
etnologiyada etnik jarayonlarni o ‘rganishda ijtimoiy va madaniy
jarayonlar ham tadqiq qilinadi. Ijtimoiy va madaniy jarayonlarni
o‘rganishda esa sotsiologiyaning o‘rni beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: