I BO‘LIM. PUL
1 - bob. PULNING ZARURLIGI VA MOHIYATI
1.1. Pulning vujudga kelishi va zarurligi
Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk
kashfiyotlaridan hisoblanadi. «Pul» deb nomlangan maxsus tovaming
paydo boiishi natijasida odamlar o‘rtasida ayirboshlash bilan bogiiq
ziddiyatlar va «ehtiyojlaming bir - biriga mos kelmasligi» kabi muammo
lar barham topdi.
Pulning vujudga kelishi, uning evolyutsion rivojlanishi, nazariyasi,
mohiyati va funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar,
nazariyachilar, mutaxassislar juda ko‘p ilmiy asarlar, maqolalar va tadqiqot
ishlari yaratgan. Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda.
Iqtisodiy adabiyotlarda pulning vujudga kelishi va uning hozirgi kundagi
ko‘rinishi haqida yagona у ondashuv mavjud emas.
Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar
o‘rtasida ro‘y bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish
jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy
ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va
hisob-kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin
yaratgan. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar asos boiib
xizmat qiladi:
-qadimgi davrda odamlar o‘z ehtiyojidan ortib qolgan iste’mol
mahsulotlari turib qolmasligi va saqlashning imkoniyati bolmaganligi bois
ulami o‘zlariga yaqin yoki tanish odamlarga bergan, bu o‘z - o‘zidan
odamlar o‘rtasida stixiyali ravishda bir tomonlama ayirboshlash
munosabatlari vujudga kelishiga sabab boigan;
-keyinchalik odamlaming ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish
tarzi rivojlanganligi natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari
vujudga kela boshladi. Bu davrda, kishilarda o‘ziga zarur boimagan
buyumning o‘miga nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi
lozimligini anglay boshladilar.
6
Bulaming barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu
odamlaming kundalik uchun zarur bo‘lgan buyumlar, oziq - ovqatlar,
kiyim - kechaklar va boshqa ehtiyojlarini qondirish natijasida ro‘y bergan.
Bu davr ishlab chiqarish usulining natural xo‘jalik tuzumi davriga borib
taqaladi. Ma’lumki, natural xo‘jalik tuzumidan ilgarigi davrda har bir kishi
kimlik ehtiyoj uchun zarar boigan mahsulotni mustaqil ravishda ishlab
topgan (yaratgan)ligi bois, ular o‘rtasida ayirboshlash munosabatlariga
ehtiyoj mavjud bolmagan.
Yuqorida qayd etilgan ikki omil, kishilar o‘rtasida ayirboshlash
munosabatlarining shakllanishiga zamin yaratdi, natijada odamlar
ixtiyoridagi ortiqcha mahsulotni o‘zi uchun zarur bo‘lgan boshqa
mahsulotga ayirboshlashga ehtiyoj seza boshladi.
Ayirboshlash -
bu kishilaming istak - xohishlari va ehtiyojlari
mahsuli sifatida amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, buning natijasida,
tomonlar ehtiyojini qondirish maqsadida ixtiyoridagi narsadan voz kechib,
zarur bo‘lgan narsaning o‘miga berishdir. Ayirboshlash kishining ehtiyoji
bo‘lgan buyumga ega bolish imkoniyatini beradigan jarayondir.
Demak, ayirboshlash «А» va «В» tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro
kelishuv natijasida sodir boladigan jarayon boiib, «А» o‘ziga tegishli
tovar yoki xizmatini «В» tomonning tovar yoki xizmati uchun berishdir.
Madomiki, ushbu almashuv jarayoni ikki tomonga ham iqtisodiy jihatdan
foydali boiib, «А» tomon voz kechgan tovar yoki mahsulot o‘miga o‘zi
uchun zarur boigan, undan ham foydaliroq tovar yoki xizmatni oladi.
Shuningdek, natural xo‘jalikning rivojlanib borishi, jamiyatda
mehnat taqsimotini shakllanishiga olib kelgan. Vaqt o‘tishi bilan odamlar
o‘rtasida mahsulot ayirboshlash jarayoni rivojlanib, ishlab chiqarishning
ixtisoslashuv jarayoni ro‘y bera boshlagan. Xususan, pulning vujudga
kelishida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi, keyinchalik
hunarmandchilikning shakllanishi juda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu
davrda, odamlar o‘rtasida mahsulotlami faol ayirboshlash jarayoni
boshlandi. 0 ‘sha davrdagi ayirboshlash munosabatlarini faollashishiga
asosiy omillar sifatida quyidagilami keltirish mumkin:
• ishlab chiqarishning natural xo‘jalik shaklidan tovar ishlab
chiqarish davriga o‘tishi;
• ishlab chiqaruvchi subyektlaming bir — biriga o'zaro bog‘liqligi-
ning vujudga kelishi;
• ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalenthgining ta’minlangan-
ligi.
7
Iqtisodiy adabiyotlarda pulning vujudga kelishini yoritishda asosiy
e’tibor, uning qiymat shaklining rivojlanish evolyutsiyasiga qaratiladi.
Chunki, pulning vujudga kelishida uning qiymat shakllari juda muhim
o‘rin tutadi. Pulning qiymat shakllari, asosan, beshta ko‘rinishdan
iboratligi e’tirof etilib, ular quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |