303
10.8. Nazorat uchun savollar.
1.
Elektr yuritma boshqaruvi va himoyasi tizimida qo‗llaniladigan
kontaktli
elektrik apparatlarning asosiy turlarini sanab bering.
2.
Avtomatik o‗chirgichlar tarkibiga qanday uzgichlar kiradi?
3.
Magnitli yurgizgichlar yordamida «nol» himoyasi qanday amalga oshiriladi?
4.
Elektrmagnitli vaqt relesida vaqtning tutib turilishi qanday amalga
oshiriladi?
5.
Proporsional va proporsional – integral rostlagichlar qanday uzatish
funksiyasiga ega?
6.
Mikroprotsessor qanday vazifalarni bajaradi?
7.
Mikroprotsesssorli qurilmalarni dasturlashning asosiy usullarini ayting.
8.
Past kuchlanishli komplektli boshqaruv qurilmalarining
asosiy turlarini
sanab bering.
9.
Komplektli boshqaruv qurilmalari himoya qobiqlari tasnifini keltiring.
11. ELEKTR YURITMALARNING ENERGETIK TAVSIFLARI.
11.1. Elektr yuritmaning energetik ko‘rsatkichlari.
Elektr yuritma xissasiga barcha ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 2/3
qismi to‗g‗ri keladi. Shuning uchun bu elektr energiyani qanday ishlatish katta
texnik va iqtisodiy ahamiyatga ega.
Barcha elektr yuritmalar (avtotransportlardan tashqari) sanoat tarmog‗idagi
50Gs chastotaga ega bo‗lgan tok manbasida ta‘minlanadi. Elektr yuritmalar
tarmoqdan aktiv quvvatni oladilar. Bu aktiv quvvat
ishchi mashinaning foydali
ishni bajarish uchun hamda mashina elektrmexanik qismlaridagi barcha isroflarni
qoplash uchun sarflanadi.
Elektr energiyasidan foydalanishni taxlil qilar ekanmiz, texnologik jarayonning
energetik samaradorligi va elektr yuritmaning samaradorligini farqlay bilishimiz
kerak. Texnologik jarayonning energetik samaradorligi
elektr yuritma va ishchi
mashinaning
birgalikda ishlashiga bog‗liq bo‗ladi.
Elektr yuritmaning
304
samaradorligi esa uning foydali ish koeffitsienti bilan aniqlanadi. Umumiy
tuzilmaning foydali ish koeffitsienti tuzilma chiqish quvvatining
kirish quvvatiga
nisbati bilan aniqlanadi:
,
(11.1)
Bu yerda
=
- berilgan qurilmadagi yo‗qotish. Elektr yuritmaning
kuch
qismi elektrmotorli, uzatuvchi va o‗zgartiruvchi qurilmalardan iborat.
Shuning uchun elektr yuritmaning to‗liq foydali ish koeffitsienti bu qurilmalar
foydali ish koeffitsientlari ko‗paytmasiga teng bo‗ladi:
η = η
dv.
·η
red.
·η
o‘zg
Elektrmotorning foydali ish koeffitsienti motor validagi mexanik quvvatning
stator chulg‗amlarida iste‘mol qilinadigan quvvatga nisbati bilan aniqlanadi:
η
dv.
=
.
0,1 – 15,0 kWt quvvatga ega bo‗lgan asinxron motorning foydali ish koeffitsienti
0,8 – 0,9 ni tashkil qiladi.
Quvvat ortishi bilan foydali ish koeffitsienti ham oshib boradi. Yuqori
tezlikli, katta, quvvati 1000 kWt dan oshiq bo‗lgan o‗zgaruvchan tok
motorlarida
foydali ish koeffitsienti 0,97 gacha bo‗lishi mumkin.
Elektr motorlarning foydali ish koeffitsienti asosan motor validagi
yuklamaga bog‗liq bo‗ladi. Bunday bog‗liqlikni taxlil qilish uchun isrof
larni
doimiy K va o‗zgaruvchan V turlarga ajiratish usulidan foydalaniladi.
= K+V
(11.2)
Tezlik bo‗yicha rostlanmaydigan motorlar uchun doimiy
isroflar quyidagilardan
iborat bo‗ladi:
- po‗latdagi isroflar,
- mexanik isroflar (o‗zini shamollatish),
- qo‗shimcha isroflar.
305
O‗zgaruvchan isroflar mashina chulg‗amidagi tok kvadratiga bog‗liq bo‗lib,
quyidagilarlardan tashkil topadi:
- o‗zgarmas tok mashinalari uchun
V = I
2
ya
R
ya
- asinxron motorlar uchun rotor va statordagi isroflar yig‗indisi
V =3I
2
1
r
1
+ 3I
2
2
r
2
Rotor zanjiridagi isroflar (6.8) ga asosan motor validagi momentga va
sirpanishga proporsional bo‗ladi
3I
2
2
r
2
= M·ω
0
s.
Stator chulg‗amidagi yo‗qotishlarni rotordagi
isroflarga nisbati taxminan
r
1
/r
2
nisbatda bo‗ladi deb aytishimiz mumkin.
Unda asinxron motorlar uchun o‗zgaruvchan isroflar quyidagicha bo‗ladi:
V = M·ω
0
s (1+ r
1
/ r
2
)
(11.3)
Do'stlaringiz bilan baham: