Unumdorlik, tezlik, takt chastota. Zamonaviy kompyuterlaming unumdorligini odatda sekundiga millionlab amalni bajarishi bo‘yicha oichanadi. Oichovbirligi boiib quyidagilar xizmat qiladi:
. MIPS (MIPS - Millions Instruction Per Second) - qayd qilingan vergul (nuqta) shaklida ifodalangan sonlar ustidagi amallar uchun;
Mflops (MFLOPS - Millions of Floating point Operation Per Second) - suriluvchi vergul (nuqta) shaklida ifodalangan sonlar ustidagi amallar uchun;
Kompyuter unumdorligini hisoblashda kamroq quyidagi oichov birliklaridan foydalaniladi:
Kflops (KFLOPS - KILOFLOPS) unumdorligi past kompyuterlar uchun qandaydir o‘rtacha mingta sonlar ustidagi amallami bajarish;
Gflops (GFLOPS - GIGAFLOPS) - suriluvchi vergul (nuqta) shaklida ifodalangan sonlar ustida sekundiga milliard amalni bajarish.
Kompyuter unumdorligini baholash har doim taxminiydir, chunki qandaydir umumlashtirilgan yoki teskarisi aniq amal turiga moijalla- nadi. Amalda turli masalalami hal qilishda turli amallar to‘plami ishlatiladi. 1970-yillarda turli masalalar uchun (iqtisodiy, texnik, matematik va hokazo) o‘rtacha amallar to‘plami (Gibson aralashmalari) ishlab chiqilgan edi. Gibson aralashmasi bo‘yicha keltirilgan masalalar turi uchun kompyuteming o‘rtacha tezligini aniqlash mumkin. Ancha yangi testlar ham mavjud - ishlab chiqaruvchi firmalaming o‘z mahsulotlarini tezligini aniqlash uchun test to‘plamlari mavjud: iCOMP -- Intel Comparative Microprocessor Performance (1992) ko‘rsatkich Intel firmasining mikroprotsessorlari uchun; (iCOMP2.0 - test 1996-yilniki), 32 bitli operatsion tizim va multimediali texnologiyalarga moiljallangan; kompyutemi aniq bir tatbiq sohasiga yo‘naItirilgan testlar - Winstone 97-Business ofis masalalar guruhi uchun moijallangan, boshqa turdagi masalalarga moijallangan variantlari WinBench 97. Juda turli-tuman masalalami bajaruvchi universal kompyuterlar uchun bu baholashlar juda ham aniq boimaydi. Shuning uchun SHK ko‘rsatkichi uchun unumdrlik ko‘rsatkichi o‘miga kompyuter tezligini ancha aniq ifodalovchi takt chastotasini koisatiladi, chunki har bir amal o‘zining bajarilishi uchun aniq taktlar sonini talab etadi. Takt chastotasini bilgach, har qanday mashina amalini bajarilish vaqtini yetarli darajada aniqlash mumkin bo‘ladi. Masalan, buyruqlami konveyerli bajarish boTmagan taqdirda va mikroprotsessoming ichki chastotasini oshirilsa, 100 MGs chastotali takt generatori sekundiga 20 million qisqa amallami bajarilishini ta'minlaydi (oddiy qo‘shish va ayirish, axborotlarni uzatish va hokazo); 1000 MGs chastotada esa - sekundiga 200 million amalni bajaradi.