Bog'liq Компьютер тизимлари Дарслик Юсуф 18 10 2019
1.2. Kompyuterning asosiy bloklari, ularning vazifalari va kо‘rsatkichlari Shaxsiy kompyuterning tarkibiy sxemasi 1.9-rasmda keltirilgan.
1.9-rasm. Shaxsiy kompyuterning tarkibiy sxemasi.
Mikroprotsessor. Mikroprotsessor (MP) – shaxsiy kompyuterning markaziy qurilmasi bо‘lib kompyuterning barcha bloklarini boshqarish va axborotlar ustuda arifmetik hamda mantiqiy amallarni bajarish uchun mо‘ljallangan.
Boshqarish qurilmasi (UU) kerakli vaqt momentlarida kompyuterning barcha bloklariga ma’lum boshqarish signallarini (boshqarish impulslarini) bajarilayotgan amallarning xususiyatlaridan va oldingi bajarilgan amalning natijasidan kelib chiqqan holda beradi; bajarilayotgan amal ishlatadigan xotira yacheykasining manzilini hosil qiladi va bu manzilni kompyuterning tegishli blokiga uzatadi; boshqarish qurilmasi tayanch impulslar ketma-ketligini takt impulslar generatoridan oladi.
Mikroprotsessorning tarkibiga bir necha komponentlar kiradi:
Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) barcha arifmetik va mantiqiy amallarni sonli va belgili axborotlar ustida bajarish uchun mо‘ljallangan (kompyuterlarda amallarning bajarilishini tezlatish uchun AMQ ga qо‘shimcha matematik soprotsessor ulanadi).
Mikroprotsessor xotirasi (MPX) bevosita yaqin taktlarda axborotni qisqa vaqt saqlash, yozish va uzatish uchun ishlatilishga mо‘ljallangan; kompyuterni yuqori tezlik bilan taʻminlash uchun MPX registrlarda qurilgan, tezkor mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun asosiy xotira esa har doim ham zarur bо‘lgan axborotni yozish, qidirish va о‘qish tezligini ta’minlab bera olmaydi. Registrlar – xotiraning turli uzunlikdagi tezkor yacheykalaridir (TX yacheykasidan farqli, ularda standart uzunligi 1 bayt va ancha tezligi kam).
Mikroprotsessorning interfeys tizimi SHK ning boshqa qurilmalari bilan ulash va aloqasini tashkil etish uchun mо‘ljallangan; о‘z tarkibiga MP ning ichki interfeysini, buferli xotira registrlarini va kiritish-chiqarish portlarini boshqarish sxemalarini hamda tizimli shinani oladi.
Interfeys (interface) – kompyuter qurilmalarini samarali muloqotini ta’minlab beruvchi ulanish va aloqa vositalar majmuasi.
Kiritish-chiqarish portlari (I/O ports) – SHK interfeys tizimining elementlari, ular orqali MP boshqa qurilmalar bilan axborot almashadi.
Takt impulslar generatori elektor impuls ketma-ketliklarini hosil qiladi, uning chastotasi tizimli shinaning takt chastotasini aniqlab beradi. Mikroprotsessorning takt chastotasi ancha yuqori: u shinaning takt chastotasini N marta oshirilganiga teng (N chastota kо‘paytiruvchisidir). Ikkita impuls oralig‘idagi vaqt bitta takt vaqtini aniqlab beradi, yoki oddiy qilib mashinani ishlash takti deb aytiladi. Takt impulslar generatorining chastotasi shaxsiy kompyuterning asosiy kо‘rsatkichlaridan biri bо‘lib, kо‘pincha uning ishlash tezligini aniqlab beradi, chunki hisoblash mashinasida har bir amal maʻlum taktlar sonida bajariladi.