O‘zbekiston hududidagi dastlabki etnografik tadqiqotlar.
0 ‘rta
Osiyo
xalqlari,
shu jumladan, o‘zbek xalqi etnografiyasi haqi
dagi dastlabki m a’lumotlar
arxeologik yodgorliklar,
ilk yozma
manbalar va turli qadimiy tarixga oid materiallardan m a’lum.
Qadimgi davrlarda va 0 ‘rta asrlarda Amudaryo
va Sirdaryo
bo‘ylarida yashagan xalqlar etnologiyasini o‘rganishda
zardushtiy-
lik dinining muqaddas kitobi — “Avesta”,
qadimgi turkiy bitik-
lar va so‘g‘diy
yozuvlar, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar” , M ahmud Qoshg‘ariyning
“ Devonu lug‘atit-turk” , Abu Bakr Narshaxiyning “Buxoro tari
xi”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” hamda “Nasabno-
mai o‘zbek” , Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” ,
Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma”, Abulg‘oziy Bahodir-
xonning “Shajarai turk”«, Muhammad Solihning “Shayboniy-
noma” kabi asarlari katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: