A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


Bandlik jamg„armasi daromadlari prognozini ko„rib chiqish va



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

11.2 Bandlik jamg„armasi daromadlari prognozini ko„rib chiqish va 
kelishish hamda uning  mablag„laridan foydalanish tartibi 
 


308 
 
O‗zbekiston  Respublikasi  Mehnat  vazirligi qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda va muddatlarda har yili, lekin joriy yilning birinchi 
iyulidan  kechikmay  kelgusi  yil  uchun  Bandlik  jamg‗armasi 
daromadlarining tushish manbalari va uning mablag‗laridan foydalanish 
yo‗nalishlari  bo‗yicha  prognozni  (keyingi  o‗rinlarda  Bandlik 
jamg‗armasi  byudjeti  loyihasi  deb  ataladi)  O‗zbekiston  Respublikasi 
Moliya vazirligiga ko‗rib chiqish uchun taqdim etadi, ushbu prognoz: 
 
hududlar  bo‗yicha  Jamg‗armaga  tushum  manbalari  bo‗yicha 
o‗tgan  yilda haqiqatda  tushgan  mablag‗lar  va  joriy  yilning  birinchi 
yarim yilida kutilayotgan daromadlar ijrosini; 
 
Bandlik  jamg‗armasiga qonun hujjatlarida  belgilangan  to‗lovlar 
bo‗yicha  moliyaviy hisobot  yili  oxiridagi  tashkilotlarning  (ish 
beruvchilarning) hududlar bo‗yicha kreditorlik qarzlarini; 
 
ko‗rib  chiqilayotgan  davr  uchun  tasdiqlangan  prognozlarning 
bajarilishidan  kelib  chiqib,  foydalanish  yo‗nalishlari  va hududlar 
bo‗yicha,  o‗tgan  yilda  Bandlik  jamg‗armasi  mablag‗laridan  amalga 
oshirilgan xarajatlarning yakuniy ko‗rsatkichlari va xarajatlar qismining 
joriy yilning birinchi qismida kutilayotgan ijrosini; 
 
o‗tgan  yilgi  xodimlar  soni  va  ish haqining  o‗sish  sur‘atlarini 
e‘tiborga 
olib, hisoblangan 
ish haqi 
fondi 
prognozini hisobga 
olgan holda ishlab chiqiladi. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  taqdim  etilgan  Bandlik 
jamg‗armasi byudjeti loyihasini ko‗rib chiqishda Bandlik jamg‗armasiga 
kelgusi  yil  uchun  yagona  ijtimoiy  to‗lovdan  ajratmalar  stavkalarining 
prognoz qilinadigan  o‗zgarishini  va  makroiqtisodiy  ko‗rsatkichlar 
ta‘sirini hisobga oladi.  
Bandlik  jamg‗armasining  ko‗rib  chiqilgan  va  kelishilgan  byudjeti 
loyihasi kelgusi yil uchun O‗zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti 
loyihasi  bilan  birga  Byudjetnoma  tarkibida  O‗zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.  
 Kelgusi  yil  uchun  O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetining 
asosiy 
parametrlari, 
davlat 
maqsadli 
jamg‗armalarining 
byudjetlari qonunhujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangandan so‗ng 
O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  Bandlik  jamg‗armasi 
byudjetining asosiy parametrlarini o‗n ish kuni mobaynida O‗zbekiston 
Respublikasi Mehnat vazirligiga etkazadi. 


309 
 
 O‗zbekiston  Respublikasi  Mehnat  vazirligi  Bandlik  jamg‗armasi 
byudjetining  asosiy  parametrlari  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya 
vazirligidan 
olingan 
kundan 
boshlab 
bir hafta 
muddatda Qoraqalpog‗iston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va 
Toshkent  shahar  mehnat  bosh  boshqarmalari,  bandlikka  ko‗maklashish 
markazlari  uchun,  kelgusida  ularning  ish  yakunlarini  ko‗rib 
chiqqan holda, 
Jamg‗arma 
tushumlari 
manbalari 
bo‗yicha 
daromadlarining  va  uning  mablag‗laridan  foydalanish  yo‗nalishlari 
bo‗yicha  xarajatlarining  kelgusi  yilgi  asosiy  parametrlarini  choraklarga 
bo‗lgan holda  O‗zbekiston  Respublikasi  Mehnat  vazirligi hay‘at 
majlisida tasdiqlaydi. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Mehnat  vazirligi, Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi  Mehnat  vazirligi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahri  mehnat 
bosh  boshqarmalari,  bandlikka  ko‗maklashish  markazlari  Bandlik 
jamg‗armasi  byudjetining  tasdiqlangan  ko‗rsatkichlarini  bajarish  uchun 
Bandlik  jamg‗armasi  daromadlari  va  xarajatlarining  tasdiqlangan 
prognoz ko‗rsatkichlari bajarilishini ta‘minlaydilar. 
Quyidagilar 
Bandlik 
jamg‗armasining 
ijro 
etuvchi 
organlari hisoblanadi: 
  respublika  darajasida  -  O‗zbekiston  Respublikasi  Mehnat 
vazirligining  Bandlikka  ko‗maklashish  jamg‗armasi  mablag‗laridan 
samarali va maqsadli foydalanish bo‗limi; 
  hududiy  darajada  - Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Mehnat 
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri  mehnat bosh boshqarmalarining 
Bandlikka  ko‗maklashish  jamg‗armasi  mablag‗laridan  samarali  va 
maqsadli  foydalanish hamda  bandlikka  ko‗maklashish  markazlari 
faoliyatini muvofiqlashtirish sho‗‗basi. 
Ijro etuvchi organ: 
Bandlik  jamg‗armasining  daromadlari  va  xarajatlari  prognozini 
va hisobot balanslarini shakllantiradi; 
Bandlik 
jamg‗armasining 
daromadlari 
va 
xarajatlarining 
bajarilishi hisobini 
va hisobotini 
yuritadi,  Bandlik  jamg‗armasi 
mablag‗larini  tasarruf  etuvchi  tomonidan  tasdiqlagandan  so‗ng  tegishli 
moliya organlariga yuboradi; 
Bandlik 
jamg‗armasi 
moliyaviy hisobotlarining haqqoniyligini 
ta‘minlaydi; 


310 
 
Bandlik jamg‗armasi mablag‗laridan maqsadli foydalanish bo‗yicha 
auditni tashkil qiladi; 
Bandlik  jamg‗armasi  mablag‗laridan  maqsadli  va  samarali 
foydalanish masalalari bo‗yicha tushuntirishlar beradi. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Mehnat  vazirligi, Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi  Mehnat  vazirligi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mehnat 
bosh  boshqarmalari,  bandlikka  ko‗maklashish  markazlari  Bandlik 
jamg‗armasi 
mablag‗laridan qat‘iyan 
maqsadli 
va 
samarali 
foydalanilishi yuzasidan javob beradilar. 
 Ishsizlarga 
ishsizlik 
nafaqalarining, 
kompensatsiyalar, 
stipendiyalar,  moddiy  yordam  va qonun hujjatlarida  belgilangan  boshqa 
to‗lovlarning 
to‗g‗rihisoblanishi 
va 
to‗lanishini 
nazorat qilish 
O‗zbekiston  Respublikasi  Mehnat  vazirligi hamda hududiy  mehnat 
organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Bandlik  jamg‗armasi  mablag‗laridan  foydalanilishi  yuzasidan 
nazorat  O‗zbekiston  Respublikasi  Mehnat  vazirligi  va  Moliya  vazirligi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
O‗zbekiston  Respublikasining  Bandlikka  ko‗maklashish  davlat 
jamg‗armasi 
daromadlari 
asosan 
korxonalar, 
muassasalar, 
tashkilotlarning  ish  haqi  fondidan  majburiy  ajratmalari  hisobidan 
shakllanib, 2018 yilda 58,2  mlrd. so‗mni tashkil qiladi hamda ishsizlar 
malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari, bandlikka ko‗maklashish 
markazlarini saqlash xarajatlarini oshirishni, ishsizlik bo‗yicha nafaqalar 
to‗lashni ta‘minlaydi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish