A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


-BOB. TIKLANISH VA TARAQQIYOT



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

12-BOB. TIKLANISH VA TARAQQIYOT 
JAMG'ARMASINING TASHKILIY VA HUQUQIY ASOSLARI 


311 
 
 
12.1 Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining tashkil topishi 
O‗zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‗armasi 
(keyingi  o‗rinlarda  ―Jamg‗arma‖  deb  yuritiladi)  O‗zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  ―O‗zbekiston  Respublikasining  Tiklanish 
va  taraqqiyot  Jamg‗armasini  tashkil  etish  to‗g‗risida‖gi  2006-yil  11-
maydagi PF–3751-sonli Farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Jamg‗arma 
Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  moliyaviy  muassasa  bo‗lib, 
faoliyatining  asosiy  maqsadi  iqtisodiyotning  yetakchi,  eng  avvalo 
bazaviy  tarmoqlarini  modernizatsiyalash  va  texnikaviy  qayta 
qurollantirish  bo‗yicha  loyihalarning  amalga  oshirilishini  ta‘minlash, 
shuningdek  mamlakatni  muttasil,  barqaror  va  mutanosib  ravishda 
ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishga  erishish  hamda  samarali  tarkibiy  va 
investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat. 
Jamg‗arma 
o‗z 
faoliyatini 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi,  O‗zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,  O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, O‗zbekiston 
Respublikasining  boshqa  qonun  hujjatlari  va  ushbu  Nizomga  muvofiq 
amalga oshiradi. 
Jamg‗arma O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 
tashkil  etilib,  yuridik  shaxs  huquqlariga,  o‗zining  mustaqil  balansiga, 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankida hisobvaraq, shu jumladan 
xorijiy  valyutadagi  hisobvarag‗iga,  O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat 
gerbi tushirilgan muhriga ega bo‗ladi. 
 Jamg'armaning  ijro  etuvchi  direktsiyasi  Jamg'arma  ijroiya  organi 
va uning mablag'larini tasarruf etuvchi hisoblanadi. 
Jamg'armaning  ijro 
etuvchi  direktsiyasi 
tarkibida  tegishli 
loyihalarni  moliyalashtirish  bo'yicha  tavsiyanomalar  berilishi  uchun 
mas'ul bo'lgan ekspert guruhi tashkil qilinadi


312 
 
Jamg'armaning  ijro  etuvchi  direktori  O'zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  lavozimga  tayinlanadi  va  undan  ozod 
qilinadi, maqomi bo'yicha esa Vazir o'rinbosariga tenglashtiriladi
Jamg'armaning  ijro  etuvchi  direktsiyasi  faoliyati  Jamg'armani 
boshqarish  bo'yicha  Kengash  tomonidan  tasdiqlanadigan  xarajatlar 
smetasi asosida Jamg'arma mablag'lari hisobidan ta'minlanadi. 
  Quyidagilar: 
O'zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi,  
Belgilansinki, har oyda Jamg'arma hisobiga: 
− respublikaning  ayrim  strategik  resurslari  bo'yicha  jahon 
bozorlaridagi  qulay  narxlar  natijasida  hosil  bo'lib,  ortiqcha  foydadan 
olinadigan  soliqlar,  er  bag'ridan  foydalanganlik  uchun  soliq  va  aktsiz 
solig'i  tarzida  respublika  byudjetiga  rejadan  ortiqcha  tushadigan 
mablag'lar; 
− har  yili  Davlat  byudjeti  parametrlarini  tasdiqlash  chog'ida 
Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  bilan  qimmatbaho  metallarga 
belgilanadigan  chegara  narxdan  jahon  narxining  oshishi  natijasida 
tushadigan mablag'lar o'tkazib boriladi. 
Shu bilan bir qatorda, kelib tushishiga qarab Jamg'arma hisobiga: 
− O'zbekiston Respublikasining xorijiy sheriklar bilan mahsulotni 
taqsimlash  to'g'risidagi  bitimlari  doirasida  mahsulotni  sotishdan 
oladigan daromadlari; 
− davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda 
Davlat byudjeti daromadlari rejasidan ortiqcha tushadigan mablag'lar; 
− Jamg'arma  aktivlarini  boshqarishdan,  shu  jumladan  Jamg'arma 
mablag'larining 
bo'sh 
qoldiqlarini 
joylashtirishdan 
olinadigan 
investitsiya daromadlari o'tkaziladi. 
  Quyidagilar belgilansin: 
− Jamg'arma  O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankidagi 
hisobvaraqlarda chet el valyutasida shakllantiriladi
− Jamg'arma  vakolatli  banklarni  moliyalashtirishni  taklif 
etiladigan investitsiya loyihalari hamda ochiladigan kredit liniyalarining 
samaradorligi  va  o'zini  qoplash  muddatlarini  hisobga  olgan  holda 


313 
 
moliyalashtirish  shartlari  va  Jamg'arma  mablag'larini  qaytarish 
mexanizmi  to'g'risida  imzolanadigan  bosh  bitimlar  asosida  amalga 
oshiradi. 
− Jamg'arma tomonidan beriladigan kredit resurslari bo'yicha foiz 
stavkasi yiliga 6 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanadi. 
Davlat  byudjeti  hisobiga  qoplanadigan  Jamg'arma  kreditlarini 
qaytarish  O'zbekiston  Respublikasining  Markaziy  banki  tomonidan 
xorijiy  valyutani  qoplash  kuniga  belgilangan  kursida  so'mda, 
keyinchalik  xorijiy  valyutani  o'rnatilgan  tartibda  Jamg'arma  hisob 
raqamlariga o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi
Jamg'arma 
hisobidan 
moliyalashtiriladigan 
(qo'shma 
moliyalashtiriladigan)  import  kontraktlari  Davlat  byudjeti  mablag'lari 
hisobiga  moliyalashtiriladigan  import  kontraktlari  uchun  belgilangan 
tartibda ekspertizadan o'tadi. 
Jamg'arma  aktivlarining  barqarorligi  va  ularning  daromadliligini 
ta'minlash uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Jamg'arma 
bilan  ishonchli  boshqaruv  to'g'risidagi  bosh  bitim  asosida  Jamg'arma 
mablag'larining  bo'sh  qoldiqlarini  yuqori  likvidli,  ishonchli  xorijiy 
moliya vositalariga joylashtirishni amalga oshirsin. 
O'zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  va  Markaziy  banki  bir 
oy muddatda: 
Jamg'armaning  bo'sh  qoldiqlarini  xorijiy  moliya  vositalariga, 
investitsiya operatsiyalariga joylashtirish tartibini, jumladan Jamg'arma 
mablag'larining  bir  qismini  ishonchli  tashqi  boshqaruvchi  tomonidan 
boshqarishga topshirishni belgilab beradigan me'yoriy hujjatlarni ishlab 
chiqsin  va  Jamg'armani  boshqarish  bo'yicha  Kengashga  tasdiqlash 
uchun kiritsin; 
Jamg'arma  manbalaridan  biri  sifatida  —  alohida  soliq  stavkalari 
bo'yicha  O'zbekiston  Respublikasining  Tiklanish  va  taraqqiyot 
jamg'armasi  mablag'larini  shakllantirish  Tartibini  ishlab  chiqsin  va 
tasdiqlasin. 
  Jamg'armaning ijro etuvchi direktsiyasi zarur aloqa vositalari bilan 
ta'minlangan  holda  O'zbekiston  Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat 


314 
 
milliy banki binosiga joylashtirilsin. 
Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi ijrochi direktsiyasi O'zbekiston 
Respublikasi  Davlat  statistika  qo'mitasi,  Moliya  vazirligi,  Tashqi 
iqtisodiy  aloqalar,  investitsiyalar  va  savdo  vazirligi,  Davlat  mulki 
qo'mitasining  statistik  axborotnomalari  yuborilishi  shart  bo'lgan 
ro'yxatga kiritilsin. 
  O'zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  Moliya  vazirligi, 
Markaziy  banki,  boshqa  manfaatdor  vazirliklar  va  idoralar  bilan 
birgalikda  bir  oy  muddatda  idoraviy  normativ  hujjatlarga  ushbu 
qarordan kelib chiqadigan o'zgarishlar kiritilishini ta'minlasin. 
  O'zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi 
(keyingi  o'rinlarda  «Jamg'arma»  deb  yuritiladi)  O'zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  «O'zbekiston  Respublikasining  Tiklanish 
va  taraqqiyot  Jamg'armasini  tashkil  etish  to'g'risida»gi  2006  yil  11 
maydagi PF–3751-sonli Farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Jamg'arma 
Vazirlar 
Mahkamasi 
huzuridagi 
moliyaviy 
muassasa 
bo'lib, 
faoliyatining  asosiy  maqsadi  iqtisodiyotning  etakchi,  eng  avvalo 
bazaviy  tarmoqlarini  modernizatsiyalash  va  texnikaviy  qayta 
qurollantirish  bo'yicha  loyihalarning  amalga  oshirilishini  ta'minlash, 
shuningdek  mamlakatni  muttasil,  barqaror  va  mutanosib  ravishda 
ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishga  erishish  hamda  samarali  tarkibiy  va 
investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat. 
  Jamg'arma 
o'z 
faoliyatini 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi,  O'zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O'zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O'zbekiston Respublikasi 
Prezidenti  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,  O'zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  qaror  va  farmoyishlari,  O'zbekiston 
Respublikasining  boshqa  qonun  hujjatlari  va  ushbu  Nizomga  muvofiq 
amalga oshiradi. 
  Jamg'arma  O'zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasi 
huzurida  tashkil  etilib,  yuridik  shaxs  huquqlariga,  o'zining  mustaqil 
balansiga, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida hisobvaraq, shu 
jumladan  xorijiy  valyutadagi  hisobvarag'iga,  O'zbekiston  Respublikasi 


315 
 
Davlat gerbi tushirilgan muhriga ega bo'ladi. 
  O'zbekiston  Respublikasi  Hukumati  O'zbekiston  Respublikasi 
Moliya  vazirligi  timsolida  Jamg'arma  muassisi  hisoblanadi.  Tijorat 
banklari,  xorijiy  jamg'armalar,  investorlar  va  boshqa  manfaatdor 
tuzilmalar ham Jamg'arma muassislari bo'lishlari mumkin. 
  Jamg'arma  mablag'lari  O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy 
bankining 
Toshkent 
shahar 
Bosh 
boshqarmasi 
QKKMda 
Jamg'armaning maxsus hisobvaraqlarida jamlanadi. 
 . Jamg'arma loyihalarni moliyalashtirish (qo'shma moliyalashtirish) 
quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi: 
Jamg'armani 
boshqarish 
bo'yicha 
Kengash 
qarori 
bilan 
tasdiqlanadigan  ro'yxatga  kiritilgan  vakolatli  banklarning  (keyingi 
o'rinlarda — tijorat banklari) buyurtmanomalariga binoan — muddatli, 
to'lovli  va  qaytarish  asosida  kreditlar  berish  va  kredit  liniyalarini 
ochish; 
Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  bo'yicha  ayrim  investitsiya 
loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab 
chiqish  uchun  Iqtisodiyot  vazirligi  buyurtmanomalariga  binoan  — 
grantlar  yoki  foizsiz  kreditlar  berish  (yiliga  Jamg'armaning  o'tgan 
yildagi foydasining 5 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda); 
O'zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  bilan  kelishilgan  tijorat 
banklari  va  qarz  oluvchining  buyurtmanomalari  bo'yicha  hamda 
Hukumat  qarorlari  asosida  —  Davlat  byudjeti  mablag'lari  hisobidan 
qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish
tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarning ta'sis hujjatlariga va 
ularni tashkil etish to'g'risidagi Hukumat qarorlariga muvofiq  — yangi 
tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy 
tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega 
bo'lgan  korxonalarning  ustav  kapitaliga  investitsiya  kiritish  (korxona 
yoki  tashkilot  ustav  kapitali  (fondi)ning  25  foizidan  ko'p  bo'lmagan 
miqdorda). 
Shuningdek,  Jamg'arma  mablag'lari  quyidagilarga  ishlatilishi 
mumkin: 


316 
 
Moliya  vazirligining  buyurtmanomalari  bo'yicha  va  tegishli 
Hukumat  qarorlariga  asosan  —  davlatning  tashqi  qarzlari  bo'yicha 
xalqaro 
moliya 
institutlari 
va 
xorijiy 
kreditorlar 
oldidagi 
majburiyatlarni muddatidan oldin to'lash; 
tasdiqlangan  davlat  dasturlariga  muvofiq  Hukumat  qarorlari 
bo'yicha  —  yangi  zamonaviy  xorijiy  texnologiyalar,  texnika  va 
uskunalar  hamda  strategik  ahamiyatga  ega  bo'lgan  boshqa  tovarlarni 
xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish. 
  Jamg'armaning  ijro  etuvchi  direktsiyasi  Jamg'arma  mablag'larini 
tasarruf etuvchi hisoblanadi. 
  Jamg'arma  manzili:  O'zbekiston  Respublikasi,  Toshkent  shahri, 
Amir Temur ko'chasi, 101-uy. 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish