A ashirov, sh. Atadjanov


Etnologiya faning predmeti



Download 5,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/165
Sana29.01.2022
Hajmi5,1 Mb.
#417043
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   165
Bog'liq
fayl 336 20210420 (1)

1.2. Etnologiya faning predmeti
Har bir fan izlanish predmeti va usullari bilan boshqa fan- 
lardan farqlanib turadi.
Etnologiya fan sifatida paydo bo‘lganidan to hozirgi davrga 
qadar uning asosiy tadqiqot obyekti xalq va xalqlarning madaniy
20


o ‘ziga xosligi bo‘lib kelgan. Muxtasar qilib tushuntirilsa, mazkur 
fan orqali turli xalqlar etnogenezi va etnik tarixi, an ’anaviy va 
zamonaviy etnomadaniy jarayonlar, moddiy va ma’naviy m ada­
niyat muammolari hamda etnoslararo jarayonlar tadqiq qilinadi. 
Demak, fikrimizcha, etnologiya asosiy tadqiqot obyekti sifatida 
etnos bilan bog‘liq quyidagi jihatlarni o‘rganadi (etnologiya pred- 
metini m a’lum bir tartibda bayon qilishda biz fandagi an’anaviy 
qarashlardan yangi noan’anaviy nuqtai nazarlar, mulohazalar 
tomon harakatlanishni m a’qul deb bildik):
♦ etnogenez va etnik tarix muammolari;
♦ etniklik va etnik guruhlar muammosi;
♦ xalqlarning m a’naviy dunyosi, moddiy madaniyati;
♦ xalqlarning e’tiqodiy qarashlari, milliy marosim va urf- 
odatlari;
♦ turli xalqlarning qarindoshlik tizimi: qarindosh-urug‘chilik 
aloqalari va qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlari;
♦ xalqlarning ijtimoiy va siyosiy tuzilmalari (oila, jamiyat va 
siyosat):
♦ turli xalqlarga xos ta’lim-tarbiya an’analari tizimi;
♦ bir xalq madaniyatining turli komponentlari orasidagi o‘zaro 
aloqa va bog‘liqlik muammolari;
♦ u yoki bu xalq madaniy xususiyatlari takomili yoki tanazzuli 
dinamikasi (madaniy o‘zgarishlar);
♦ turli xalqlar etnopsixologiyasidagi o‘ziga xosliklar;
♦ turli xalqlar mavjud hayot tarzining, tabiiy-geograflk muhitga 
moslashishi;
♦ etnos va biosfera;
♦ etnoslar qadriyatlarini taqqoslash;
♦ turli xalqlarni dunyo miqyosida taqqoslash;
♦ madaniyatlararo muloqotlarning o'ziga xos xususiyatlari;
♦ etnoslarning paydo bo‘lishi va boiinib ketishi sabablari;
♦ xalqlarning joylashuvi;
♦ etnoslar va demografik jarayonlar;
♦ etnos vakillarining iqtisodiy munosabatlari;
♦ etnolingvistika va etnomadaniyat muammolari;
♦ an ’ana va marosimlarning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti, 
innovatsiya hamda transformatsiyalashuvi.
21


Ushbu ro‘yxatni yanada kichikroq qismlarga boigan holda 
davom ettirish mumkin. Biroq, shunig o ‘zi ham etnologiyaning 
tadqiqot obyekti haddan tashqari ko‘p qirrali, amalda unga 
daxldor bo‘lmagan rnasalaning o‘zi yo‘q ekanligidan dalolat beradi. 
Qolaversa, ushbu ma’lumotlar etnologiyaning asosiy poydevori 
yozma manbalar hamda moddiy yodgorliklardan iborat boigan 
an’anaviy tarix fanidan birmuncha kengroq ekanligidan dalolat 
berib turibdi. Shuningdek, etnologiyada insoniyat tarixining 
dastlabki yozma madaniyat shakllangangunicha boigan davrda 
yashagan va o'zlarining alohida yozuvlariga ega boigan xalqlar — 
etnoslar asosiy tadqiqot obyekti sifatida o‘rganiladi.
Oldingi qismlarda ta’kidlaganimizdek, XIX asr oxirida Yev- 
ropada etnologiyaning asosiy mavzusi ibtidoiy sharoitda yasha- 
yotgan «primitiv» xalqlar boigan edi. Yevropalik tadqiqotchilar 
bu xalqlar misolida go'yoki o‘zlarining qaysidir m a’noda uzoq 
oimishdagi «tirik ajdodlari»ni his qilganlar. Aynan shu sababga 
binoan ushbu xalqlar yevropalik tadqiqotchilarni ko‘proq qiziq- 
tirgan. Shuning uchun ham yevropaliklar «orqada qolgan» xalqlarga 
nisbatan 
«primitiv»,
ya’ni 
«birinchi»
degan iborani qoilaganlar. 
«Birinchi» xalqlar io‘g‘risida XIX asrdagi etnologiya maktablarining 
yirik namoyandalaridan biri Lyuis Genri Morganning 
«Qadimgi
jamiyat»,
Eduard Teylorning 
«Ibtidoiy madaniyat»
kabi olamga 
mashhur asariari paydo boigan. Shuningdek, nemis etno- 
logiyasining asoschilaridan Teodor Vays va Adolf Bastian tad- 
qiqotlari ham «ibtidoiy xalqlar»ga bagishlangan b o iib , ular 
mazkur xalqlarni «madaniy rivojlangan xalqlar», ya’ni Yevropa 
xalqlari bilan o'zaro qiyosiy ravishda o‘rganishga bagishlagan.
0 4 g an yuz yillikda mazkur fan doirasida olib borilgan 
tadqiqotlar tufayli etnologiya Oiiy o‘quv yurtlari o‘quv predmetiga 
aylangan va dunyoning ko‘plab mashhur universitetlarida maxsus 
fan sifatida o ‘qitila boshlangan. Buning pirovard natijasida 
etnologiyaga yangicha q arash lar bilan q u rollangan fan 
namoyandalari — nazariyotchi etnologlar kirib kelganlar1. Shu
1 Садохин A J L f Трущевицкая Т.Г. Этнология. Учебник для высших

Download 5,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish