Mikrokompyuterlar. Mikrokompyuterlar juda ham kо‘p va kо‘p turlidir. Ular о‘rtasidagi bir necha guruhostilarini ajratib kо‘rsatishimiz mumkin (1.7-rasm).
Kо‘p foydalanuvchili mikrokompyuterlar – bular quvvatli mikrokompyuterlar, bir necha videoterminallar bilan jihozlangan va vaqtni taqsimlash ish tartibida faoliyat kо‘rsatadi, bu unda bir necha foydalanuvchi samarali ishlashiga imkon beradi.
Shaxsiy kompyuterlar – bitta foydalanuvchi ishlatadigan mikrokompyuter, ommaboplik va universallik talablariga javob beradi.
1.7-rasm. Mikrokompyuterlarning turlari.
Ish stansiyalari (workstation) - hisoblash tarmoqlarida bitta foydalanuvchi tomonidan ishlatishga mо‘ljallangan, kо‘pincha ma’lum kо‘rinishdagi ishlarni bajarishga maxsuslashtirilgan (grafik, muhandislik, matbaa va hokazo).
Serverlar (server) – hisoblash tarmoqlaridagi kо‘p foydalanuvchi uchun quvvatli mikrokompyuterlar, tarmoqning barcha ish stansiyalaridan keluvchi sо‘rovlarga ishlov berish uchun ajratilgan.
Tarmoq kompyuterlari (network computer) – soddalashtirilgan mikrokompyuterlar, tarmoqda ishlashni va tarmoq resurslariga ega bо‘lishni taminlovchi, kо‘pincha ma’lum turdagi ishlarni bajarishga maxsuslashtirilgan (tarmoqqa ruxsat etilmagan ega bо‘lishni himoyalash, tarmoq resurslarini kо‘rishni tashkillashtirish, elektron pochta va hokazo).
Shaxsiy kompyuterlar. Shaxsiy kompyuterlar (SHK) mikrokompyuterlar guruhiga taaluqli bо‘lib, lekin ular ommaviy tarqalganligi uchun alohida diqqatga sazovordir. SHK tatbiq etilishdagi ommaboplik va universallik talablarini bajarish uchun quyidagi sifatlarga ega bо‘lishlari kerak:
narhining arzon bо‘lishi;
atrof muxitga maxsus talabsiz alohida ishlata olishlik;
arxitekturasining moslashuvchanligi, boshqarishda, ilm-fanda, ta’limda, rо‘zg‘orda va boshqa turli sohalarda tatbiq etilishiga uni moslashtirib beradi;
hech qanday maxsus tayyorgarchiliksiz foydalanuvchining operatsion tizimining va boshqa dasturiy ta’minotlarining dо‘stonaligi (ishlata olishligi);
ishlashining yuqori ishonchliligi (birinchi buzulishgacha ishlash vaqti 5000 soatdan kо‘p).
Shaxsiy kompyuterlar orasida birinchi navbata IBM (International Business Machine Corporation) firmasining kompyuterlarini qayd qilib о‘tish kerak:
IBM PC XT (Personal Computer eXtended Technology);
IBM PC XT (Personal Computer Advanced Technology) 80286 (16-razryadli) mikroprotsessorlarida;
IBM PS/2 8030 – PS/2 8080 (PS Personal System, quyidagilardan tashqari barchasi PS/2 8080, - 16- razryadli, PS/2 8080 – 32- razryadli);
IBM PC AT 80386 va 80486 mikroprotsessorlarida (32 - razryadli);
IBM PC AT Pentium mikroprotsessorda – Pentium 4 (64- razryadli);
IBM PC AT VLIW turidagi mikroprotsessorda: Itanium, Crusoe (64- razryadli);
IBM PC AT Core (64-razryadli) mikroprotsessor oilasida;
Amerikada quyidagi firmalar tomonidan ishlab chiqariladigan kompyuterlar ham keng tarqalgan va taniqli: Apple (Macintosh), Compaq Computer, Hewlett-Packard, Dell, DEC (Digital Equipment Corporation), shuningdek Angliya firmalari: Spectrum, Amstrad; Fratsiya: Micral; Italiya: Olivetti; Yaponiya: Toshiba, Matsushita (Panasonic) va Partner;
Hozirgi vaqtda eng kо‘p tarqalgan shaxsiy kompyuterlar IBM firmasining kompyuterlaridir, ularning birinchi modellari 1981 yili ishlab chiqarilgan va ularga о‘xshashini boshqa firmalar ham ishlab chiqargan. Lekin ular unchalik kо‘p tarqalmagan Apple (Macintosh) firmasi ishlab chiqargan kompyuterlari dunyoda tarqalganligi bо‘yicha 2-о‘rinni egallaydi.
Hozirgi vaqtda kompyuterlarning eng kо‘p tarqalgan modeliga Pentium 4 va Core 2 mikroprotsessorli IBM PC kompyuterlari kiradi.
Hozirgi zamon kompyuter modellarning umumlashtirilgan kо‘rsatkichlari 1.2- jadvalda keltirilgan.
Rossiya sanoati (MDX davlatlari) quyidagi mikrokompyuterlarni ishlab chiqarmoqda:
Apple-mos – “ Elektronika MS-1201”; “Elektronika 85”, “Elektronika 32” asosidagi muloqat xisoblash mashinasi DVK-1 - DVK-4 va boshqalar;
IBM PC-mos – YES 1840 –YES 1842, YES 1845, YES 1849, YES 1861, “Iskra 1030”, “Iskra 4816”, “Neyron I9.66” va xokazo.
Shaxsiy kompyuterlarni qator kо‘rsatkichlari bо‘yicha turlarga ajratish mumkin. Avlodlar bо‘yicha shaxsiy kompyuterlar quyidagi tartibda guruxlarga bо‘linadi:
1-avlod – 8-bitli protsessorlar ishlatilgan;
2-avlod – 16-bitli protsessorlar ishlatilgan;
3-avlod – 32-bitli protsessorlar ishlatilgan;
4-avlod – 64-bitli protsessorlar ishlatilgan.
1.2-jadval.
IBM PC SHK modellarning umumlashtirilgan kо‘rsatkichlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |