Tizimli shina. Tizimli shina – kompyuterning asosiy interfeys tizimi bо‘lib, u barcha qurilmalarni о‘zaro ulanishi va aloqasini taʻminlaydi. Tizimli shinaning tarkibi quyidagilardan iborat:
axborotlarning kodli shinasi (AKSH), operandani sonli kodlar razryadlarining barchasini parallel uzatish uchun simlar va sxemalardan iborat;
manzillarning kodli shinasi (MKSH), tashqi qurilmaning kiritish-chiqarish portini yoki asosiy xotira yacheykasining manzil kodlar razryadlarining barchasini parallel uzatish uchun simlar va sxemalardan iborat;
kо‘rsatmalarning kodli shinasi (KKSH), mashinaning barcha bloklariga kо‘rsatmalarni (boshqarish signallari, impulslari) uzatish uchun simlar va sxemalardan iborat;
manba shinasi, SHK bloklarini elektor energiyasi bilan taʻminlash tizimiga ulash uchun simlar va sxemalardan iborat.
Tizimli shina axborot uzatishning uch yо‘nalishini taʻminlaydi:
mikroprotsessor va asosiy xotira о‘rtasida;
mikroprotsessor va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari о‘rtasida;
asosiy xotira va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari о‘rtasida (xotiraga bevosita ega bо‘lish ish tartibida);
Barcha bloklar, aniqrog‘i ularning kiritish-chiqarish portlari unifikatsiyalashtirilgan mos razyemlar orqali shinaga bir xil ulanadilar: bevosita yoki kontroller (adapterlar) orqali. Tizimli shinani boshqarishni mikroprotsessor tomonidan bevosita yoki kо‘pincha qо‘shimcha mikrosxema shina kontrolleri orqali ulanadi, u asosiy boshqarish signallarini hosil qiladi.
Asosiy xotira. Asosiy xotira (AX) axborotni tezkor saqlash va mashinaning boshqa bloklari bilan axborot almashish uchun mо‘ljallangan. Asosiy xotira ikki turdagi xotira qurilmasidan iborat: doimiy xotira qurilmasi (DXQ) va tezkor xotira qurilmasi (TXQ).
DXQ (ROM – Read Only Memory) dasturning о‘zgarmaydigan (doimiy) va ma’lumotnoma axborotlarni saqlash uchun mо‘ljallangan; unda saqlanayotgan axborotni faqat tezkor о‘qishga imkon beradi (DXQ dagi axborotni о‘zgartirish mumkin emas);
TXQ (RAM – Random Access Memory) SHK hozirgi vaqt davomida bajarayotgan bevosita axborot-hisoblash jarayonida qatnashayotgan axborotlarni tezkor yozish, saqlash va о‘qish uchun mо‘ljallangan (dastur va axborotlarni).
Tezkor xotiraning asosiy afzalligi uning yuqori tezligi va xotiraning har bir yacheykasiga alohida murojot eta olishida (yacheykalarga tо‘g‘ri manzilli ega bо‘lish). tezkor xotiraning kamchiligi sifatida shuni qayd qilib о‘tish kerakki, unda saqlangan axborotni kompyuter energiya manbai о‘chirilgandan sо‘ng ham saqlab qolish mumkin emasligida (energiyaga bog‘liqligi).
SHK ning tizimli platasida asosiy xotiradan tashqari energiyaga bog‘liq bо‘lmagan xotira ham bor CMOS RAM (Complementary Metal-Oxide Semiconductor RAM), о‘zining akkumulyatoridan doimiy quvvatlanadi; unda tizimning har bir yoqilganida tekshiriladigan SHK ning apparat tarkibi haqidagi axborot (kompyuterda mavjud barcha apparatlar haqida) saqlanadi.