A. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va menejmenti



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/130
Sana25.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#509364
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   130
Bog'liq
3675-Текст статьи-9373-1-10-20201126

Tayanch iboralar 
 
Takrorlash uchun savollar 
 
1.Banklararo raqobat tushunchasi va uning tasnifini bering. 
2.Banklararo raqobatni baholashning qanday usullarini bilasiz? 
3.Raqobat muhitiga ta’sir qiluvchi omillarni ko‘rsating? 
4.Moliya sanoat guruhlarining raqobatga ta’sirini bayon qiling? 
 
Asosiy adabiyotlar 
1.Mirzaev F.I. “Banklararo raqobat: mohiyati, shakllanishi va rivojlanish 
bosqichlari” T: “Moliya”, 2010 y. -258 b. 
2.Isaev A.R. “Bankovskiy menedjment i biznes injiniring” M: INFRA –M 
2013 g.-485 s. 
3..Ioda e.V., I.R. Ukanyan I.R.“Bankovskiy menejment” TGTU 2010 g.-
256 s. 
4. 
Nikolayeva P.T.«Bankovskiy marketing» M: MESI 2007 g.-412 


163 
12-bob. Banklar faoliyatini strategik rejalashtirish 
 
12.1.Tijorat banklarida strategik rejalashtirish tizimining tuzilishi. 
12.2. Tijorat banklari faoliyatini strategik rejalashtirish 
12.3.Tijorat banklarida strategik rejalashtirishning konseptual asoslari. 
 
 
12.1.Tijorat banklarida strategik rejalashtirish tizimining tuzilishi 
 
Bugungi kunda banklar tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish indikatorlari, 
jumladan, bank xizmatlaridan foydalanish darajasi har 100 ming (katta yoshli) 
aholiga to‘g‘ri keladigan bank muassasalari soni 49,7 tani tashkil etib (30 tadan 
ko‘pi yuqori bahoga to‘g‘ri keladi), «yuqori daraja» va har mingta katta yoshli 
aholiga to‘g‘ri keladigan jismoniy shaxs-omonatchilar hisobvarag‘i soni 1028 
birlikni tashkil etib, bu bo‘yicha ham (1000 tadan ko‘pi) «yuqori daraja» 
baholariga muvofiq kelmoqda
25

Bank marketing faoliyatini amalga oshirishda bank xizmati ko‘rinishidagi 
maxsus mahsulot ishlab chiqaruvchi sifatida alohida ideologiya, strategiya va 
siyosatni olib borishi kerak. Marketing strategiyasi majmuini amalga oshirish 
maqsadida tijorat banki, birinchidan, ishchanlik faoliyati va rentabelligini oshirish, 
ikkinchidan, turli xizmat turlariga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi mutanosiblikni 
maqbullashtirish, uchinchidan, xizmat turlarini ko‘paytirish yo‘li bilan xizmatlarni 
sotib oluvchi yangi bozorlarni topish va ularni kengaytirish, to‘rtinchidan, talablar 
o‘zgarishiga ziyrak munosabat bildirish va resurslarni safarbar qilish yo‘li bilan 
turli xizmat sohalarida mijozlarni ehtiyojlarini to‘la qondirishga imkoniyat beradi.
Bank imkoniyatlarini tahlil qilishda bank faoliyatini ichki va tashqi shart-
sharoitlarini tadqiq qilish lozim. Tashqi shart-sharoitlari ancha keng bo‘lib, u 
davlatning iqtisodiy siyosatiga, iqtisodiyotni tartibga solish borasida o‘tkaziladigan 
tadbirlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining nazorat 
qilish vazifasiga bog‘liqdir. Bank faoliyatining ichki shart-sharoitlari uning 
moliyaviy-iqtisodiy ahvoli, taklif etilayotgan bank xizmatlari majmui tahlili, 
bankning kelgusida mamlakat bozorida o‘zini qanday tutishini baholash, 
rejalashtirish ahvoli, xodimlar malakasi darajasi, turli xil axborotlar bilan 
ta’minlanganlik, marketing faoliyatining sifati va ko‘lami bilan belgilanadi.
Marketing faoliyati jarayonida marketing axborotlari tazimi muhim rol 
o‘ynaydi, u bozor imkoniyatlarini tahlil qilishga imkon beradi
26

Marketing axboroti tizimi quyidagi komponentlarga asoslanadi: ichki 
hisobdorlik tizimi va tashqi axborot tizimi. 
Ichki hisobdorlik tizimi ishlarining ichki ahvoli yuzasidan bankka tavsif 
berishga imkon beradi. Ichki hisobdorlik tizimi tezkor ma’lumotlarni berish orqali 
bankning hozirgi ahvolini aks ettiradi. Hozirgi shart-sharoitlarda ichki hisobdorlik 
tizimi avtomatlashtirilgan usulda ma’lumotlarni yig‘ish va berish tizimiga hamda 
25
cbu.uz.Markaziy bank rasmiy sayti ma’lumoti
26
"Bank menejmenti va marketingii".O.A Ortiqov, I.Ya.Qulliev, Toshkent TMII, 2013yy. 6-bet 


164 
axborot tarmoqlarini joriy etishga asoslanishi lozim. Ichki axborot tizimi o‘z 
manbalari sifatida buxgalteriya hisobotlari, muayyan vaqt oralig‘ida faoliyat 
yuzasidan moliyaviy hisobot, tekshiruv va taftishlar dalolatnomalari, ichki 
tadqiqotlar natijalari va h. k.dan foydalanadi. 
Marketing samaradorligini oshirish maqsadida ichki hisobdorlik tizimini 
yaratish va uni rivojlantirish zarur. Bunda kreditlar miqdori haqida axborot olish, 
depozit bazasi xolatini tahlil qilish, kredit qo‘yilmalarining rentabilligini baholash 
imkoniyatini yaratadi. 
Tashqi axborot tizimi bank rahbariyatini u faoliyat yuritayotgan muhit 
ahvoli haqida zarur axborot bilan ta’minlashga qaratilgan. Tashqi axborot to‘plash 
tizimi bozordagi xolat, raqobatlar va mijozlar haqidagi turli ma’lumotlarni 
yig‘ishga asoslanadi. 
Tashqi axborot quyidagi manbalarga asoslanadi:

raqobatchilarning faoliyati haqida chop etilgan yillik hisobotlar; 

ishlab chiqarish statistikasi; 

tarmoq jurnallari; 

mijozlarning shaxsiy aloqalari va boshqalar. 
Tashqi axborot tizimida raqobatchilar haqidagi axborotlar alohida o‘rin 
tutadi, chunki uni tahlil etmasdan turib bank faoliyatini rejalashtirish lozim. 
Bank xizmatlari bozorini yalpi tadqiq etish o‘z imkoniyatlarini aniqlash va 
strategik mahsulotlarni sotish, va sotuv bozorlarini tanlab olish imkoniyatini 
beradi. 
Shuni qayd etish lozimki, marketing faoliyatida ishni tashkil eitishning 
yagona, qolipi mavjud emas. Ammo bank marketing faoliyatining asosiy 
bosqichlarini belgilash mumkin. Ular quyidagicha:

bank xizmatining muayyan turlari bilan talab va taklif o‘rtasidagi 
mutanosiblikni ta’minlash kerak;

mahsulot va xizmatlar yaratuvchi tuzilmalar bilan ularni iste’mol 
qiluvchilar o‘rtasida shartnoma munosabatlarini shakllantirish talab etiladi;

bank xizmatlarini bank daromadlarini o‘sishini ta’minlaydigan yangi 
bozorlar va yangi mijozlarni qidirib topishi lozim. 
Dasturni ishlab chiqishdan ko‘zda tutilgan maqsad – banklar xizmatini 
sotish uchun bozorni zabt etish borasida muayyan tadbirlarni o‘tkazishni tavsiya 
etishdan iborat. Bank rejasi, moliya ishlari, kadrlar bilan ishlash va mablag‘larni 
joylashtirish kabi yo‘nalishlar aks ettiriladi. Marketing dasturi bank faoliyatini bir 
qismi hisoblanadi. 
Bankning marketing dasturi – bu strategik rejaning bir qism hisoblanib, 
unda istiqbolda amalga oshiriladigan narx-navo, sotuv va tovar ishlab 
chiqarishning kelgusidagi taraqqiyotining maqbul yo‘nalishlarini belgilab 
beradigan tavsiyalar o‘z aksini topadi. 
Marketing dasturini ishlab chiqish jarayonida bank xizmatlari bozorining 
rivojlantirish borasidagi turli cheklovlar ham hisobga olinadi va bank imkoniyatlari 
aniqlanadi. Shu bilan bir qatorda bozor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni, 
mijozlarning o‘zgaruvchan ehtiyojlariga moslashish zaruriyati va bozor talablarini 


165 
shakllanishi o‘rganiladi. Dasturni ishlab chiqishda bankning uzoq muddatli 
samarali faoliyatini ta’minlash zarur. Natijada marketing konsepsiyasi bank 
rejasini tuzish uchun yangi asos yaratadi va bankning ichki manfaatlarini hisobga 
olib amaliyotni baholashni talab etadi.
Zamonaviy bankning strategik rejalashtirish usullarini qo‘llash zarurati 
kundalik faoliyatdagi tavakkalchilik darajasining oshishi, muvaffaqiyatsizlikka 
ta’sir etuvchi turli omillar xususiyati, boshqaruvning tashkiliy tizimi 
murakkablashuvi, barcha shart-sharoitlarni o‘ta muhim vazifalarni hal etishga 
qaratish zarurati bilan bog‘liqdir
27
.
Strategik rejalashtirish o‘zida uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadlar 
bilan bankning saloxiyati imkoniyatlari o‘rtasidagi mutanosiblikni vujudga 
keltirish va uni qo‘llab-quvvatlash jarayonini aks ettiradi. 
Bank strategik rejasini ishlab chiqish va joriy etish bosqichlari quyidagicha: 

birinchidan, ijrochilarning turli guruhlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni 
ta’minlaydi. Bu bankning asosiy vazifalarini hal etish imkoniyatini beradi; 

ikkinchidan, bank xizmatlarini yaratish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan 
ko‘p sonli tarkibiy bo‘linmalar sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishga imkon 
beradi. 

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish