A. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va menejmenti


 Tijorat banklari faoliyatini strategik rejalashtirish



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/130
Sana25.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#509364
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   130
Bog'liq
3675-Текст статьи-9373-1-10-20201126

12.2. Tijorat banklari faoliyatini strategik rejalashtirish 
 
Bozor sharoitlarida bank rivojlanishining asosolaridan biri bo‘lgan 
marketing dasturi va strategiya rejalari quyidagi izchillikda ishlab chiqiladi: 

bank strategiyasi maqsadlari va vazifalari aniqlanadi; 

real sharoitlar tahlili va istiqboli asosida ba’zi o‘ta muhim 
ko‘rsatkichlarga erishish darajasi aniqlanadi; 

boshqaruv siyosatining turlari ishlab chiqiladi. U o‘z navbatida bank 
taraqqiyotining kutilgan va real darajasi o‘rtasidagi farqni eng kam darajaga 
keltiradi; 

bank faoliyatida kutilgan natijalarga erishishni ta’minlaydigan juda 
samarali tadbirlarni ishlab chiqish tartibi o‘rnatiladi. 
Marketing dasturlari oddiy va maqsadli dasturlar bo‘lishi mumkin. Oddiy 
dastur bank sotuv faoliyatini barcha vazifalariga doir masalalarni hal etishga 
mo‘ljallangan. Maqsadli marketing dasturi alohida va maxsus vazifalarni hal 
etishga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin.
Marketing dasturlari bank mahsulotining muayyan turiga ko‘ra bank 
bo‘limlariga doir dasturlarga bo‘linishi mumkin. Bank mahsulotlariga tegishli 
dasturlar ushbu bank tomonidan o‘z mijozlariga taqdim etilayotgan bank 
xizmatlarining 
holatini 
ifodalaydi. 
Ushbu 
dastrularda 
ishlab 
chiqarish 
samaradorligini ta’minlash va xizmatning muayyan turini sotishga yo‘naltirilgan 
ishlab chiqarish va tashkiliy tadbirlar majmuasi amalga oshiriladi. Bank 
bo‘limlarining ilgarigi dasturlarga asoslangan marketing dasturlari bank tarkibiy 
27
И.О.Спицин, Я.О.Специн “Банковсий маркетинг”, Тернополь, АО “Тарпекс”, 1993, 240-бет.


166 
bo‘linmalarining sotuv harakatlarini muvofiqlashtirish va rejalashtirish uchun asos 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Marketing strategiyasining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir: 

Diversifikatsiya strategiyasi. U bank maslahatlarining yangi turlarini 
yaratish, bank faoliyatining yangi, uning asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan 
sohalarga ham yoyilishini anglatadi; 

Segmentlash strategiyasi. Taqdim etiladigan xizmatlar bilan ta’minlash 
darajasini chuqurlashtirish, eng mayda talab turlarini ham aniqlash; 

Integratsiya strategiyasi. U miiliy iqtisodiyotni jahon bozor makoniga 
uyg‘unlashtirish jarayonlari bilan uzviy bog‘liqdir.

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish