A. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va menejmenti



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/130
Sana25.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#509364
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   130
Bog'liq
3675-Текст статьи-9373-1-10-20201126

 
Tayanch so‘zlar
Bank-Mijoz.Internet-banking. SMS-banking. Mobayl banking. Plastik 
kartochka. Tijorat bankining mijozlari bozori
 
Nazorat uchun savollar 
1.
Bank marketingining moxiyati nimadan iborat? 
2.
Bank mahsuloti nima? 
3.
.«Marketing» nimani anglatadi? 
4.
Tovar nima? 
5.
Bozor nima? 
6.
Bozorning qanday turlari mavjud?
Asosiy adabiyotlar 
1.
Qoraliev T.M., Abdullaev Yo.A. “Bank ishi” o’quv qo’llanma. – T.: 
«
IQTISOD-MOLIYa
»
, 2009. – 580
2.
Lavrushin O.I. “Bankovskiy menedjment” Uchebnik F i S, 2009 g. .-
560 s. 
3.
Zayseva I.G. “Bankovskiy marketing” Sankt Peterburg 2009 g.-236 s. 
4.
Isaev A.R. “Bankovskiy menedjment i biznes injiniring” M: INFRA –M 
2013 g.-485 s. 


155 


156 
11-bob. Banklararo raqobat: mohiyati shakllanishi 
 
11.1.
Banklararo raqobatning iqtisodiy mazmuni va uning tashkil etilishi
11.2.Banklararo raqobatning asosiy shakllari va uning tasnifi
11.3. Banklararo raqobat muhitini shakllantiruvchi omillar va uni baholash 
usullari 
11.1. Banklararo raqobatning iqtisodiy mazmuni va uning tashkil etilishi 
Tijorat banklari raqobatbardoshligini marketing konsepsiyasiga tayangan 
holda oshirish nuqtai nazaridan bank raqobatini uning xizmatlari bozorida oshirish 
mumkin.
Raqobat kurashi tizimsizdek tuyulsa-da, bozor qatnashchilarining 
manfaatlarini himoya qilish borasida ma’lum bir strategiyaga asoslanadi. 
Raqobat to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish uchun avvalo «raqobat» 
tushunchasi haqida to‘xtalib o‘tish lozim. Eslatib o‘tish joizki, uzoq vaqt
davomida «raqobat» tushunchasi bitta maqsadni – maksimal foyda olishdan
manfaatdor bo‘lgan ikki va undan ortiq shaxs (raqobatchi)larning mustaqil raqiblik 
kurashini anglatib kelgan. 
Raqobat qator muhim funksiyalarni bajaradi. Ular orasida eng
asosiylari – tovar va xizmatlarning jamiyatda bozor qiymatini aniqlash va
belgilash, muayyan mehnatni jamiyat uchun zarur mehnatga aylantirish
hisoblanadi. Raqobat tufayli individual qiymatlarni tenglashtiri sh va mos 
ravishda, tashkilotni boshqarishdagi, mehnat unumdorligidagi farqlar asosida
foyda hajmini differensiatsiyalash ro‘y beradi.
Raqobat tarmoqlararo nuqtai nazardan o‘rtacha foyda me’ѐrini
shakllantiradi, jamiyatga kerakli tarmoqlar foydasiga kapitalning oqib o‘tishiga
olib keladi. Raqobat shubhasiz, qachon, qanday va qancha tovar hamda
xizmatlar taklif etish va ishlab chiqish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatgan
holda bozor foydasiga ishlaydi.
«Raqobat» tushunchasi klassik va neoklassik iqtisodiy nazariyada eng 
muhim va hozirgi sharoitda keng foydalanilaѐtgan tushuncha bo‘lib, ko‘plab 
iqtisodchilarning jiddiy hamda muttasil e’tiborini jalb etmoqda va ular tomonidan 
turlicha talqin etilmoqda. 
Raqobat muammolariga bag‘ishlangan adabiѐtlarda uni ta’riflashga uch 
xil ѐndashuv mavjud. Birinchi ѐndashuv raqobatni bozordagi musobaqa
sifatida tavsiflaydi. Klassik iqtisodiy nazariya uchun xos bo‘lgan ikkinchi 
ѐndashuv raqobatni talab va taklifni muvozanatga keltiradigan bozor
mexanizmining elementi sifatida ko‘rib chiqadi. Uchinchi ѐndashuv bozorni 
tushunishning zamonaviy nazariyasiga asoslanadi va raqobatga tarmoq bozori 
turlarini belgilab beradigan toifa sifatida qaraydi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Tovar bozorlarida monopolistikfaoliyatni
cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra, «raqobat xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarning musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil 


157 
harakatlari har bir sub’ekt tomonidan tegishli tovar bozoridagi tovarlar
muomalasining umumiy shart-sharoitlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini 
cheklaydi
21
». 
Ushbu qonunda raqobat faqat tovar bozorlariga tegishliligi belginayapti. 
E’tirof etish kerakki, mamlakatimiz qonunchiligida bank xizmatlari bozorlaridagi
raqobat e’tiborga olinmagan. 
Bank xizmatlari bozorida tijorat banklari o‘rtasida raqiblik qilish jaraѐni 
sifatida belgilanadi. 
Tijorat banklarining xizmatlari yuridik va jismoniy shaxslarning pul
mablag‘larini jalb qilish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq faoliyat 
sifatida tavsiflanadi.
Bank xizmatlari sifatida bank operatsiyalari va bitimlarini amalga
oshirish, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi xizmatlari, moliyaviy ijara (lizing) 
shartnomalari, pul mablag‘larini ishonch asosida (trast) boshqarish, shuningdek,
moliyaviy xarakterdagi boshqa xizmatlar ko‘rib chiqiladi. 
Bank xizmatlari bozorida raqobat, banklar o‘rtasidagi musobaqa, raqiblik 
kurashi bo‘lib, bunda, banklarning mustaqil harakatlari ulardan har birining bank
xizmatlarini taqdim etishning umumiy shartlariga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish 
imkoniyatini chegaralaydi. 
Bank xizmatlari bozorida raqobatni o‘rganishda uning o‘ziga xosliklarini 
ochib beradigan quyidagi asosiy tushunchalarni aniqlashtirib olish zarur: 
Raqobat sohasini bank xizmatlari sohasi, mahsulot (xizmat) turlari va 
raqobatchilarning mustaqil raqiblik qilishi amalga oshiriladigan bozorlar 
ifodalaydi. 
Bank xizmatlari bozorida raqobat predmeti, tijorat banklari o‘rtasida
mijozlar hurmatini qozonish va ularni bank xizmatlaridan foydalanishga
bo‘lgan ehtiѐjini qondirish hisoblanadi.
Raqobat predmetini torroq ma’noda tushunish xuddi shunday xizmatlar ѐki 
ularning o‘rnini bosadigan xizmatlar ko‘rsatuvchi raqobatchilarni aniqlashga, 
kengroq ma’noda tushunish esa raqobatchilar to‘plamining ham kengroq
bo‘lishiga olib keladi – bunda, ushbu xizmatga ehtiѐjni u ѐki bu darajada 
qondirishi ѐki uni «boshqa» ehtiѐjga «o‘tkazishi», iste’molchining haѐt
faoliyatidan umuman chiqarib tashlashi mumkin bo‘lgan hamma ishtirok etadi. 
Bank xizmatlari bozorida raqobat ob’ekti bank xizmatlari iste’molchisi –
mijoz hisoblanadi va bu holatda u tanlash imkoniga ega bo‘ladi. 
Bank raqobatining mohiyati bozorda bank xizmatlarining eng muhim 
xususiyati – uning raqobatbardoshligi bilan eng aniq ifodalanadi. Tijorat 
banklarining raqobatbardoshligi banklararo raqobatning kuchayishi sharoitida 
bank boshqaruvining dolzarb maqsadiga aylanmoqda
22
.

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish