Mexanika deb materiyaning eng sodda harakati- jismlarning yoki ular qismlaring bir-biriga nisbatan ko’chishi haqidagi ta’limotga aytiladi.
Meхanik harakat deb jismlarning fazodagi vaziyating boshqa jismlarga nisbatan vaqt o’tishi bilan o’zgarishiga aytiladi. Jismlarning mexanik harakati ham tinch holati ham nisbiydir.
Kinematika (harakat) deb jism harakatini uni keltirib chiqaruvchi sababidan holi tarzda, faqat harakatni o’rganadigan mexanikaning qismiga aytiladi.
Moddiy nuqta deb tekshirilayotgan masofaga nisbatan o’lchamlaridan juda kichik va shakli hisobga olinmaydigan jismlarga aytiladi.
Jismlarning harakati davomida fazoda qoldirgan iziga traektoriya deyiladi. Traektoriyaning shakliga qarab, to’g’ri chiziqli va egri chiziqli harakatlarga ajratiladi.
Moddiy nuqtaning biror vaqt oralig’ida o’tgan traektoriyasining uzunligiga yo’l deyiladi.
Jism harakating boshlang’ich vaziyati bilan oxirgi vaziyatini tutashtiruvchi kesmaga ko’chish deyiladi.