Naqd pul muomalasi o‘z o'mida salbiy xususiyatlarga ham egadir.
Chunonchi, naqd pul muomalasini tashkil qilish va boshqarish, ya’ni
naqd pullami muomalaga chiqarish, saqlash, tashish hamda ulami
muomalaga tayyorlash bilan bogMiq katta xarajatlami talab qiladi.
Muomalaga yaroqsiz holga kelgan naqd pul biletlarini yo‘q
qilish ham
maxsus tadbirlar orqali katta xarajatlar evaziga amalga oshiriladi.
Naqd pullar o‘miga tijorat banklari tomonidan muomalaga
chiqarilayotgan plastik kartochkalar ham o‘z o‘mida katta xarajatlar va
tadbirlami amalga oshirishni talab qilmoqda. Bimdan tashqari, plastik
kartochkalar, albatta, naqd pulga almashish qobiliyatini saqlab qolmog‘i
zarur, aks holda, ulami aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilib bo‘lmaydi.
Buning uchun esa aholi uchun qulay joylarda qimmatbaho
qurilmalar -
bankomat va terminallar qo‘yishga to‘g‘ri kelmoqda. Yana shuni
alohida qayd etish kerakki, aholining naqd pulga bo‘lgan -ehtiyojini
xohlagan vaqtda qondirish uchun bankomatlarga bir vaqtda katta
miqdordagi naqd pullami qo‘yishga to‘g ‘ri
kelmoqda Bu esa, o‘z
o‘mida katta miqdordagi naqd pullarga bo‘lgan talabni vujudga
keltirmoqda
Bundan
tashqari,
naqd
pullardan
belgilangan
tartibda
foydalanmaslik xufyona iqtisodiyotni rivojlanishiga yo‘l ochib beradi
hamda ayrim yuridik va jismoniy shaxslarga noqonuniy faoliyat yuritib
mehnatsiz daromad orttirish uchun xizmat qiladi.
Naqd pullar uchinchi subyekt aralashuvisiz harakatda bo‘lganligi
uchun aynan uning yordamida terrorizm, giyohvandlik
moddalari bilan
biznes qilish kabi o‘ta xavfli jinoyatlar amalga oshiriladi. Shuning
uchun dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida pul muomalasi terrorizmni
moliyalashtirish va giyohvandlik moddalari bilan biznes qilishning
oldini olish maqsadida qonunlar qabul qilingan. Jumladan,
bizning
respublikamizda ham 2006-yilning 1-yanvaridan boshlab «Jinoiy
faoliyatdan olingan daromadlami legallashtirish va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonun kuchgakirdi.
Bundan tashqari, naqd pul muomalasi bizning yodimizdan
ko‘tarilgan «pul fetishizmi» (pulga sig‘inish)ni tomir otishiga zamin
yaratadi. Ayniqsa, hamma narsa pulga olib - sotilishi mumkin bo‘lgan
bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlar ongini
oson pul topishga ruju
qo‘yish kabi illatlar bilan zaharlaydi.
89
Naqd pullaming ijobiy va salbiy xususiyatlari bolishidan qat’iy
nazar, ular bugungi kunda yuqorida qayd etilgan obyektiv omillar
ta’sirida dunyoning barcha mamlakatlarida amal qilib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: