KIRISH
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitda tovar ishlab chiqarish va
ayirboshlash munosabatlari pul, kredit va banklaming ishtirokisiz amal
ga oshmasligi barchamizga ma’lum. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti
sharoitida har qanday faoliyatning asosiy maqsadi foyda olishga qaratil
gan bo‘lib, ushbu faoliyatning asosini ham pul, kredit va bank tizimi bi
lan bog‘liq qator munosabatlar tashkil etadi. Bu o‘z-o‘zidan, keyingi yil-
larda, mamlakatimiz o‘quv yurtlarida iqtisodchi mutaxassislami tayyor-
lashda «Pul, kredit va banklar» kursining ahamiyatini keskin oshirmoq-
da.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizning
iqtisodiyot va moliya
yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari professor - o‘qituvchilari tomonidan
«Pul, kredit va banklar» o‘quv kursi bo‘yicha qator darslik va o‘quv
qo‘llanmalar nashr etilgan. Shunga qaramasdan, bank ishi ta’lim
yo‘nalishi bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalarga bo‘lgan talab
o‘zining dolzarbligini saqlab turibdi. Buning qator sabablari mavjud
bo‘lib, fikrimizcha ulaming asosiylari quyidagilardan iborat:
- birinchidan, milliy ta’lim standartlari bo‘yicha darslik va o‘quv
qo‘llanmalarga qo‘yilayotgan talab va qoidalar takomillashib bormoqda.
Xususan, ular qisqa, mazmunli va o‘quvchiga tushunarli
tilda yozilishi
lozim;
- ikkinchidan, jahon va mamlakatimiz iqtisodiyotida yuz berayot
gan ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlar mavjud darslik va o‘quv qo‘llan-
tnalami doimiy ravishda yangilab va takomillashtirib borishni talab
etmoqda;
- uchinchidan, internet va elektron tizimning rivojlanib borayot-
ganligi tufayli talabalarga taqdim etilayotgan darslik va o‘quv
qo‘llanmalar raqobatbardosh bo‘lishi, ulami o‘ziga jalb qila oladigan
xususiyatlarga ega boiishi lozim.
Mazkur darslik, yuqorida qayd etilgan talab va tartiblami inobatga
olingan holda, 0 ‘zbekistonda Davlat ta’limining «Ijtimoiy fanlar, biznes
va huquq» bilim sohasining «Bank ishi», «Biznesni boshqarish»,
«Moliya», «Soliqlar va soliqqa tortish» va boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha
qo‘yilgan talablari doirasida tayyorlangan. Buni darslikning «Pul, kredit
з
va banklar» fanining namunaviy dasturidagi barcha bo‘limlarini
qamrab
olganligida ham ko‘rish mumkin.
Darslik tarkibiy tuzilishi jihatidan to‘rtta bo‘lim va 17 bobdan
iborat boiib, har - bir bobdan so‘ng o‘quvchining bilimini mustahkam-
lash maqsadida boblaming mavzulariga oid savollar va testlar majmui
keltirilgan.
Birinchi bo ‘lim «Pul»ga bag ‘ishlangan.
Bo‘lim 8 ta bobdan iborat
boiib, unda pulning vujudga kelishi, pul tizimi, pul nazariyasi va pul
muomalasi hamda inflatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy
oqibatlari atroflicha
yoritilgan. Ushbu bolimning o‘ziga xos boigan jihatlaridan biri shun
daki, unda mamlakatimiz hududida tanga va qog‘oz pullaming vujudga
kelishi va amal qilishi, shuningdek, 0 ‘zbekiston pul tizimining tashkil
topish va rivojlanish jarayonlariga alohida o‘rin berilgan.
Ikkinchi bo'lim «Kredit»ga bag'ishlangan b o ‘lib,
bolim da kredit
ning iqtisodiy kategoriya sifatida vujudga kelish sabablari, uning shakl
lari va turlari o‘rganilgan. Shuningdek, kreditning
iqtisodiyotda tutgan
o‘mi va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati alohida yoritil
gan.
Uchinchi b o ‘lim «Banklar»ga bag‘ishlangan.
B olim o‘z tarkibiga
beshta bobni olgan. Jumladan, bolimning o‘ninchi bobida banklaming
vujudga kelishi, funksiyalari va iqtisodiyotdagi roli masalalariga e’tibor
qaratilgan boisa, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi boblarida mamlakatimiz
bank tizimining tashkil topish bosqichlari, Markaziy va tijorat
banklarining o‘ziga xos jihatlari atroflicha bay on etilgan. Shuningdek,
ushbu bolim da AQSH va Buyuk
Britaniya mamlaktalari bank
tizimining tashkil topishi va rivojlanishi hamda mamlakatimizda nobank
kredit muassasalarining faoliyati bayon etilgan.
To ‘rtinchi bo ‘limda
xalqaro valuta munosabatlari va hisob-
kitoblari, to io v balansining tuzilishi va ahamiyati, xalqaro moliyaviy
tashkilotlaming tashkil topishining maqsad va vazifalari, ular bilan
mamlakatimiz tomonidan olib borilayotgan ishlaming mazmun -
mohiyati bayon etilgan.
Darslikning «Pul muomalasi va pul massasi» nomli 4
- bobini
i.f.n., dotsent M.D.Marpatov tayyorlagan, «Valuta tizimining rivojlanish
bosqichlari» nomli 15.2 - paragrafi - tadqiqotchi M.U. Axmedov,
qolgan barcha bolim , bob va paragraflar i.f.d. A.A. Omonov va i.f.n.,
prof. T.M. Qoraliyev tomonidan tayyorlangan.
4
Xalqaro iqtisodiy doirada, shuningdek, 0 ‘zbekiston moliya -
kredit tizimida ro‘y berayotgan jadal ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlar qator
soha va tarmoqlarda bo‘lgani singari ta’lim tizimi oldiga, xususan,
darslik va va o‘quv qo‘llanmalar tayorlashning
tarkibi va mazmuniga
jiddiy talablami qo‘ymoqda. Shu jihatdan, mualliflar «Pul, kredit va
banklar» darsligini vaqti - vaqti bilan 0 ‘zbekistonda va xalqaro doirada
ro‘y berayotgan ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlardagi o‘zgarishlar asosida
nazariy - amaliy jihatdan boyitib borishni maqsad qilib, uning ushbu
nashrini
«birinchi nashri»
sifatida o‘quvchilar e’tiboriga havola
etmoqda.
5