0 ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
0 ‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA'LIMI MARKAZl
M U H A R R A M S A T T O R O V A
M A K T U B A A L A M B E R D IY E V A
SUDDAISH YURITISH
Kasb-hunar kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma
TOSHKENT
«YANGI NASHR»
2012
www.ziyouz.com kutubxonasi
UDK 347.97/99(075)
67.71
o BZ 4
Oliy va o 'rta maxsus, kasb-hmar ta 'limi o ‘quv metodik birlashmalar
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash nashrga tavsiya etgan.
Sattorova, M uharram
S-24
Sudda ish yuritish: kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qoMlan-
ma / M. Sattorova, M. Alamberdiyeva; 0 ‘zbekiston Respublika-
si Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi; 0 ‘rta maxsus kasb-hunar
ta'limi markazi. - Toshkent: Yangi nashr, 2012. - 104 b.
ISBN-978-9943-22-099-7
M as'ul m u harrir
A. A. Muhammadiyev,
yuridikfanlari nomzodi, dotsent
Taqrizchilar:
N. S. Temirova,
yuridikfanlari nomzodi;
I. H. Mamanov,
yuridikfanlari nomzodi
Mazkur o‘uv qo‘llanmada sudda ish yuritish fanining tushunchasi, vazi-
falari hamda ish yuritish bilan bog'liq harakatlar yoritilgan bo‘lib, ushbu
harakatlami bajarishda qo'yilgan talablar to‘g‘risida keng maMumotlar
berilgan.
Ushbu o‘quv qoMlanmakasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun moMjal-
langan.
ISBN-978-9943-22-099-7
UDK 347. 97/99(075)
KBK 67.71ya722
© «Yangi nashr» nashriyoti, 2012
www.ziyouz.com kutubxonasi
KIRISH
Mustaqil respublikamiz bosib o‘tgan qisqa davr ichida ta’lim
tizimida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan, kasb-hunar kollejlari,
akademik litseylar vujudga keldi.
Kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi-
ni, layoqatini, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirishga, ular-
ning tanlagan yo‘nalishlari bd‘yicha bir yoki bir necha zamonaviy
kasb egallashlariga barcha imkoniyatlar yaratilgan hamda ularda
keng ixtisoslikdagi kichik mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Jumladan, yuridik kollejlarida quyi va o‘rta pog‘ona sudlar uchun
sud ijrochisi, sud devonxonasi xodimlari, sud majlisi kotibi, arxiv xo-
dimi mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda sud-huquq sohasidagi islohotlar-
ni amalga oshirish davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri
bo‘lib, bu barcha pog‘ona sudlarda odil sudlovni amalga oshirish,
ularda ish yuritishni aniq, to‘g‘ri va qonun talablari asosida yo‘lga
qo‘yish, sud ishlarini tashkiliy jihatdan munosib tarzda ta’minlashga
xizmat qiladi.
Mazkur o‘quv qo'llanma yuridik kollejlar uchun ishlab chiqilgan
dastur asosidatayyorlangan. Uni tayyorlashda kollej o‘quvchilarining
yoshi, mutaxassisligi bo‘yicha ish davrida zarur bo‘ladigan bilimlar
hisobga olindi.
Qo‘llanmada kollej o‘quvchilarining kelajakda 0 ‘zbekiston Res-
publikasining asosiy va o ‘rta pog‘ona sudlarida faoliyat yuritishlari
e’tiborga olinib, mazkur sudlarda ish yuritish jarayoni bilan bog‘liq
harakatlar keng yoritildi.
0 ‘quv qo‘llanmani tayyorlashda ish yuritish bo‘yicha hujjatlar-
ning yagona davlat tizimi, «Jinoyat va fuqarolik sudlarida ish yuritish
tartibi to‘g‘risida»gi Yo‘riqnomalari hamda 0 ‘zbekiston Respublika-
3
www.ziyouz.com kutubxonasi
si Vazirlar Mahkamasining 1999- yil 29- martda qabul qilingan 140-
sonli Qaroriga 2- ilova qilingan «Tashkilotlarda ish yuritishni tashkil
etish» bo‘yicha namunaviy Yo‘riqnoma va unga kiritilgan qo‘shim-
chalar e'tiborga olingan.
Sudda ish yuritish fanidan darslar nazariy hamda amaliy tarzda
olib boriladi. 0 ‘quvchilar nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsa-
dida reja asosida tuman (shahar) sudi raisining fuqarolami qabul qi-
lish tartibini, sud devonxonasida, arxivida boTib, devonxona mudiri,
sud kotibi, arxivchi va xat tashuvchining ish faoliyatini o ‘rganadilar.
4
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |