A. A. Qaxxarov, yu. Sh. Avazov, U. A. Ruziyev kompyuter tizimlari va tarmoqlari



Download 6,1 Mb.
bet7/216
Sana24.04.2022
Hajmi6,1 Mb.
#579102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   216
Bog'liq
Компьютер тизимлари Дарслик Юсуф 18 10 2019

1.4-rasm. О‘lchami va hisoblash quvvati bо‘yicha kompyuterlarni turlarga ajratish.

Kompyuterlarning o‘z vazifalarini bajarish imkoniyatlari ularning quyidagi muhim texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlari bilan bog‘liq:



  • tezligi (vaqt birligi oralig‘ida mashina bajaradigan о‘rtacha amallar soni bilan о‘lchanadi);

  • kompyuter ishlov beradigan sonlarni razryadligi va ifodalanish shakli;

  • xotira turlari va barcha xotiralarning tezligi;

  • axborotlarni tashqi saqlash, almashish va kiritish-chiqarish qurilmalari turlari va texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlari;

  • kompyuterlarning о‘zaro va qismlarini ulash hamda aloqa qurilmalarining turi va о‘tkazish xususiyatlari;

  • kopyuterlarni bir vaqtda bir necha foydalanuvchi bilan ishlashi va bir necha dasturni parallel bajara olishi (kо‘p masalali);

  • kompyuterda ishlatiladigan operatsion tizimning turi va texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlari;

  • dasturiy ta’minotning mavjudligi va vazifalarining imkoniyatlari;

  • boshqa turdagi kompyuterlar uchun yozilgan dasturlarni bajara olish imkoniyati (boshqa kompyuterlar bilan dasturiy moslashuvchanligi);

  • mashina buyruqlarining tarkibi va tizimi;

  • aloqa kanallariga va kompyuter tarmoqlariga ulanish imkoniyati;

  • kompyuterning foydalanishdagi ishonchliligi.

Yuqorida qayd qilib о‘tilgan zamonaviy kompyuterlarning ba’zi qiyosiy kо‘rsatkichlari 1.1-jadvalda keltirilgan.


1.1-jadval
Zamonaviy kompyuterlarning qiyosiy kо‘rsatkichlari

Kо‘rsatkichlar

Kompyuter guruhlari

Super kompyuterlar

Katta kompyuterlar

Kichik kompyuterlar

Mikro -kompyuterlar

Unumdorlik MIPS

1000 – 1000 000

100 – 10 000

10 - 1000

10 - 200

TX sig‘imi, Mbayt

2000 – 100 000

512 – 10 000

128 - 4096

128 - 2048

Tashqi XQ sig‘imi, Gbayt

500 – 50 000

100 – 10 000

100 -1000

100 - 1000

Razryadligi, bit

64 - 256

64 - 128

32 - 128

32 - 128

Birinchi katta EHMlarni paydo bо‘lish tarixi element asosi elektron lampalardan to yuqori darajada integrallashtirilgan integral sxemalargacha bо‘lgan yо‘lni bosib о‘tdi.
ENIAC (Electronic Numerical Integrator and Computer) birinchi katta EHM 1946 yili yaratilgan. Mashinaning og‘irligi 30 tonnadan ortiq bо‘lib, sekundiga bir necha yuz amal bajarish tezligiga ega bо‘lib, tezkor xotirasi esa 20 ta son sig‘imida bо‘lgan, katta zalda 150 m2 atrofidagi maydonni egallagan.
Vaqt o‘tishi bilan katta kompyuterlarning unumdorligi qator masalalarni (ob-havoni bashorat qilish, murakkab mudofaa majmualarini boshqarish, biologik tadqiqotlarni, ekologik tizimlarni modellashtirish) yechish uchun yetarli bо‘lmay qoldi. Shu sababli superkompyuterlarni, ya’ni yuqori quvvatli hisoblash tizimlarini loyihalashtirib, ishlab chiqishga zaruriyat tug‘ildi, ular hozirgi vaqtda ham jadallik bilan rivojlantirilmoqda.
1970 yillarda kichik kompyuterlarning paydo bо‘lishiga bir tomondan element asosining keskin rivojlanishi sabab bо‘lsa, ikkinchi tomondan qator ilovalar uchun katta kompyuterlarning resurslari ortiqchalik qila bоshladi. Kichik kompyuterlar kо‘pincha texnologik jarayonlarni boshqarish uchun ishlatiladi. Ular ancha ixcham va katta kompyuterlarga nisbatan ancha arzon. Element asosi texnologiya va arxitekturaviy yechimlarning keyingi yutuqlari tufayli supermini kompyuterlar paydo bо‘la boshladi. Ular о‘lchami, arxitekturasi va narxi bо‘yicha kichik kompyuterlar guruhiga tegishli bо‘lsa ham, ammo unumdorligi bо‘yicha katta kompyuterlarga tenglasha oladi.
1969 yilda mikroprotsessorlarning ixtiro qilinishi 1970 yillarda yana bir kompyuterlar guruhi – mikrokompyuterlarni paydo bо‘lishiga olib keldi. Aynan mikroprotsessorlarning mavjudligi mikrokompyuterlarning aniqlab beruvchi belgi bо‘lib qolishiga xizmat qildi. Hozir mikroprotsessorlar barcha kompyuter guruhlarida ishlatiladi.
Ba’zi kompyuter guruhlarining hozirgi holatini qisqacha kо‘rib chiqamiz.

Download 6,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish