163
12-bob. Banklar faoliyatini strategik rejalashtirish
12.1.Tijorat banklarida strategik rejalashtirish tizimining tuzilishi.
12.2. Tijorat banklari faoliyatini strategik rejalashtirish
12.3.Tijorat banklarida strategik rejalashtirishning konseptual asoslari.
12.1.Tijorat banklarida strategik rejalashtirish tizimining tuzilishi
Bugungi kunda banklar tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish indikatorlari,
jumladan, bank xizmatlaridan foydalanish darajasi har 100 ming (katta yoshli)
aholiga to‘g‘ri keladigan bank muassasalari soni 49,7 tani tashkil etib (30 tadan
ko‘pi yuqori bahoga to‘g‘ri keladi), «yuqori daraja» va har mingta katta yoshli
aholiga to‘g‘ri keladigan jismoniy shaxs-omonatchilar hisobvarag‘i soni 1028
birlikni tashkil etib, bu bo‘yicha ham (1000 tadan ko‘pi) «yuqori daraja»
baholariga muvofiq kelmoqda
25
.
Bank marketing faoliyatini amalga oshirishda bank xizmati ko‘rinishidagi
maxsus mahsulot ishlab chiqaruvchi sifatida alohida ideologiya,
strategiya va
siyosatni olib borishi kerak. Marketing strategiyasi majmuini amalga oshirish
maqsadida tijorat banki, birinchidan, ishchanlik faoliyati va rentabelligini oshirish,
ikkinchidan, turli xizmat turlariga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi mutanosiblikni
maqbullashtirish, uchinchidan, xizmat turlarini ko‘paytirish yo‘li bilan xizmatlarni
sotib oluvchi yangi bozorlarni topish va ularni kengaytirish, to‘rtinchidan, talablar
o‘zgarishiga ziyrak munosabat bildirish va resurslarni safarbar qilish yo‘li bilan
turli xizmat sohalarida mijozlarni ehtiyojlarini to‘la qondirishga imkoniyat beradi.
Bank imkoniyatlarini tahlil qilishda bank faoliyatini ichki va tashqi shart-
sharoitlarini tadqiq qilish lozim. Tashqi shart-sharoitlari ancha keng bo‘lib, u
davlatning iqtisodiy siyosatiga, iqtisodiyotni tartibga solish borasida o‘tkaziladigan
tadbirlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining nazorat
qilish vazifasiga bog‘liqdir. Bank faoliyatining ichki shart-sharoitlari uning
moliyaviy-iqtisodiy ahvoli, taklif etilayotgan
bank xizmatlari majmui tahlili,
bankning kelgusida mamlakat bozorida o‘zini qanday tutishini baholash,
rejalashtirish ahvoli, xodimlar malakasi darajasi, turli xil axborotlar bilan
ta’minlanganlik, marketing faoliyatining sifati va ko‘lami bilan belgilanadi.
Marketing faoliyati jarayonida marketing axborotlari tazimi muhim rol
o‘ynaydi, u bozor imkoniyatlarini tahlil qilishga imkon beradi
26
.
Marketing axboroti tizimi quyidagi komponentlarga asoslanadi: ichki
hisobdorlik tizimi va tashqi axborot tizimi.
Ichki hisobdorlik tizimi ishlarining ichki ahvoli yuzasidan bankka tavsif
berishga imkon beradi. Ichki hisobdorlik tizimi tezkor ma’lumotlarni berish orqali
bankning hozirgi ahvolini aks ettiradi. Hozirgi shart-sharoitlarda
ichki hisobdorlik
tizimi avtomatlashtirilgan usulda ma’lumotlarni yig‘ish va berish tizimiga hamda
25
cbu.uz.Markaziy bank rasmiy sayti ma’lumoti
26
"Bank menejmenti va marketingii".O.A Ortiqov, I.Ya.Qulliev, Toshkent TMII, 2013yy. 6-bet
164
axborot tarmoqlarini joriy etishga asoslanishi lozim. Ichki axborot tizimi o‘z
manbalari sifatida buxgalteriya hisobotlari, muayyan vaqt oralig‘ida faoliyat
yuzasidan moliyaviy hisobot, tekshiruv va taftishlar dalolatnomalari, ichki
tadqiqotlar natijalari va h. k.dan foydalanadi.
Marketing samaradorligini oshirish maqsadida
ichki hisobdorlik tizimini
yaratish va uni rivojlantirish zarur. Bunda kreditlar miqdori haqida axborot olish,
depozit bazasi xolatini tahlil qilish, kredit qo‘yilmalarining rentabilligini baholash
imkoniyatini yaratadi.
Tashqi axborot tizimi bank rahbariyatini u faoliyat yuritayotgan muhit
ahvoli haqida zarur axborot bilan ta’minlashga qaratilgan. Tashqi axborot to‘plash
tizimi bozordagi xolat, raqobatlar va mijozlar haqidagi turli ma’lumotlarni
yig‘ishga asoslanadi.
Tashqi axborot quyidagi manbalarga asoslanadi:
raqobatchilarning faoliyati haqida chop etilgan yillik hisobotlar;
ishlab chiqarish statistikasi;
tarmoq jurnallari;
mijozlarning shaxsiy aloqalari va boshqalar.
Tashqi axborot tizimida raqobatchilar haqidagi axborotlar alohida o‘rin
tutadi, chunki uni tahlil etmasdan turib bank faoliyatini rejalashtirish lozim.
Bank xizmatlari bozorini yalpi tadqiq etish o‘z imkoniyatlarini aniqlash va
strategik mahsulotlarni sotish, va sotuv bozorlarini
tanlab olish imkoniyatini
beradi.
Shuni qayd etish lozimki, marketing faoliyatida ishni tashkil eitishning
yagona, qolipi mavjud emas. Ammo bank marketing faoliyatining asosiy
bosqichlarini belgilash mumkin. Ular quyidagicha:
bank xizmatining muayyan turlari bilan talab va taklif o‘rtasidagi
mutanosiblikni ta’minlash kerak;
mahsulot va xizmatlar yaratuvchi tuzilmalar bilan ularni iste’mol
qiluvchilar o‘rtasida shartnoma munosabatlarini shakllantirish talab etiladi;
bank xizmatlarini bank daromadlarini o‘sishini ta’minlaydigan yangi
bozorlar va yangi mijozlarni qidirib topishi lozim.
Dasturni ishlab chiqishdan ko‘zda tutilgan maqsad – banklar xizmatini
sotish uchun bozorni zabt etish borasida muayyan tadbirlarni o‘tkazishni tavsiya
etishdan iborat.
Bank rejasi, moliya ishlari, kadrlar bilan ishlash va mablag‘larni
joylashtirish kabi yo‘nalishlar aks ettiriladi. Marketing dasturi bank faoliyatini bir
qismi hisoblanadi.
Bankning marketing dasturi – bu strategik rejaning bir qism hisoblanib,
unda istiqbolda amalga oshiriladigan narx-navo, sotuv va tovar ishlab
chiqarishning kelgusidagi taraqqiyotining maqbul yo‘nalishlarini belgilab
beradigan tavsiyalar o‘z aksini topadi.
Marketing dasturini ishlab chiqish jarayonida
bank xizmatlari bozorining
rivojlantirish borasidagi turli cheklovlar ham hisobga olinadi va bank imkoniyatlari
aniqlanadi. Shu bilan bir qatorda bozor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni,
mijozlarning o‘zgaruvchan ehtiyojlariga moslashish zaruriyati va bozor talablarini
165
shakllanishi o‘rganiladi. Dasturni ishlab chiqishda bankning uzoq muddatli
samarali faoliyatini ta’minlash zarur. Natijada marketing konsepsiyasi bank
rejasini tuzish uchun yangi asos yaratadi va bankning ichki manfaatlarini hisobga
olib amaliyotni baholashni talab etadi.
Zamonaviy bankning strategik rejalashtirish usullarini qo‘llash zarurati
kundalik faoliyatdagi tavakkalchilik
darajasining oshishi, muvaffaqiyatsizlikka
ta’sir etuvchi turli omillar xususiyati, boshqaruvning tashkiliy tizimi
murakkablashuvi, barcha shart-sharoitlarni o‘ta muhim vazifalarni hal etishga
qaratish zarurati bilan bog‘liqdir
27
.
Strategik rejalashtirish o‘zida uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadlar
bilan bankning saloxiyati imkoniyatlari o‘rtasidagi mutanosiblikni vujudga
keltirish va uni qo‘llab-quvvatlash jarayonini aks ettiradi.
Bank strategik rejasini ishlab chiqish va joriy etish bosqichlari quyidagicha:
birinchidan, ijrochilarning turli guruhlari o‘rtasida o‘zaro
hamkorlikni
ta’minlaydi. Bu bankning asosiy vazifalarini hal etish imkoniyatini beradi;
ikkinchidan, bank xizmatlarini yaratish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan
ko‘p sonli tarkibiy bo‘linmalar sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishga imkon
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: