A. A. Kaxxarov, yu. Sh. Avazov, U. A. Ruziyev


Kesh-xotirani sig‘imi va turi



Download 281,83 Kb.
bet17/43
Sana22.07.2022
Hajmi281,83 Kb.
#837288
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
Bog'liq
os MsoQgAR1BJFO6FR4f3gP5QKufozZ0

Kesh-xotirani sig‘imi va turi. Kesh-xotira - bu bufer, foydalanuvchi ega bo‘la olmaydigan tezkor xotira, ancha sekin ishlovchi xotira qurilmalarida saqlanayotgan axborotlarni avtomatik ravishda kompyuter tomonidan amallami bajarilishini tezlatish uchun ishlatiladi. Masalan, asosiy xotira bilan bo‘ladigan amallami tezlatish uchun mikroprotsessor yadrosida registrli kesh-xotira tashkillash- tiriladi (LI - birinchi bosqich kesh-xotirasi), mikroprotsessor platasida (L2 - ikkinchi bosqich kesh-xotirasi), tizimli platada (L3 - uchinchi bosqich kesh-xotirasi); diskli xotira bilan bo'ladigan amallami tezlatish uchun tezkor xotira yacheykasida kesh-xotira yoki disk jamlovchi ichida flesh-xotira tashkillashtiriladi (L4 - to'rtinchi bosqich kesh-xotirasi).
E'tiborga olish kerakki, 256 Kbayt kesh-xotiraning majudligi SHK unumdorligini taxminan 20% oshiradi.
Boshqa kompyuter turlari bilan apparat va dasturiy moslik. Boshqa kompyuterlar turi bilan apparat va dasturiy moslik - bu kompyuterda boshqa kompyuteming texnik elementlarini va dasturiy ta'minotini ishlash imkoniyatini berishi tushuniladi.
Ko‘p masalali ish tartibida ishlash imkoiniyati. Ko‘p masalali ish tartibi bir vaqtning o‘zida bir necha das turi ar ustida hisoblashlami bajarish imkonini beradi (ko‘p dasturli ish tartibi) yoki bir necha foydalanuvchi uchun (ko‘p foydalanuvchili ish tartibi). Mashinaning bir necha qurilmalarini vaqt bo‘yicha ustma-ust ishlatish (bir vaqtda bir necha qurilmani), bunday ish tartibida kompyuteming samarali unumdorligini jiddiy oshirishga imkon yaratiladi.
Ishonchlilik. Ishonchlilik - bu tizimning umga qo'yilgan vazifani toiiq va to‘g‘ri uzoq vaqt davomida bajarish xususiyatidir.

  1. Mikroprotsessorlar

Har qanday kompyuteming eng muhim komponenti uning asosiy ko‘rsatkichlarini belgilab beruvchi mikroprotsessorlar, tizim chipsetlari va interfeyslaridir.
Mikroprotsessor (MP), yoki Central Processing Unit (CUP), - ba- jaradigan vazifasi bo‘yicha tugallangan . dasturiy boshqariluvchi axborotlarga ishlov berish qurilmasi, u konstruktiv jihatdan bitta katta integral sxemada (KIS) yoki juda katta katta integral sxema ko‘rinishida (JKIS) bajarilgan bo‘ladi.
Mikroprotsessor quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • buyruq va operandalar manzilini hisoblash;

  • asosiy xotiradan buyruqlarni tanlash va deshifrlash;

  • TX dan, MPX registrlaridan va tashqi qurilma adapterlarining registridan axborotlarni tanlash;

  • so'rov va buyruqlarni adapterlardan TQ da xizmat ko‘rsatishga qabul qilish va ishlov berish;

  • axborotlarga ishlov berish va ulami tezkor xotiraga, mikro­protsessor xotirasining registrlariga va TQ adapter registrlariga yozish;

  • SHK bloklariga va barcha boshqa qurilma qismlariga bosh­qarish signalini ishlab chiqarish;

  • keyingi buyruqqa o‘tish.

Mikroprotsessoming asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:

  • razryadligi;

  • ishchi takt chastotasi;

  • kesh-xotira ' sig'imi vaturi;

  • ko‘rsatmalar tarkibi;

  • konstruksiya elementlari;

  • energiya iste'moli;

  • ishchi kuchlanishi va hokazo.

Mikroprotsessoming axborotlar shinasining razryadligi amallami bir vaqtda bajanshi mumkin bo‘lgan razryadlar sonini aniqlaydi; MP manzillar shinasining razryadligi uning manzillar maydonini belgilaydi.
Manzillar maydoni - bu asosiy xotira yacheykalarining maksimal soni, mikroprotsessor tomonidan ulargabevosita manzillanishi mumkin.
MP ning ishchi takt chastotasi uning ichki. tezligim aniqlab beradi, chunki har bir buyruq ma'lum sonli taktlar davomida bajariladi. SHK tezligi (unumdorligi) ham shuningdek MP ishlovchi tizimli plata shi­nasining takt chastotasiga bog‘liq.
MP platasiga o‘matiladigan kesh-xotira ikki bosqichga ega:

  • LI -1-bosqich xotirasi, MP (yadrosida) asosiy mikrosxema ichida joylashgan va har doim MP ning toiiq chastotasida ishlaydi (birinchi martta LI kesh i486 va i386SLC mikroprotsessorlarida qoilanilgan).

  • L2 - 2-bosqich xotirasi, MP platasiga joylashtirilgan kristall va yadro bilan ichki mikroprotsessor shinasi orqali bog‘langandir (birinchi marta Pentium Pro mikroprotsessorida ishlatilgan). L2 xotirasi MP ning to‘liq yoki yarim chastotasida ishlashi mumkin. Bu kesh-xotiraning sa- maradorligi mikroprotsessor shinasining o'tkazish xususiyatiga bog‘liqdir.

Ко 'rsatmalar tarldbi - MP tomonidan avtomatik ravishda bajari- ladigan ro‘yxat, buyruqlar ko‘rinishi va turi. Buyruqlar turidan MP ning qaysi guruhga tegishli bo‘lishi bog‘liq (CISC, RISC, VLIW). Buyruqlaming ro‘yxati va turi MP da axborotlar ustida bevosita ba- jarilishi mumkin bo‘lgan amallami va bu amallar tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan axborotlar toifasini belgilab beradi. Ko'pgina MP ga uncha ko‘p bo‘lmagan qo‘ shimcha ko‘rsatmalar kiritilgan (286,486, Pentium Pro va boshqalar), ammo ko‘rsatmalar tarkibidagi jiddiy o'zgarishlari 386 mikroprotsessoridanboshlandi (bu tarkib keyinchalik asos sifatida qabul qilindi), Pentium MMX, Pentium Ш, Pentium 4, PentiumD, Core Dum.
Konstuksiya elemenlari - MP o‘matishda ishlatiladigan jismoniy ra- zyemli ulanishlami aniqlab beradi va ular tizimli plataga mikroprotses- somi o‘matish uchun layoqatligini aniqlaydi. Razyemlar turli kon- struksiyaga ega (Slot - tirqishli razyem, Socket - uyali razyem), kon- taktlar soni turlicha, ularga turli signallar vaishchi kuchlanishlar beriladi.
Ishchi kuchlanishi ham shuningdek tizimli platani MP ni o‘matishga layoqatlilik omili bo‘lib xizmat qiladi.
Birinchi mikroprotsessorlar 1971-yili Intel (AQSH) kompaniyasi tomonidan MP 4004 ishlab chiqarilgan. Hozirgi vaqtda ko‘p firmalar (AMD, VIA Apollo, IBM va boshqalar) tomonidan o‘nlab mikro­protsessor turlari ishlab chiqarilmoqda, lekin eng ko‘p tarqalgan va ta- niqlilari Intel kopaniyasi ishlab chiqargan MP lar va Intel ga mos mikroprotsessorlardir.
Barcha mikroprotsessorlami guruhlarga ajratish mumkin:

  • CISC (Complex Instruction Set Command) to‘liq buyruqlar tizimi- ning to‘plami bilan;

  • RISC (Reduced Instruction Set Command) qisqartirilgan buyruqlar tizimining to‘plami bilan;

  • VLIW (Very Length Instruction Word) buyruq so‘zi juda uzun boigan;

  • MISC (Minimum Instruction Set Command) buyruqlar tizimini minimal to‘plamili va juda yuqori tezlikli.


Download 281,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish