Xalqaro hisob-kitoblar - turli mamlakatlar yuridik va jismoniy
shaxslari o ‘rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar natijasida
vujudga keladigan pullik talab va majburiyatlami
tartibga solish
usullaridir. Mamlakatlar o'rtasida amalga oshiriladigan operatsiya-
laming asosiy hajmi xorijiy valutalami ko‘chirish, ya’ni xalqaro
hisob-
kitoblar asosida amalga oshiriladi.
Xalqaro hisob-kitoblami amalga oshirishda banklaming xorijiy
mamlakatlardagi boiimlari yoki xorijiy banklar bilan o‘matilgan
vakillik
hisobraqamlaridan
(korrespondentlik
munosabatlari)
foydalaniladi.
Korrespondent
munosabatlarda
«loro»
(xorijiy
banklaming mahalliy banklardagi), «nostro» (mahalliy banklaming
xorijiy banklardagi) hisobraqamlarini ochish orqali amalga oshiriladi.
Xalqaro hisob-kitoblarda qo‘llaniladigan korrespondent hisobraqamlar
ochilganda banklar o‘rtasida ushbu hisobraqamlar bo‘yicha hisob-
kitoblami amalga oshirish tartibi, komission toiovlaming miqdori,
sarflangan mablag‘lami toidirish yoilari va boshqa masalalami bajarish
haqida o‘zaro kelishuv tuziladi.
Banklar xalqaro hisob-kitoblami o‘z vaqtida va to iiq amalga
oshirish maqsadida likvidli valutalarda zarur miqdordagi valuta
pozitsiyalami ta’minlashga harakat qiladi, bunda asosiy e ’tibor amalga
oshiriladigan hisob-kitoblami belgilangan
muddat va miqdorda toiab
berishga qaratiladi.
Xalqaro bank amaliyotidan ma’lumki. xalqaro hisob-kitoblami
amalga oshirayotgan banklar «nostro» hisobvaraqalari bo‘yicha tegishli
valutada daromad olish, shuningdek, ushbu mablagiami jahon ssuda
kapitali bozorlarida valutali aktivlarga joylashtirish maqsadida tegishli
qoldiqni saqlashga harakat qiladi.
Xalqaro hisob-kitoblarda banklaming faoliyati tegishli mahalliy va
xalqaro miqiyosdagi huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinadi.
Xalqaro
joriy valuta operatsiyalardan dunyoning yetakchi mamlakatlari milliy
valutasi toiov vositalari vazifasini bajaradi. Birinchi jahon urushiga
qadar funt sterlingda muomalaga chiqarilgan veksellar (trattallar)
xalqaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalaming 80 foizini bajardi.
Mamlakatlar o‘rtasida mehnat taqsimotining kuchayishi va
ulaming iqtisodiyotini rivojlanishida o‘zaro mutanosiblikning vujudga
kelishi bois, angliya funt sterlingi xalqaro hisob-kitoblardagi ulushi
1948-yilda 40 foizga, 1999-yilaming boshida esa 5 foizga tushib qoldi.
276
AQSH dollarining tashqi savdodagi ulushi 1982-yilda 78
foizga
etdi, 2000-yillaming boshida yevro, yaponiya iyenasi, shvetsariya franki
va boshqa yetakchi mamlakatlar milliy valutalari xalqaro to‘lov vositasi
sifatida foydalanila boshlandi, natijada AQSH dollarining xalqaro
savdodagi ulushi 55 foizga tushdi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatlar o‘rtasida amalga oshiriladigan
ayrim
hisob-kitoblarda
1970-yildan
SDR
(spetsialnbie
prav
zaimstvovaniya), 2000-yildan so‘ng yevro faol qoilanila boshlandi.
Xalqaro hisob-kitoblaming rivojlanishi natijasida oltinni toiov
vositasi sifatidagi roli nafaqat ichki hisob-kitoblardan,
balki xalqaro
toiovlami amalga oshirishdan ham siqib chiqarildi. Oltin standarti eng
rivojlangan davrda ham xalqaro hisob-kitoblarda undan to io v
balansining passiv qoldigini toiashda foydalanildi. Oltin standartining
bekor qilinishi va sariq metallga kredit pullami almashtirish
to‘xtatilgandan so‘ng xalqaro majburiyatlami oltinga toiash zaruriyati
yo‘qoldi.
Biroq, ta’kidlash joizki, mamlakatlar o‘rtasida
ijtimoiy-iqtisodiy
barqarorlik buzilganda jahon pulini bajarayotgan milliy valutalarga
nisbatan ishonchning yo‘qolishi natijasida xalqaro hisob-kitoblarda
oltindan foydalanish hollari amaliyotdan maium.
Masalan, ikkinchi jahon urushi davrida xalqaro hisob-kitoblaming
asosiy qismi oltin slitkalarda amalga oshirilgan. Urushdan keyingi
davrda (1950 - 1958-yillarda) ayrim ko‘p tomonlama hisob-kitoblar
dastlab 40 foizgacha, 1955 yilda 75 foizgacha oltin bilan toiangan.
Zamonaviy sharoitda mamlakatlar o'zining to io v balansi
barqarorligini ta’minlash maqsadida oltin
zaxiralarini dunyoning
yetakchi valutalariga sotadi. Bu o‘z - o‘zidan ko£rinib turibdiki, oltin
xalqaro hisob-kitoblarda to‘g ‘ridan - to‘g‘ri ishtirok etmasdan, oltin
bozorlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishga erishmoqda.
Xalqaro hisob-kitoblaming holati va rivojlanishiga qator omillar
ta’sir etadi. Xususan, mamlakatlar o‘rtasidagi
ijtimoiy - iqtisodiy
siyosat, valuta qonunchiligi, xalqaro savdoni tashkil etishning qonun va
qoidalari, shuningdek, moliya - kredit tizimining rivojlanganlik darajasi
shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: