litskiylarning tadqiqotlarida o‘zbek xalqining etnik tarixi, ijtimoiy-
iqtisodiy hayoti,
geopolitik joylashuvi, o‘zaro ichki va tashqi
aloqalari, an’anaviy turmush tarzi va madaniyatiga doir ko'piab
ilmiy materiallar to ‘plangan.
XX asrning birinchi choragida Respublikamiz hududida
etnografik tadqiqotlarni o‘tkazishda yosh Turkiston Respub-
likasining fan va maorif tashkilotlari tomonidan ancha jonkuyar-
lik ko‘rsatilgan. 1921-yilda mahalliy hokimiyat tomonidan o‘z
davrining m ashhur etn o g ra f o lim larid an tashkii topgan
‘Turkiston tub aholisining maishiy turmushini o‘rganish ilmiy
komissiyasi” faoliyat yuritgan. Aynan shu komissiya ishtirokida
mashhur elshunos tadqiqotchi olim A.A. Divayev rahbarligida
Sirdaryo viloyati va 0 ‘rta Osiyo
xalqlari etnografiyasining
bilimdonlaridan biri M.S. Andreyev boshchiligida Samarqand
viloyatida yashovchi el-uluslar etnografiyasi va boy folklor —
xalq og‘zaki ijodi na’munalarini o‘rganish bo‘yicha etnofolkloristik
ekspeditsiyalar uyushtirilgan.
1928 — 30-yillarda yirik o‘zbek folklorshunoslari G ‘ozi —
OlimYunusov vaHodi Zaripov hamda mashhur rus etnografl
L.P. Potapov tomonidan o'zbek xalqi madaniyati, etnografiyasi
va folklorini o‘rganish borasida uyushtirilgan maxsus ekspeditsiya
lar jarayonida ham mahalliy aholining o‘ziga xosligi yuzasidan
juda boy materiallar to ‘plangan.
XX
asrning 20 — 30-yillariga qadar etnografiya muammolari
bilan ko‘proq rusiyzabon olimlar shug‘ullangan bo‘lsalar, 30-
yillar oxiriga kelib M.A. Bikjanova, Sh. Inog'omov, T. Mir-
g‘iyosov, M. Yusupov, H. Husanboyev, G. Alimov, A.
Boltayev,
M. Saidjonov kabi mahalliy mutaxassis-etnograflarning yan
gi avlodi shakllangan. Bu davrda yaratilgan tadqiqotlar muzeylarda
va ilmiy markazlarda bajarilgan bo‘lib, ularning asosiy ilmiy
natijalari, asosan, turli jurnallarda maqolalar tarzidagina e’lon
qilingan.
Etnografiya fani tarixshunosligi bilimdonlaridan biri tarix
fanlari doktori A. Doniyorovning yozishicha, o‘sha yillarda etnograf
va tarixchilar o ‘zbek ham da qoraqalpoq xalqlari va ular
ajdodlarining kelib chiqishi — etnogenezi muammosini faol
15
o ‘rganishga kirishganlar1. Natijada, qator kompleks ekspe-
ditsiyalar tomonidan muhim tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bu
borada, ayniqsa, mashhur arxeolog va elshunos olim S.P. Tolstov
boshchiligidagi Xorazm arxeo-etnografik ekspeditsiyasi
muhim
o ‘rinni egallaydi. Mazkur ekspeditsiya tarkibida o ‘zlarining
dastlabki ilmiy izlanishlarini olib borgan T.A. Jdanko, K.L.
Zadixina, I. Jabborov, S. Kamolov, G.P. Snesarev kabi tad-
qiqotchilar keyinchalik mashhur etnograf olimlar bo‘lib yetish-
ganlar. Ular Xorazm vohasida yashovchi xalqlar — o‘zbeklar,
qoraqalpoqlar, turkm anlar va qozoqlarning madaniyati va
turmushiga oid ko‘plab fundamental asarlar yaratganlar.
Xorazm ekspeditsiyasi tadqiqotlari, bir tomondan, 0 ‘zbe-
kiston etnograflari uchun mintaqa xalqlarining etnogenezi, xo‘jalik
o'tmishi, moddiy va ma’naviy madaniyati tarixi,
turmushi va
urf-odatlarini tadqiq etishdek murakkab masalalarni hal etish
imkoniyatini yaratdi. Ikkinchi tomondan, arxeologik va etnogra
fik tadqiqotlar, ularning xulosalari orqali tarixchilarning tadqi-
qotchilik amaliyoti uchun muhim hisoblangan ijtimoiy insti-
tutlar va oilaviy munosabatlar tarixini asoslashga xizmat qiluv
chi muhim ilmiy asoslar yuzaga kelgan.
1943-yilda 0 ‘z FA Tarix va arxeologiya instituti tarkibida
Etnografiya bo'limining tashkil etilishi respublikada etnografik
ilmiy izlanishlarni
yanada jonlantirib yubordi, deb hisoblash
mumkin. Bu davrda tadqiqotchilar tomonidan, asosan, tarixiy
va zamonaviy etnografiya hamda o ‘zbeklarning etnik muam-
molari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borildi.
1950 — 53-yillar mobaynida Farg‘ona vodiysini o‘rganish
bo‘yicha tashkil etilgan ekspeditsiya jarayonida Namangan va
Farg‘ona viloyatlari qishloq aholisi turmushida sovet davrida yuz
bergan o'zgarishlar kommunistik mafkura nuqtai nazaridan
o‘rganilgan.
1960 — 70-yillarda o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi,
etnik tarkibi hamda mintaqalardagi qator subetnoslar bo‘yicha
Do'stlaringiz bilan baham: