A. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va menejmenti


-bob. Bank menejmenti va marketingi fanining predmeti



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/130
Sana25.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#509364
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   130
Bog'liq
3675-Текст статьи-9373-1-10-20201126

1-bob.
Bank menejmenti va marketingi fanining predmeti 
 
1.1.
Bank menejmenti va marketingi fanining predmeti va vazifalari. 
1.2.
Banklar va bank faoliyatida menejmentning zarurligi 
1.3.
Bank menejmentining nazariy asoslari 
1.1.
 
Bank menejmenti va marketingi fanining predmeti va vazifalari 
 
Mamlakatimiz banklarining barqaror mavqei bank tizimiga bo‘lgan 
ishonchning, xususan, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bank 
depozitlarida saqlanayotgan bo‘sh pul mablag‘lari hajmining barqaror yuqori 
sur’atlarda oshib borishiga marketing xizmatining ham salmoqli ulushi mustahkam 
asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Bank marketingini o‘z xususiyatiga ko‘ra, marketingning alohida sohasi 
deb hisoblash mumkin. Bu aniq ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat bilan 
belgilanadigan bank faoliyatining tashqi va ichki g‘oyasi, strategiyasi, taktikasi va 
siyosatidir. 
Kredit tashkilotlarining universallashuvi sharoitida bank marketingi ishni 
aniq texnologik usullar bilan bank xizmatchilari yangicha fikrlashining birikuvi 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Tijorat banklari boshqaruviga marketing kiritilishi bank faoliyati 
strategiyasi va taktikasini ishlab chiqishning asosiy mezonlarini tizimlashtirishni 
hamda bozorni o‘rganish va rivojlantirishning aniq choralarini belgilashni boshlab 
berdi. Marketing joriy qilinishi bank faoliyati daromadliligi ortishi va 
tavakkalchiligi kamayishiga ko‘maklashadi. Bank marketingi zaruriyati shundan 
iboratki, u kredit tashkilotining butun faoliyati bozorda rivojlanayotgan 
jarayonlarga mosligini saqlab turadigan mexanizm. 
Texnologik va ilmiy-texnikaviy islohotlarning hozirgi davri axborot 
almashuvining xalqaro tarmoqlari vujudga kelishi bilan tavsiflanadi, bank 
xizmatlari sohasini kengaytirish alohida ahamiyat kasb etadi. Yangi iqtisodiy 
sharoitlarda foydaning doimiy normasini ta’minlash esa faoliyatni mijozlarning 
ehtiyojlari hamda takliflarini aniqlash va detallashtirishga yo‘naltirishni talab etadi. 
Bank kapitalining hisob-kitob qilingan rentabelligi va harakatining samaradorligini 
ta’minlagan 
holda 
xizmat 
iste’molchilarining 
ehtiyojlarini 
qondirish 
menejmentning birinchi darajali vazifasiga aylanmoqda. Menejment jarayoni 
barcha bosqichlarda uning axborotli tarkibiga bog‘liq bo‘ladi, shu sababli tijorat 
banki boshqaruvi tizimidagi jahon tendensiyasini marketingli menejment, deb 
belgilash mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasini yaqin besh yilda barqaror taraqqiy ettirishda 
Harakatlar strategiyasi bank tizimi uchun ham yangi rivojlanish bosqichini boshlab 
berdi. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi moliya bozorida, shu jumladan, bank 
sektorida o‘tkazilayotgan islohotlarda tufayli sohada sezilarli siljishlar va 
o‘zgarishlar amalga oshirilmokda. Bu o‘zgarishlar mustaqillik yillarida jahon 
andozalariga mos keladigan bank tizimini bosqichma- bosqich barpo etish bilan 
hamohang tarzda davom ettirilmokda. “Banklarning moliyaviy barqarorligini 


12 
yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilgan samarali chora-tadbirlar 
mamlakatimiz tijorat banklariga kreditga layoqatlilik bo‘yicha taqdim etilgan 
xalqaro reytinglarini yaxshilashga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Xususan, 
«Moody’s» xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston bank tizimi rivojlanish 
istiqbollariga berilgan «barqaror» darajadagi reyting bahosini yettinchi yildirki 
qayta tasdiqlab kelmoqda.«Standard & Poor’s» va «Fitch Ratings» reyting 
agentliklari ham O‘zbekiston bank tizimi faoliyatini «barqaror» sifatida 
baholamoqda. Hozirgi paytda respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha 
tijorat banklari katta uchlikni tashkil etuvchi «Moody’s», «Standard & Poor’s» va 
«Fitch Ratings» xalqaro reyting agentliklarining ijobiy baholariga egalar. Bu 
banklarda yo‘lga qo‘yilgan boshqaruv sifati va shaffofligining amaliy natijasidir”. 
Umuman olganda, bank infratuzilmasining tobora kengayib va takomillashib 
borayotganligi, o‘z navbatida, bank xizmatlari bozorida raqobat muhitining va 
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining yanada yaxshilanishiga hamda aholining bank 
xizmatlaridan foydalanish darajasining oshishiga xizmat qilmokda.
Bugungi kunda O‘zbekiston bank tizimi qat’iy xalqaro talablarga javob 
beradigan eng barqaror tizimlardan biri bo‘lib, ayni paytda u belgilangan qator 
normativlar bo‘yicha mustahkam pozisiyalarga ega.
Olib borilgan amaliy ishlar natijasi va mamlakatimiz bank tizimining 
barqaror rivojlanib borayotganligi nufuzli xalqaro reyting kompaniyalari 
tomonidan ham o‘z tasdig‘ini topmokda. Bank tizimi va uning tuzilishi serqirrali 
va murakkab aloqalarga asoslangan tizimdir. Uning turli tamoyillarini ko‘rish, turli 
holatlariga qarab guruhlash mumkin. Masalan, ularni tashkiliy tuzilishiga ko‘ra 
intitusional chizma ko‘rinishida ko‘rib chiqish mumkin. Bundan tashqari bank 
tizimini bajaradigan funksiyalari, o‘zaro aloqadorligi, mavkei, maxsus yo‘nalishi, 
bajaradigan operatsiyalariga va ularni tatbiq etilishiga qarab ham guruhlash 
mumkin.
Jumladan, ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda ta’kidlanganidek bank tizimi-
mamlakatning yagona pul-kredit mexanizmi doirasida o‘zaro bog‘liqlikda faoliyat 
yurituvchi moliya-kredit institutlari majmuasi deb yuritiladi
4
. Ularning fikriga 
ko‘ra bank tizimi-bu mamlakat xududida tarixan shakllangan va qonun bilan 
mustahkamlangan kredit tashkilotlarining faoliyat ko‘rsatish shaklidir. 
Xuddi pul va moliya tizimi kabi bank tizimi ham o‘ziga hos milliy 
belgilariga egadir. Shu belgilar ushbu xududlarning, geografik shartlari ob-xavo, 
aholi milliy tuzilishi, ularni nima bilan mashg‘ulligi, qo‘shnilar bilan munosabati, 
savdo yo‘llari va boshqa omillar asosida shakllanadi. Demak bank tizimi asosiy 
o‘rinda mamlakat kredit tizimining yetakchi va birlamchi qismi tarzida ko‘rib 
o‘tiladi. Yuqoridagilarga ko‘shilgan holda mamlakat bank tizimini ma’lum bir 
davlat xududida belgilangan qonun-qoidalar asosida faoliyat yuritayotgan va 
faoliyat olib borish hukuqini olgan kredit institutlari majmuasi deb aytishimiz 
mumkin. Kredit institutlari sifatida shakllangan bank tizimi doimiy ravishda 
moliyaviy barqaror va samarali tashkilot bo‘lmog‘i lozim.
4
Банки и банковское дело. Учебник для вузов.2-е изд.-СПб: Лаврушин О.И. Банковское дело. Экспресс 
курс: Учеб. пособие. / Под ред. О.И.Лаврушина – 3-е изд., перераб. и доп. – М.: Кнорус, 2009. – 352 с. 


13 
Banklarning asosiy maksadi pul mablag‘larini kreditorlardan qarz 
oluvchilarga va sotuvchilardan xaridorlarga o‘tkazishda vositachilik qilishdir. 
Banklar bilan bir qatorda, bozorlarda pul mablag‘larni o‘tkazishni boshqa 
moliyaviy va kredit - moliyaviy tashkilotlar: investision fondlar, sug‘urta 
kompaniyalari, brokerlar, diller firmalari va xakazolar bajarilishlari mumkin. Biroq 
banklar, moliyaviy bozor sub’ekti sifatida boshqa sub’ektlardan kuyidagi belgilari 
bilan ajralib turadi: 
Birinchidan, banklar uchun qarz majburiyatlarining ikki tomonlama 
almashtirish xarakterlidir (xosdir): ular o‘zlarining majburiyatlarini (depozit) 
shakllantiradilar va jalb kilingan mablag‘larni qarz majburiyatlariga, qimmatli 
qog‘ozlarga (boshqalarning chikargan qog‘ozlariga) joylashtiradilar; 
Ikkinchidan banklar o‘zlariga yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi qa’tiy 
belgilangan summa bo‘yicha shartsiz majburiyatlarni oladilar. 
Banklarda moliyaviy menejmenti bankning pul mablag‘larini boshqarishga 
asoslanadi. ga banklarning iqtisodiyotdagi roli, maqsad va vazifalari, ob’ektlari, 
usullari va bank faoliyatini boshqarishni o‘z ichiga oladi.
Bank menejmenti o‘z tarkibiga moliyaviy menejmentdan tashqari xodimlar 
menejmentini o‘zida mujassamlashtiradi. Xodimlar menejmentida bank 
mutaxassislari va yollangan xodimlarn boshqarish amalga oshiriladi. 
Bank menejmenti boshqaruv faoliyati sifatida o‘z ichiga quyidagi 
elementlarni oladi: ob’ekt, sub’ekt, vositalar (instrumentlar), protsedura va huquqiy 
ta’minot.
Bank menejmenti fan sifatida o‘zida ma’lum soha faoliyatining nazariy va 
uslubiy asoslarini o‘zida ifoda etadi. Amaliy faoliyat sifatida esa, ma’lum tijorat 
bankini boshqarish va tashkil qilish shakli hisoblanadi.

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish