169
elektron ko‘rinishi shakllanmoqda, masofalar qisqarib, vaqt tejalmoqda, bank
ishida iqtisodiy samara oshmoqda.
Shuningdek, mamlakatimizda zamonaviy
axborot texnologiyalari asosida yangi turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatish, elektron
tijorat, elektron to‘lovlar tizimi va ho‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida o‘zaro
hisob-kitoblar samaradorligini oshirish uchun keng shart-sharoitlar yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatida zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish KONSEPSIYaSI
29
(2016– 2018 yillar davomida) qabul qilingan bo‘lib, u O‘zbekiston
Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi,
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi,
“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi, “Elektron
tijorat to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi va “Garov reestri
to‘g‘risida”gi
qonunlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1730-sonli, 2013
yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1989-sonli va 2015
yil 6 maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va
resurs bazasini shakllantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2344-sonli
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22
noyabrdagi “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
to‘g‘risida”gi 256-sonli, 2006 yil 20 fevraldagi “Davlat axborot resurslari hamda
ularni
shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun
mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 27-sonli, 2007
yil 23 avgustdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati
organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda
yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini
yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 181-sonli, 2014 yil 12 iyundagi “Garov reestri
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari
haqida”gi 155-sonli, 2015 yil 15 iyuldagi “Elektron raqamli imzolar kalitlarini
ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 190-sonli, 2015 yil 8 sentyabrdagi “Elektron
tijorat
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish haqida” 2015 yil 22 maydagi O‘RQ-385-son O‘zbekiston
Respublikasi
Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 256-sonli hamda 2015 yil
16 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi axborotlashtirish ob’ektlarida
konfidensial ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash va tashkil etish tartibi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 295-sonli qarorlari hamda Markaziy
bankning normativ-huquqiy hujjatlari va Boshqaruv qarorlari asosida ishlab
chiqilgan va amaliyotga tadbiq qilingan.
Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov
tashabbusi bilan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi
29
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etish va rivojlantirish KONSEPSIYaSI. 2015 yil 15 mart
170
loyihasi ishlab chiqildi. 2015 yil 23 mayda matbuotda “Elektron tijorat
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish haqida”gi qonun e’lon qilindi. Mazkur qonunga asosan “Elektron tijorat
to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri tasdiqlandi.
30
O‘zbekistonda internet-banking dastlab 2007 yilda korporativ mijozlar
uchun xizmat sifatida paydo bo‘lgan bo‘lib, bu xizmatni jismoniy shaxslar uchun
ham joriy qilinishi uning respublikada rivojlanishini keyingi bosqichi bo‘ldi.
Aksariyat ilg‘or tijorat banklari «Bank-mijoz» tizimini modernizatsiyalashtirib,
bugungi kunda elektron biznes rivojlanishining yanada istiqbolli yo‘nalishi –
internet-banking bilan ishlamoqdalar.
Mamlakatimizda joriy etilgan eletron to‘lov tizimini tartibga solish Elektron
to‘lovlar to‘g‘risida”gi Qonunga asoslanadi. Ushbu
Qonunning maqsadi elektron
to‘lovlar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu qonunga ko‘ra, texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va
axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron to‘lov hujjatlari
vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish elektron to‘lovdir.
Elektron to‘lovlar amalga oshirilayotganda to‘lov tizimining sub’ektlari
o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar majmui to‘lov tizimidir(3-rasm).
Banklararo to‘lov tizimi banklar o‘rtasidagi elektron to‘lovlarni banklarning
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali
amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
Bankning ichki to‘lov tizimi bank filiallari va mijozlari o‘rtasida elektron
to‘lovlarni
amalga oshirish, shuningdek banklararo to‘lov tizimi bilan o‘zaro
harakatda bo‘lish uchun mo‘ljallangan. Chakana to‘lovlar tizimi bank kartalari va
boshqa elektron to‘lov vositalari (bundan buyon matnda elektron to‘lov vositalari
deb yuritiladi) qo‘llanilgan holda elektron to‘lovlarni amalga oshirish uchun
mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: